Oʻzbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilgan islohotlar mazmun va mohiyati



Yüklə 10,68 Kb.
səhifə2/3
tarix09.10.2023
ölçüsü10,68 Kb.
#153125
1   2   3
Oʻzbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilgan islohotlar mazmu-azkurs.org

Birinchi yo‘nalish ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Mazkur sohadagi chora-tadbirlar quyidagilarni nazarda tutadi: ijro etuvchi hokimiyat organlarini tashkil etish va tugatishning aniq mezonlari hamda tartib-taomillarini joriy qilish;

  • kadrlar va moddiy resurslardan oqilona foydalangan holda, ijro etuvchi hokimiyat organlarini optimallashtirish;

  • ijro etuvchi hokimiyat organlarining mustaqilligini oshirish hamda ularning Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish;

  • davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini izchil takomillashtirish va «Elektron hukumat» tizimini yanada keng joriy etish;

  • ma'muriy adliyani rivojlantirish va murojaatlarni kollegial eshitishni joriy qilish.

  • Ikkinchi yo‘nalish ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalarini, ularni amalga oshirish mexanizmlari va javobgarlik sohalarini aniqlashtirishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan quyidagi masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi: rivojlanish dasturlarini shakllantirishda hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashabbuskorligi va rolini oshirish;

  • maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan, barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning prinsipial yangi tizimini joriy qilish;

  • xalqaro amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan, shu jumladan, sifat menejmenti, indikativ rejalashtirish, autsorsing, kraudsorsing kabi ishni tashkil etishning zamonaviy uslublaridan foydalanish;

  • rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilishda jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikning zamonaviy shakllarini joriy etish.

  • Uchinchi yo‘nalish iqtisodiyot tarmoqlariga ma'muriy ta'sirni qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda quyidagilar rejalashtirilmoqda: xususiy sektor samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlarini tuzishni cheklash va amaldagi davlat korxonalarini qayta tashkil etish;

  • iqtisodiy faoliyatda davlat ishtirokining aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish;

  • ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda ijtimoiy hamda davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish;

  • ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish.


  • Yüklə 10,68 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin