O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar
rivojlanishida ijtimoiylashuv va ijtimoiy ko’mak funksiyalarini oila o’z zimmasiga oladi, keyinchalik esa maxsus ijtimoiy institutlar zimmasiga o’tadi. Shu jumladan ijtimoiy ish instituti ham. Jamiyatning shunday ijtimoiy institutga nisbatan ehtiyoji ko’pgina omillar bilan belgilanadi, ular orasida zamonaviy madaniyatlarga xos bo’lgan shaxslararo ajralganlik, begonalashib ketish, oilalarda kechayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar yuqori ko’rsatkichni ko’rsatib kelmoqda. Jamiyatning ijtimoiy ishni institut sifatida yetaklab borishga nisbatan tayyorgarligi ijtimoiy va davlat kichik tizimlari maqsadlarining davlat qonunchiligi, konstitutsiyasi va siyosatining taraqqiy etganligida aks etuvchi insoniyatning rivojlanishiga qarab yo’nalganligida namoyon bo’ladi. Inson fikri, shunday qilib, qadriyatli va me’yoriy tizimlarning ko’pqirraligi va tenghuquqliligini anglash, ratsional yordam va ko’mak ko’rsatilishiga olib keluvchi qiyin vaziyatlarni tushunish hamda hayrihox bo’lish orqali kechadi. Ijtimoiy madaniy omillar ijtimoiy ishning mohiyati va turini belgilab beradi, ijtimoiy istiqbollarni hamda ijtimoiy ish modellarining turli xil toifalarini ochib beradi. Ijtimoiy ish o’z shakllari bo’yicha serqirra bo’lib, mutaxassislar orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: boshqaruvchilik darajasidagi ijtimoiy ishchilar, oila bilan ishlovchi mutaxassislar, bola rivojlanishi bo’yicha mutaxassislar, individ yoki guruh bilan ishlash bo’yicha psixoterapevtik va psixologik usullarga ixtisoslashgan ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy xizmat va agentliklar, boshpana (priyutlar), internatlar ijtimoiy ishchilari, tibbiyot muassasalari