ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.03.2023
Xususan, 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta‘lim va ta‘lim
to‘g‘risida” gi qonuni qabul qilindi. Ta‘lim tizimi to‘g‘risida bu yangi qonunda, yangi
loyihalar, islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ushbu Qonun maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyillarini, ushbu
sohadagi davlat siyosatining yo‘nalishlarini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, o‘z
tasarrufidagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining vakolatlarini belgilaydi.
Mazkur Konsepsiyada 2030 yilgacha 3-7 yoshli bolalarning 80,8 foizini
maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik
va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish Konsepsiyaning asosiy
yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur joriy tizimda innovatsiyalar, ilg‘or pedagogik va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kengaytirish maqsadida maktabgacha
ta’lim tashkilotlarini kompyuterlar bilan ta‘minlash, internet tarmog‘iga ulash
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
86
Shu maqsadda qonun ustuvorligini
ta‘minlash va uni amaliy tajribada tar‘ib ettirish, jahon maktabgacha ta‘lim tizimida
erishilgan yutuqlarni milliy ta‘lim tizimida qo‘llashda horijiy olimlar tomonidan ishlab
chiqilgan texnika va yuqori texnologiyalar, metodikalarni olib kirishni o‘z loyiha
ishimizda ko‘rsatib o‘tdik. Maktabgacha ta‘lim tashkilotining maqsadi bolalarni
maktabdagi o‘qishga tayorlash, bolani sog‘lom hamda rvojlangan, mustaqil shaxs bo‘lib
shakllantrish, qobiliyatlarini, ochib berish, o‘qishga, tizmli ta‘limga bo‘lgan ishtiyoqini
tarbiyalashdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari Davlat talablari asosida foliyat olib
boradi. Davlat talablarining asosiy maqsadi mamlakatda o‘tkazilyotgan ishtimoiy –
iqtisodiy isloxotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutqlari va
zamonaviy infarmotsiyon kommunikativ tenalogiyalarni inobatga olgan holda
maktabgacha ta‘lim tizmda ma‘nan mukamal va intllektual rvojlangan shaxsni
tarbiyalashdir.
87
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra bolaning
rivojlanish sohalri, ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo‘nalishida kattalar va tengdoshlari
bilan muloqotchanlikni shakllantirishga alohida e‘tibor qaratilgan. Davlat talablari
bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:
Jismoniy rvojlanish va sog‘lom turmush tarzini shaklantrish;
Ishtimoiy –hissiy rvojlanish;
Nutq,muloqot, o‘qish,yozish malakalari;
Bilish jaroyonini rvojlantrish;
Ijodiy rivojlanish;