O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 17- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 79,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix07.01.2024
ölçüsü79,85 Kb.
#203826
1   2   3   4   5   6   7
Asilova Sanobar Xatamboyevna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
17-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.03.2023
a‘zosi bo‘lib qoladi, u boshqa bolalar bilan o‘ynashi, mehnat qilishi, kelishishi kerak 
bo‘lsa yon bosishi o‘rganib oladi. Tarbiyachi bunda har bir bolaning hissiy – ijtimoiy 
qobiliyatini alohida baholab kuzatib borishi kerak. 
Vigotiskiyning psixalogiyaga kiritgan “Psixik taraqqiyotning eng yaqin zonasi” 
tushunchasining asl mohiyati, bolaning mustaqil faoliyati kattalar bilan hamkorlikda, 
ularning rahbarligida amalga oshiriladi degan mazmunni o‘z ichiga oladi. Bolaning 
psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar murakkab va turli tumandir
89

6-7 yoshdagi bolalar kattalarning samimiy diqqatiga va hamkorlikda ish olib 
borishga intilmaydi, balki kattalar bolalarni hurmat qilishlarini, o‘zaro tushunishlarini 
xohlaydi. Bu yoshdagi bolada tengdoshlari bilan muloqot qilish, boshqalar bilan o‘zini 
solishtirish, taqlid qilishga nisbatan ehtiyoj kuchayib boradi. Faoliyatda ya'ni o‘yin, 
mahsuldor faoliyatda tengdosh-sherigi sifatida qatnashadi. Tengdoshlari bilan 
muloqot davrida bolalar o‘yinda va boshqa faoliyatda ma’lumotlar, rejalar, 
vazifalarning taqsimlanishi asosida birgalikda faoliyat olib borishga intiladi. Yoshga 
qarab muloqot bolaning hissiyotini, o‘zaro tushunishini, tengdoshlariga nisbatan hissiy 
yaqinlikni tasvirlay boshlaydi. Bolalar tomonidan beriladigan taklif, iltimos, baholanish 
ancha asoslangan holda ifodalanadi. Maktabgacha yosh davridagi bolalar 
rivojlanishining turli jihatlarini har tomonlama o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, 
maktabning birinchi sinflari bilan taqqoslaganda bolalar bog‘chasining maktabga 
tayyorgarlik guruhlarida o‘qiyotganda ular o‘zlarini xotirjam, psixologik jihatdan erkin 
va o‘ziga bo‘lgan ishonchni his qilishadi. Shunday qilib, bola mustaqil bo‘lishni 
xohlaydi, shuning uchun bolaga bu imkoniyatni berish kerak. U chizishni, plastilin va 
loydan asarlar yaratishni orzu qiladi – biz bunday holatlarda bolalarga erkinlik 
berishimiz kerak. Bolalar tengdoshlari bilan muloqot qilishni xohlaydi, do‘st bo‘lishni, 
janjallashib, sabr qilishni, kechirim so‘rashni va kechirishni o‘rganadi. Bu hayotiy 
tajribani to‘plashdir, Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish va atrofdagi dunyoni bilishga 
imkon beradi. 
XULOSA 
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida 6-7 yoshli bolaning ijtimoiy-hisiy 
rivojlanishida shaxslararo munosabatlarni yetarlicha shakillanmaganligi sababli bu 
yoshdagi bolalar atrofidagi ko‘p narsalarga noadekvat munosabatda bo‘lishadi. Nega?-
degan savolga bugungi kunda bolaning birinchi tarbiyachilari televizor va zamonaviy 
gadjetlar, ekanligini javob qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Bilamizki gadjetlar ko‘pincha 
yangilik sifatida qabul qilinadi va katta qiziqish bilan o‘rganiladi. Bunday qurilmalar 
har bittasi o‘zining orginal dizayni bilan ham e‘tiborni tortadi. Oqibatida bola shaxsida
boshqa odamlarning his-tuyg‘ularini e‘tiborsiz qoldirish, muloqotchanlikning yo‘qligigi 
kabi holatlari uchrab turibdi. O‘z his-tuyg‘ularini boshqarishga harakat qilmaydigan 
bolalar aynan manashunday “Qaram” bolalar orasidan chiqishayotganini kuzatishimiz 
mumkin. Bu asosan, juda kam komunikkatsiya qilish bilan ham tasniflanadi. Hozirda 
bolalar kun davomida qancha vaqtni shunday o‘tkazishi, ota-onalari ularga qancha 
89
M.X.Xolnazarova, M.Q.Muxliboyeva ‘‘ Yoshvapedagogikpsixalogiya’’ 



Yüklə 79,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin