ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.02.2023
lahimlarida mustahkamlash ishlarini olib borish imkonini bermasligi mumkin. Bu esa
chuqur gorizontlarda an’anaviy mustahkamlash texnologiyalarini o‘zgartirish
zaruratini yuzaga keltiradi. Yer osti rudniklarida qazib olingan bo‘shliqni va kon
laximlarini mustaxkamlash uchun turli qurilish materiallaridan foydalaniladi, xamda
ular 2 turga bo‘linadi.
1.Asosiy - yog‘och , metall, beton, temir-beton, tosh va g‘isht.
2.Yordamchi-sement va suv utkazmaydigan materillar.
Yog‘och mustamlagichlar laximlar mustaxkamligi yuqori bo‘lmagan tog‘
jinslaridan utilganda va kon bosimi unchalik katta bo‘lmagan xollarda qo‘llaniladi.
Mustaxkamlagich sifatida engil va mustaxkam bo‘lgani uchun ko‘proq qarag‘ay
yog‘ochidan foydalaniladi. Yog‘ochlar asosan 2 xil –xodalar xolatida va arralangan
taxta shaklida ishlatiladi. Metallar konchilikda keng ishlatiladigan material bo‘lib,
mustaxkamlagich sifatida asosan temir va po‘latdan foydalaniladi. Ulardan kon
laximlarini mustaxkamlovchi jixozlar tayyorlanadi. Beton –suniy usulda tayyorlangan
material bo‘lib, shag‘al, qum, sement va suvning nisbatdagi qorishmasidan iborat.
Beton uzoq muddat xizmat qiladigan laximlarni mustaxkamlash uchun ishlatiladi. Kon
bosimi yuqori bo‘lgan xollarda beton orasiga metall armaturalar qo‘shilib temir-beton
mustaxkamlagichlardan foydalaniladi. Beton va temir –betonning qulayligi shundaki,
undan laxmlarning shakliga xamda burilgan joylariga mos mustaxkamlagichlar
tayyorlash mumkin. Aytib utilganlardan tashqari tabiiy xoldagi va suniy yul bilan
tayyorlangan turli tosh, g‘isht, beton bloklari ishlatiladi. Yangi ishlab chiqilayotgan
sintetik materiallar xam asta-sekin konchilikda o‘z o‘rnini topmoqda.