sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyatini institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi. Ma’ruzada ta’kidlab o’tilganidek, o’tgan vaqt mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohatlar juda muhim bir maqsadga,ya’ni hokimiyatlar bo’linishi konstitusiyaviy prinsipini xayotga tatbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakillantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakilatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha goyat dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan edi. Prezidentimiz “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” (1999- yil.) asari mamlakatimizning yangi asrdagi taraqqiyoti uchun 6 ta ustuvor yo’nalishni belgilab berar ekan, avvalo siyosiy, iqtisodiy xayotni, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishni birinchi ustuvor vazifa qilib quyilgan edi. Bunda siyosiy sohani erkinlashtirish bilan birga davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakillantirishda asosiy e’tibor kutidagi masalalarga qaratilgan edi. 1)hokimiyat barcha tarmoqlarining mustaqil faoliyatini ta’minlash; 2)nodavlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatini bosqichma -bosqich erkinlashtirish. Bunda “Kuchli