psixologiya va ijtimoiy-psixologik ishda qo’llaniladigan individual va oilaviy terapiya, ta’sir ko’rsatish ob’ekti hamda ijtimoiy o’zgarishlar jarayoniga aralashishning “chuqurligi” bilan farqlanadi. Keng ma’noda ushbu kasb millatning ijtimoiy o’zini anglashi, davlatning insonparvarligi va taraqqiy etganligi darajasi, madaniylilik darajasini o’zida aks ettiradi. Ijtimoiy ish sohasi doimo kengayib boraveradi, G‘arbda ham ijtimoiy ishchilarni mahalliy o’zini boshqarish idoralarida, maktablarda, tibbiyot muassasalarida, oila va bolalarga yordam ko’rsatish markazlarida, biznes
va industriyada, ruhiy sog‘lomlashtirish markazlari, korreksion muassasalar va xususiy amaliyotda uchratish mumkin. Ijtimoiy muammolar aniq bir jamiyat doirasida belgilanadi. Munosabatlarning mazmun va mohiyati madaniy-tarixiy va ijtimoiy- siyosiy sharoitlarga bog‘liq bo’ladi. Ijtimoiy muammo sifatida belgilangan u yoki bu hodisa o’z o’rnida madaniyat, ijtimoiy institut va jamiyatdagi munosabatlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Amaliy ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy ma’murlar va tadqiqotchilar o’z shaxsiy madaniyatiga egadirlar. Ularning reallik yoki reallikni barpo etilishi haqidagi tasavvurlari, ular tomonidan ratsionallikning e’tirof etilishi, yoki ongli va me’yoriy talablarning talqini, shuningdek ijtimoiy muammolarga nisbatan munosabati qisman odatga aylangan madaniy qadriyatlar va me’yorlarga borib taqaladi. Professional sifatida bu insonlar, aslo o’zlarining “madaniy ko’zgu”lari doirasidagina ishlashlariga haqlari yo’q, biroq tanqidiy va tahliliy