O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar
xuzur-xalovat, afsuslanish, stress manbasi deb hisoblaydilar, lekin ulardan ko’pchilik ish mobaynida qaysidir fikrda ikkilanishlarini, qayta tahlil qilib
ko’rishga, tanqidiy muhokama qilishga va har bir vaziyatni serqirra muammo sifatida ko’rib chiqishga majbur bo’lishlarini ta’kidlaydilar. Bu vazifalarni uddalay olish uchun ijtimoiy ishchi keng ma’noda salohiyatli kasb ustasi, madaniyat, jamiyat va ijtimoiy guruhlarning o’zaro munosabati masalalaridan xabardor inson bo’lishi kerak. Shu bilan birga ijtimoiy ishchi boshqa maxsus bilimlarga ham ega bo’lishi zarur. Ijtimoiy ishchilar faoliyatiga qo’yiladigan umumiy ahl borayotgan talablar asosida to’planib rivojlanib boraveradi. Vrach kasbiga o’xshagandek, bu yerda ham umumiy tamoyillar va asoslar mavjuddir, lekin u yoki bu sohaga ixtisoslashgan ijtimoiy ishchi uchun maxsus ko’nikma, bilimlar ham talab etiladi. Ijtimoiy ish – multidissiplinar kasb sohasi. Bu mijozga yordam ko’rsatish maqsadida ijtimoiy ishchi boshqa mutaxassislik sohasi vakillari – vrach, pedagog, psixolog, militsiya xodimi bilan o’zaro aloqadorlik tizimini shakllantiradi, deganidir. Boshqa tomondan ijtimoiy ishchining o’zi ham maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lganligi va ushbu kasblarning ko’pchiligi bilan bog‘liq asosiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgani uchun ham universal mutaxassis hisoblanadi. Bu tarzdagi turli fanlarga oid bilimlarga egalik birlamchi tashxisni amalga oshirishga yordam beradi, shuningdek boshqa mutaxasislarga muammolarni ilg‘ashlariga imkon yaratish uchun xizmat qiladi. Bu ijtimoiy ishchi boshqa mutaxassislarda bo’lgani kabi ijtimoiy ishchilarda o’z shaxsiy usullari yo’q degani emas, albatta. Masalan, amaliy