O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 14- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix01.08.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138244
1   2   3   4   5   6   7
Rashidov Abror Ro‘zimurod o‘g‘li

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
14-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.12.2022
doridarmon, transport va kom-munal xizmati va hokazo); bular natural daromadlar 
hisoblanadi. Aholi daromadlari nominal va real daromadlarga boʻlinadi. Nominal 
daromad aholi muayyan pul summasi shaklida olgan daromad boʻlib, inflyatsiya 
ta’sirida uning harid qobiliyati pasay-ishi mumkin. Real daromad – pul shaklidagi 
daromadga amalda qanday miqdorda iste’mol buyumlari va xizmatlar harid etish 
mumkinligini koʻrsatadi. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush 
darajasining umumlashgan va yaxlit koʻrsatkichi hisoblanadi.Iqtisodiyotda aholi yalpi 
pul daro-madlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy toʻlovlar (soliqlar, qarz puli, 
badallar) chegirib tashlangandan soʻng uning qoʻliga tegadigan daromad ham muhim 
ahamiyatga ega. Aholi qoʻliga tegadigan daromad miqdoriga soliqlar kuchli ta’sir etadi. 
Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi[1]. Agar 
mamlakatda xususiy mulk ustivor, renta, aholi pul jamgʻarmasi koʻp boʻlsa, bank 
toʻlaydigan foiz puli salmoqli boʻladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Aholi daromadlari 
tarkib jihatidan mehnatdan, tadbirkorliqdan, mulkdan olingan daromadlar va transfert 
(nochorlarga byudjetdan beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi daromadlardan 
shakllanadi. Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari bozor daromadi hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida Oʻzbekistondagi Aholi daromadlarida bozor 
tizimiga xos yangi daromad turlari (tadbirkorlik, mulk daromadi kabilar)ning koʻpayib 
bo-rishi kuzatiladi. 
Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, biz mamlakatimiz yangilanish davriga qadam 
qo‘ygan birinchi kunlardan boshlab ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosat yuritish, 
dunyodagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan yaqin 
do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat 
qaratmoqdamiz. O‘zbekiston bugun o‘zining uzoqni ko‘zlagan siyosati bilan 
mintaqamiz va jahondagi siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylandi. Inson 
huquq va erkinliklarini ta’minlash, so‘z va diniy e’tiqod erkinligi, gender tenglik 
bo‘yicha erishayotgan yutuqlarimiz nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 
izchil mustahkamlanib bormoqda[3]. O‘zbekiston XDPning ijtimoiy adolat va ijtimoiy 
himoyaga muhtoj kishilar manfaatlarini himoya qilishga bel bog‘lagani uning 
mamlakat siyosiy kuchlari so‘l qanoti bo‘lishini belgilaydi. Ijtimoiy sohani rivojlantirish 
bo‘yicha kompleks tadbirlar, birinchi navbatda, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va 
sog‘lig‘ini saqlashni kuchaytirish, aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan 
ta’minlash, fuqarolarning bandligi va real daromadlarini oshirish, arzon ijtimoiy uy-
joylar qurilishini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashga qaratilmoqda. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi O‘zbekistonning 
mustaqilligini asrash va mustahkamlash, vatanimizning gullab-yashnashini ta’minlash, 
mamlakatda fuqarolik va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik, har bir oila va 
butun xalq farovonligiga erishish kabi umummilliy manfaatlarni o‘z mafkurasi va 
siyosiy faoliyatining poydevori[4], deb biladi.Ijtimoiy siyosat mamlakatimizda davlat 
siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlashning aniq manzilli xususiyatga ega ekani har bir muhtoj insonga uning real 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin