O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
17-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.03.2023
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANTIRISH
MONITORINGINI OLIB BORISH
Panjiyeva Fotima Dilmurod qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs magistranti
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning
jismoniy rivojlanish monitoringini tashkil etishda amalga oshiriladigan ishlar, ularning
mazmun va mohiyati haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Jismoniy rivojlanish, monitoring, jismoniy fazilatlar, kuch, tezlik,
moslashuvchanlik, chaqqonli.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar salomatligiga barcha hodimlar jamoasi
mas’ul hisoblanadi. Tashkilot hodimlari mudiradan tortib
to texnik hodimlargacha
hammasi har bir bolaning hayotini muhofaza qilish va sog‘ligigni mustahkamlash
haqida qayg‘urishga da’vat etilgan. Bolalarni jismoniy sog‘lom o‘sishi va rivojlanishi
uchun tashkilot rahbari jismoniy tarbiyaga doir barcha
ishlarni tashkil etishga
javobgardir. Tashkilot hamshirasi va pedagog hodimlar doimi bolalarning sog‘ligini
nazorat qilib turishadi.
Bularga qo‘shimcha tarzda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yiliga ikki marta
bolalarning jismoniy rivolanishini monitoring o‘tkazish bolalar sog‘lom
rivojlanishining asoslaridan biri hisoblanadi. Monitoringni tashkil etish sentyabr-
oktyabr va aprel-may oylarida yani o‘quv yil boshi va oxirida o‘tkazilgani maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Jismoniy rivojlanish monitoringi
jismoniy tarbiya
yo‘riqchisi,maktabgacha ta’lim tashkiloti hashirasi va guruh tarbiyachisi tomonidan
tashkil etiladi.
Jismoniy rivojlanish monitoringini o‘tkazishdan maqsad bolalar bilan jismoniy
tarbiya va jismoniy tayyorgarlik ishlarini samarali tashkil etishdan iborat.
Pedagogik
jarayonni qurishning bir qismi sifatida monitoringni yaratish zamonaviy maktabgacha
ta'limning dolzarb ehtiyojidir. Ushbu texnologiyadan bolalarni rivojlantirish,
tarbiyalash va o‘qitish samaradorligini nazorat qilishning asosiy usuli sifatida
foydalanish eng muhim insonparvarlik tamoyilini to‘liq
amalga oshirish imkonini
beradi. Pedagogik monitoring ta'lim standartlariga qaraganda kuchliroq usuldir. Bu
nafaqat tez kuzatish imkonini beradi balki, ta'lim faoliyati jarayoni va dinamikasi,
shuningdek, bolaning sog‘lig‘i va aqliy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi
mumkin
bo‘lgan taqdirda uni o‘z vaqtida tuzatish imkonini beradi. Sog‘liqni saqlash
texnologiyalariga qo‘shimcha ravishda, monitoring usulidan foydalanish maqsadga eng
qisqa yo‘l bilan yondashish imkonini beradi.
Psixologik-pedagogik monitoringning asosiy maqsadi bolalarning sog‘lig‘i va
psixologik farovonligiga mumkin bo‘lgan salbiy ta'sirlarning oldini olish uchun o‘quv