O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar
uchun” zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha ijtimoiy kafolat va choralarning ta’minlanishi tushuniladi. Fuqarolarga natijali ijtimoiy ko’makni ko’rsatish imkonini beruvchi aholini ijtimoiy himoyalash tizimining vujudga kelishi ushbu yillardagi ijtimoiy siyosatning tabiiy yutuqlaridan bo’lib hisoblanadi. Mustaqillik yillari mobaynida mavjud real iqtisodiy va demografik vaziyatni inobatga
olgan holda bozor iqtisodiyoti sari bosqichma bosqich o’tish asnosida aholini ijtimoiy himoyalash mexanizmi yaratildi. Dastlabki bosqichlarida bu barcha aholini ijtimoiy himoyalanishini ta’minlovchi yo’li bo’lib, u o’z o’rnida insonlar hayoti darajasining keskin ravishda tushib ketishini oldini olish, mamlakatda turg‘unlikni saqlab qolish imkoniyatini berdi. Islohotlarning chuqurlashib borishi barobarida aholiga manzilli yordam ko’rsatilishiga katta e’tibor qaratildi. Barcha nafaqa va yordam trurlari oilalarga berila boshlandi, bunda asosiy e’tibor kam ta’minlangan oilalar, qariyalar va bolalarga qaratildi. Aholining turli qatlamlariga differensial yondoshish zamonaviy ijtimoiy himoya tizimining o’ziga xos tomonlaridan biridir. O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi rivojlanishining zamonaviy bosqichi barqaror iqtisodiy o’sish, aholi hayoti tarzining sifat jihatidan yaxshilanilishiga asoslangan. Hozirgi davrda aholining bandligini va xususan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali iqtisodiy faolligini rivojlanishi ijtimoiy himoyalashning asosi bo’lib xizmat qiladi. Mamlakat ijtimoiy siyosatining yana bir yutuqlaridan bo’lib, ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimining vujudga kelishi, aholi bilan ishlashda fuqarolarga natijali ijtimoiy ko’mak ko’rsatish