O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar
ko’rsatilishining manzilliligi va ommabopligi, aholining ojiz qatlamlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash kabi tamoyillar. Uyda ijtimoiy ko’mak ko’rsatilishiga muhtoj fuqarolarni butunlay qamrab olish va ularga ko’rsatiladigan xizmatlar ro’yxatini kengaytirish imkoniyatiga ega bo’lish maqsadida o’zini boshqarish organlariga yolg‘iz nafaqaxo’rlar, qariyalar va nogironlarga uyda xizmat ko’rsatish bo’yicha ish bilan shug‘ullanish uchun mehnat bilan band bo’lmagan fuqarolarni vaqtincha to’lovli jamoatchilik ishlariga jalb etishga ruxsat berilgan. Shubhasizki, mamlakat aholisini himoyalash va qo’llab-quvvatlash bo’yicha kompleks dasturlarining tashkillashtirilishi zarur. Umuman, davlatimizning butun ijtimoiy siyosati shularning barchasiga yo’naltirilgan. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ijtimoiy ish – bu ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning o’ziga xos bir shakli bo’lsa, ijtimoiy siyosat esa ijtimoiy ishning o’zagi, yo’nalishidir. Huquqiy, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning murakkab yo’lida mamlakatimiz usun yangi bo’lgan faoliyat turini shakllantirish va rivojlantirish, kasbiy salohiyatli ijtimoiy ishchilarni tayyorlash zamon taqozosidir. Ijtimoiy ish sohasidagi mutaxassislar faoliyatini tavsifi ularga nisbatan talabning yuqoriligi haqida fikr yuritish imkonini beradi.
Respublikaning bozor iqtisodiyoti tizimiga kirishining o’zi ijtimoiy ishchilarga nisbatan ehtiyoj paydo bo’lishini ta’minladi. Bundan tashqari, bugungi kunda respublikadagi barcha faoliyat yurituvchi ijtimoiy boshqarish organlarida ijtimoiy ma’lumotga ega bo’lmagan mutaxassislar ishlab kelmoqda. Ijtimoiy ishchilarni mavjud boshqa turli ta’lim shakllari