ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.11.2022
255
BAA ning pul-kredit siyosati maqsadlariga erishishda muhim ahamiyatga ega. BAA
ning iqtisodchisi Mehra 2017- yilda pul-kredit siyosatini o‘tkazish mexanizmini
rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar nuqtai nazardan o‘rgandi. Uning
tadqiqotining asosiy maqsadi inflyatsiya darajasi, valyuta kursi va iqtisodiy o‘sish kabi
asosiy makroiqtisodiy o‘zgaruvchilar nuqtai nazaridan pul-kredit siyosatining
samaradorligini baholashdan iborat.
Birlashgan Arab Amirliklarining so‘nggi 10 yildagi pul-kredit siyosatining
samaradorligini ko‘rib chiqildi. Uning asosiy maqsadi pul-kredit siyosatining BAA yalpi
ichki mahsulotiga ta'siri samaradorligini o‘rganishdan iborat edi[5].
XX-asr boshlarida yuzaga kelgan global iqtisodiy muammolar, Shvetsariya
banklari uchun ichki qonunlar tizimining yaratilishiga turtki bo‘ldi. Natijada, "Banking
Act of 1934” ga asos solindi. Unga ko‘ra, banklarning hisob raqamlari yoki bank
mijozlari haqidagi har qanday ma'lumotning oshkor qilinishi qonun tomonidan
taqiqlanishi va aks holda banklarning javobgarlikka tortilishi ochiq-oydin bayon
qilinadi. Lekin bunga qadar ham 1713-yili Jeneva Konsuli tomonidan shunga o‘xshash
qonun-qoidalar to‘plami e'lon qilingan edi.Mijoz haqidagi ma'lumot bank tomonidan
oshkor qilinsa, bank xizmatchisi 6 oygacha qamoq jazosiga va 50.000 shvetsar franki
miqdorida jarimaga tortilishi mumkin edi.
Shvetsariya iqtisodiy tarafdan juda ham mustahkam va ishonchli davlatdir
Shuning o‘zidan ham, bu davlatdagi banklarning qanchalik ishonchli ekanligini va
davlat bo‘yicha tartibsizliklarning kutilmasligini anglab yetishimiz mumkin.
"Shveytsariya bankidagi kabi xavfsiz" bu shunchaki ibora emas. Gap shundaki, aynan
Shveytsariyada bank tizimining barqarorligi qonun bilan juda qattiq himoyalangan.
Islohotlardan so‘ng, mamlakat o‘zining yirik zaxiralari hajmiga bo‘lgan talablar
bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi
Shvetsariya franki hech ham jiddiy inflyatsiyaga uchramaganligi bilan boshqa
davlat pul birliklari orasida alohida o‘ringa ega. Banklarning sarmoya bo‘yicha
xizmatlari va internet bank tizimlari ham qulay va mukammal tarzda ishlab
chiqilgan[11].
Shveytsariyadan tashqarida yashovchi jismoniy shaxslar (shu jumladan
rossiyaliklar) bu yerda 300 000 AQSH dollardan 500 000 AQSH dollargacha omonat
ochishlari mumkin. Shveytsariya banklari ko‘plab kapital kafolatlarini taklif qiladilar.
Masalan, naqd pul qimmat baho qog‘ozlar seyflarda saqlanadigan qimmatbaho
metallar esa bankrot bo‘lgan taqdirda ham egalarining mulki bo‘lib qoladi. Va ular
birinchi iltimosiga binoan ularga qaytib kelishadi!
Ko‘pchilik Shveytsariya bankida omonatga ega bo‘lishni orzu qiladi, chunki bu
harakatlar foydali va ko‘p afzalliklarga ega. Birinchidan, ular investitsiya qilingan pulni
yo‘qotish xavfi deyarli yo‘qligini o‘z ichiga oladi. Shveytsariya bankining har qanday
mijozi bank siri hech qachon oshkor etilmasligiga 100% ishonch hosil qilishi mumkin
va barcha operatsiyalar faqat maxfiy tarzda amalga oshiriladi. Shveytsariyaning eng