O’zbekistonda gidroenergetikaning rivojlanishi reja-fayllar.org
Atom energetikasining ekologik ustivorligi Atom energetikasi istiqbolli soha hisoblanib hozirgi kunda elektr quvvati ishlab chiqarish bo`yicha issiqlik energetikasidan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Bu soha jahonga 17% elektr quvvatini etkazib beradi. Bu ko`rsatkich Fransiyada 74%, Belgiyada 61% va Shvesiyada 45% ni tashkil etadi. Bu davlatlar yadro quvvatidan elektroenergetikada foydalanish bo`yicha etakchi o`rinni egallaydi. O`tgan asrning 60-80 yillarida atom energetikasi juda tez suratlar bilan rivojlandi. Ammo 1886 yilning 26 aprelida sodir bo`lgan jahonni larzaga soluvchi Chirnobil AES i avariyasidan keyin bu sohaning rivojlanish ma’lum muddat orqaga ketdi. Bu davrda Shvesiya, Italiya, Braziliya va Meksika davlatlari atom elektrostansiyalari qurilishini butunlay to`xtatib qo`ydilar. Ammo yadro quvvatsiz energetika rivojini amalga oshirib bo`lmasligini hisobga olib, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va foydalanilayotgan AES larda xavfsizlik choralari kuchaytirildi va elektrostansiyalarining qurib ishga tushirilishi ham tezlashtirildi. hozirgi kunda dunyoda 500 dan ortiq atom reaktorlari harakatda bo`lib, 100 ta reaktorning qurilishi davom etmoqda.
Tabiiyki, atom energetikasining tashqi muhitga salbiy ta’siri ham bor. Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin:
yadro reaksiyasi davomida reaktordagi yadro yonilg`isining atigi 0,5 – 1,5% yonib ulguradi, qolgani esa radioaktiv chiqindi sifatida muhitga chiqariladi. Quvvati 1000 MVt bo`lgan reaktordan yilida 60 t. chiqindi chiqadi (qiyoslash maqsadida shu aytish kerakki, 1945 yil AQSH tomonidan Xirosimaga tashlangan atom bombasida atigi 740 gr. radioaktiv mahsulot bo`lgan). Bu chiqindilarning bir qismi qayta ishlab zararlantiriladi, ammo qolgani belgilangan tartibda ko`mishni talab qiladi. Ko`mish jarayoni esa ancha murakkab va serxarajat hisoblanadi
AES o`zining foydalanish muddatini o`tab bo`lgach, belgilangan tartibda tugatiladi. Uning tugatilishi serxarajat jarayon bo`lib, xarajatlar miqdori stansiya umumiy qiymatining 17-33 % ga teng
AES reaktorlarini sovutishda boshqa turdagi stansiyalarga ko`ra suv ko`p sarflanadi va ularning chiqqan yuqori haroratli suv gidrosferani termal ifloslashi mumkin. Masalan, 1 mln. KVt elektr quvvati ishlab chiqarishda IES lardan muhitga 1,5 km3 issiq suv chiqsa, AES lardan esa 3-3,5 km3 gacha issiq suv chiqadi. Bunday termal suvlar daryolarga tashlanganda suvning harorati ko`tarilishidan unda kislorod etishmasligi kelib chiqib, ko`pchilik gidrobiontlar uchun noqulay ekologik vaziyat vujudga keladi. Buning oldini olish maqsadida AES dan chiqqan issiq suvni sovutish uchun maxsus hovuzlar quriladi. Masalan 1000 MVt quvvatli elektr stansiyasi suvini sovutish uchun maydoni 800 – 900 ga bo`lgan hovuz quriladi. Bunda, bir tomondan hovuz qurilishi uchun unumdor er sarflansa, ikkinchi tomondan hovuzning mavjudligi atrof erlarining meliorativ holatini yomonlashtiradi.
Ammo, yuqorida keltirilgan kamchiliklaridan qat’iy nazar, AES lar hozirgi zamon elektroenergetikasida ekologik tozaligi va iqtisodiy samaradorligi jihatidan etakchi o`rinni egallaydi. Atom energetikasining kelajagi porloq ekanligini quyidagilarda ko`rish mumkin:
uning atrof muhitga salbiy ta’siri boshqa turdagi stansiyalarga nisbatan juda ham kam;
yadro yoqilg`isining zahiralari amalda bitmas-tuganmasdir. Atom elektr stansiyalarida juda oz miqdordagi yoqilg`i evaziga katta miqdorda elektr quvvati olish mumkin. Masalan, issiqlik elektr stansiyalarida 1000t. ko`mirni yondirib olinadigan elektr quvvati atom stansiyalarida 0,5 kg. yadro yoqilg`isidan olinadi;
AES qurilishida energiya tashuvchilar (organik yoqilg`i va suv) zaxiralarining joylashish o`rinlariga e’tibor bermay, stansiyani inson o`zi uchun qulay bo`lgan xohlagan eriga qurishi mumkin. Chunki atom stansiyalari uchun katta miqdorda yoqilg`i va uni tashish uchun ko`p xarajat talab qilinmaydi;
AES lardan chiqadigan radioaktiv chiqindilar, odatda, belgilangan tartibda zararsizlantiriladi va standart belgilari bo`yicha ko`miladi. Stansiya bloklaridan atmosferaga biror xildagi zararli tashlama gaz chiqmaydi. AES larning xavfsiz ishlashi ustidan jiddiy nazorat o`rnatilgan. Shuning uchun ham bunday korxonada ishlovchilarda kasallanish darajasi IES lardagiga qaraganda, odatda, 5-7 marta kam bo`ladi. Shuning uchun ham AES lar haqli ravishda ekologik toza elektroenergiya manbai deb tan olingan.