O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 11- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 46,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix21.12.2023
ölçüsü46,81 Kb.
#187572
1   2   3   4
Olimova Go‘zal Erkinboyevna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
11-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.09.2022
88 
O‘quvchilar suhbat davomida savollarga hamisha ham asoslangan, jiddiy 
javoblarni beraverishmaydi. Savollarga o‘quvchilarning to‘laqonli javob berishida 
o‘qituvchining yordamchi savollari ham qo‘l keladi. Amaldagi 6-sinf «Adabiyot» 
darsligida X. To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» asaridan parcha berilgan. Shu 
asarni suhbat metodidan foydalangan holda o‘qish uchun «Muallif o‘quvchini 
Hoshimjonning tabiati bilan qanday tanishtiradi?» degan asosiy savol o‘rtaga 
tashlanadi. O’quvchilar uning mohiyatiga chuqurroq kirishlari uchun esa: 
«Hoshimjonning tashqi jihati, xatti-harakatlarida qanday belgilar ko‘zga tashlanadi?», 
«Uning o‘rtoqlari bilan munosabatida qanday xususiyatlami ko‘rish mumkin?», 
«Singlisiga munosabatida Hoshimjonning fe’lidagi qanday jihatlarni ilg‘adingiz?», 
«Uning onasi bilan munosabatlarida-chi?», «Hoshimjonning jurnalga baholarni o‘zi 
qo‘yganini tan olishini qanday baholash mimkin?» singari yordamchi savollar taqdim 
etiladi. Ular o‘quvchilarni asar matnini mustaqil ravishda tahlil qilib, mustaqil 
xulosalar chiqarishga, qarashlarini asoslashga ko‘maklashadi. 
Suhbatni yelvizak metod ham deyishadi. Undan badiiy asar ustida ish olib borish 
uchun har bir sinfda foydalanish mumkin. Yuqori sinflarda suhbat metodi 
o‘quvchilaming mustaqil ishlari va ma’ruzalari bilan birgalikda amalga oshiriladi. 
Suhbatga tayyorlanishda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan jonli muloqot jarayonida yuz 
berishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarga, tayyorlagan savolini vaziyatga qarab 
o‘zgartirishga tayyor turishi joizdir. 
Suhbat metodida bilim berish ustuvorlik qilmaydi. Balki o‘quvchilarda olingan 
bilimlar, o‘zlashtirilgan fazilatlarni mustahkamlash, munosabat bildirish, tuyg‘ularni 
so‘z bilan ifodalash, uni asoslash, o‘z fikrida tura bilish xususiyatlari tarbiyalanadi. 
O’qituvchidan birinchi savoldan keyin o‘quvchilar kayfiyatini ilg‘ab olish, savol 
tushunarli bo‘lganini his qilgan holda suhbatni yangi-yangi yo‘nalishlarga burish talab 
qilinadi. Suhbat metodi asosida tashkil qilingan darsning ichki tartibi shu tariqa 
yaratiladi. Suhbatni muvaffaqiyatli tashkil etishning shartlaridan biri – o‘quvchilarning 
javoblariga e’tibor va hurmat bilan yondashish. Javob berayotgan o‘quvchining fikrlari 
ba’zan chalkashib ketishi yoki noaniq bo‘lishi tabiiy. O‘qituvchining vazifasi uni butun 
sinfga tushunarli qilib aytib berish emas. Bu adabiy ta’lim metodikasida mutlaqo 
noto‘g‘ri yo‘1 hisoblanadi. O‘quvchi aytmoqchi bo‘lgan fikrini qiynalib, izlanib, 
munosib so‘zlarni topib, o‘zi ifodalashi kerak. Uni boshidan shunga o‘rgatish lozim. 
O‘quvchining fikrini aytishga o‘rinsiz ko‘maklashish uni o‘ylamaslikka o‘rgatib qo‘yadi. 
Agar yordam berish kerak bo‘lsa, qo‘shimcha savollar bilan o‘quvchining o‘z fikrini 
aniqroq ifodalashiga ko‘maklashish mumkin. 
Suhbat jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari nafaqat savolning to‘g‘ri 
qo‘yilishi, balki o‘qituvchining har xil xarakterdagi javoblar orasida o‘zini yo‘qotmay 
suhbatni boshqara bilishiga ham bog‘liq. Yaxshi tashkil qilingan suhbatlarda 
o‘qituvchi-o‘quvchilar fikri va qarashlari bilan hisoblashadigan teng huquqli 
suhbatdoshlarga aylanadi. O’qituvchi o‘quvchi javoblaridagi silliqlikni birinchi o‘ringa 
ko‘tarmasligi kerak. O‘qituvchi o‘quvchi javoblarini muntazam ravishda tuzatib, 



Yüklə 46,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin