O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar
yondoshuvlardan foydalangan holda qadriyatlar tizimi, ijtimoiy deviatsiya va ijtimoiy muammolarni inobatga olishga majburdirlar. Barcha toifadagi ijtimoiy ishchilarning kasbiy ixtisosligi ulardan reallikni boshdan kechirish va talqin etishning turli xil usullari haqida muntazam fikr yuritishlari va ongli munosabatda bo’lishlarini talab etadi. Har qanday ijtimoiy ishchining, ijtimoiy siyosatchi yoki tadqiqotchining jiddiy vazifalaridan biri, bu nazariy va amaliy bilimlarni oshirish maqsadida izlanish va muntazam ravishda o’z dunyoqarashini kengaytirish, haqiqatning ortida nima turganligini o’rganishga nisbatan intilishidir. Faqat shu yo’l bilangina muammo yoki muammo kompleksini tushunishning yangi vositalarini egallab borish mumkin. Bu esa o’z o’rnida ijtimoiy ishda strategiyaning belgilanishiga yordam beradi. Ijtimoiy ishning alohida ijtimoiy institut sifatida shakllanishi jamiyatning tarixan rivojlanishi, ijtimoiy tuzilmaning va ijtimoiy kichik tizimlarning o’zgarishi bilan shartlangandir. Urug‘doshlik munosabatlari hukmronlik qilgan davrlarda
ijtimoiy harakatlar bir-biriga qorishiq bo’lib, u ham amaliy, ham taomil xususiyatga ega bo’ldi. U hox hosilni yig‘ish bilan, hox to’y yoki qondoshlik intiqomi bog‘liq bo’lmasin odatlar insoniy faoliyatni tartibni yo’lga qo’yish, uyg‘unlikka erishish, betartiblik, noturg‘unlik hosil bo’lishining mohiyatini to’ldirib boradi. Shuning uchun ham an’anaviy madaniyat jamiyat a’zolaridan doimo yozilmagan qonun-qoidalarda e’tirof etilgan va nasliy jamoa me’yorlari va qadriyatlariga muvofiq ravishda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yo’naltirilgan harakatlarni talab qiladi. Jamiyatning keyingi