O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari
kafolatining yaratilishi.
O`zbekiston tarixining mustaqillik yillari avvalgi davrdan farkli o`laroq aynan
istiqlol tufayli yurtimizda inson xuquqlari va erkinliklari kafolati uchun zarur
shartsharoitlar yaratilgani bilan alohida ajralib turadi.
Avvalo shuni aytish kerakki, bu O`zbekiston Konstitutsiyasida o`z ifodasini topdi.
Unda eng oliy qadriyat sifatida davlat va ijtimoiy tizim emas, balki inson huquqi
kafolatlab qo`yildi. Konstitutsiyaning 13 moddasida «Uzbekiston Respublikasida
demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti,
erkinligi, sha`ni, qadrqimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi»,
deb belgilab quyildi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning ikkinchi bo`limi «Inson va fuqarolarning asosiy
huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb atalishining o`zi Asosiy qonunning
insonparvarligini ko`rsatadi. Uning har bir moddasida fuqarolikka ega bo`lish va uni
yo`qotish asoslari, shaxsiy huquq va erkinliklar fuqarolarning siyesiy huquqyaari,
ularning kafolatlanishi o`z ifodasini topgan.
O`zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar hayotning barcha
sohalarida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, huquqiy va boshqa munosabatlarda
birbirlari bilan teng huquqqa ega bo`ldilar.
Ayrim shaxslarning foydalanishi lozim bo`lgan imkoniyatlar qonunda belgilanib,
ular faqat ijtimoiy adolat prinsiplari asosida bo`lishi ko`rsatib quyildi.
Ayniqsa fuqarolarning istagan dinga e`tiqod qilishi yeki qilmasligi qonun bilan
kafolatlanib, o`zlarining ixtiyoriga berilgan bo`lib, bu xuquqparning amalta oshirilishi
meyoriy qonunlar bilan mustahkamlandi. Jumladan, fuqarolarning dinga munosabati
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to`g`risida»gi (1998 y.) qonun bilan tartibga solindi, hamda ularning daxlsizligi
ta`minlanmokda.
Istiklol yillaridagi katta yutuqlardan biri shundaki, O`zbekistonda shaxs erkinligi,
inson xukuqlarining muxofazasi va kafolati, e`tiqod, meqnat va kasbni erkin tanlash
huquqi, ta`lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa imkoniyatlar qonun bilan himoya
qilinadigan bo`ldi. Bu borada shuni ta`kidlash joizki, hozirgi qiyin va ziddiyatli bir
paytda mamlakatimizning turdi sarhadlariga yaqin joylarda urushlar ro`y berib, qon
to`kilib, begunoh odamlar qurbon bo`lib,isarsonsargardon kishilar ko`payib
borayotgan bir sharoitda O`zbekistonda inson uchun eng oliy ne`mat yashash huquqi
va osoyishta hayot kechirish huquqi tula ta`min etildi. Bir so`z bilan aytganda xuddi
ana shu murakkab yillarda O`zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi
yanada mustahkamlanib, yangi demokratik jarayonlar odamlar ongi va qalbi orqali
o`tkazilib, hayotga tobora chuqurroq kirib bora boshladi.
O`zbekistonda mustaqil davlatchilikning jahon andozalariga mos keladigan, eng
ilg`or tajribalar asosida vujudga kelgan zamonaviy usullar joriy qilina boshlandi. Inson
xuquklari va erkinliklari ustivorligini ta`minlashning huquqiy asoslari yaratilishiga
kirishildi. Xalqaro miqyosda qabul qilingan tamoyillarga asoslanib faoliyat
ko`rsatadigan yangidan yangi huquqiy muassasalar tashkil etildi.
Istiqlol yillarida fuqarolarning huquklarini aks ettiruvchi, himoya qiluvchi, ularning
turli sohalardagi faoliyatini tartibga soluvchi 300 dan ortiq qonun va Parlamentning
Qonunga tenglashtirilgan qarorlari tizimi vujudga keldi. Bir yarim mingdan ortiq
Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganligi ayni ana shu
tarixan juda qisqa davrda amalga oshirilgan ishlar ko`lamini ko`rsatadi. Ularning
aksariyati fuqarolar haqhuquqini muxofaza qilish, bozor munosabatlarini
chuqurlashtirish va to`la qaror toptirish asosida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy,
huquqiy va siyosiy himoyalashni ta`minlashga qaratilgandir. Endi qamma gap ana shu
qonunlar, qarorlar, farmon va farmoyishlarning hayotga to`la tadbiq etilishiga, ularning
og`ishmay amalga oshirishga qolgan. Bu fuqarolar turli tabaqasi ma`naviyaxloqiy
yetuklik darajasidan tortib, ularning tub islohotlar moxiyatini chuqur anglashi,
yangilanayotgan jamiyat tamoyillarini o`zlashtirish va keng miqyosli siyosiy
tayyorgarligiga bog`liq bo`lgan uzoq muddatli jarayondir.
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng inson huqukdari bo`yicha rivojlangan
demokratik mamlakatlar qo`llayotgan tamoyillarga sodiqligini namoyish etib
kelmoqda.
Respublikada mustaqillik yillarida inson xuquqi va erkinliklariga doir bir qator
xalqaro hujjatlar tan olindi va ular xalq orasida targib qilina boshlandi. «Inson
huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar
to`rrisida Xalqaro Pakt», «Fuqarolik va siyosiy huquklar to`g`risida Xalqaro Pakt va
fakultativ Bayonnoma» shular jumlasidandir. Ular hozirgi zamon jahon davlatchiligini
va jamiyatni demokratlashtirish jarayonida inson huquqlarini mustahkamlashning asosi
bo`lib xizmat qilmoqda.
Ayni choqda O`zbekiston inson huquqlariga oid 30 dan ortiq asosiy pakt va
Konversiyasiga qo`shilgan. Bu borada shuni aytish kerakki, O`zbekiston 1996 yilning
aprel oyida BMT komissiyasiga siyosiy va inson huquklari bo`yicha Xalqaro Pakt
normalarini bajarish borasida milliy ma`ruza matnini taqdim etdi.
O`zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda
bevosita yoki o`z vakillarini saylash, o`zinio`zi boshqarish asosida, referendumlar
o`tkazish kabi demokratik xuquqiy institutlar orqali qatnashadi. U o`z siyosiy
huquklarini kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, boshqa jamoat va ommaviy
tashkilotlarda real ishtirok etish yo`li bilan amalga oshirishi mumkin. Shuning uchun
ham «Inson huquq.lari umumjahon Deklaratsiyasi» va boshqa jahon miqyosida tan
olingan xalqaro huquqiy hujjatlardan kelib chiqib, ton Respublikasi Milliy Markazini
tuzish to`grisida» qabul qilingan Farmon ana shu yo`lda qo`yilgan yana bir muhim
qadamdir. Ushbu Farmon inson huqulari va erkinliklarini muhofaza etishning
ta`sirchan vositasini barpo etishga, respublika fuqarolarida huquqiy madaniyatni
shakllantirishga xizmat qiladi. Xuquqiy madaniyatning yuqori darajada bo`lishi esa
huquqiy demokratik davlatning noyob xususiyatidir.
Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy Markazining maqsadi
va vazifalari ushbu farmonda aniq belgilangan. Jumladan,
milliy harakat rejasini. shuningdek, Konstitutsiya, Qonunlar va inson huquqlari
sohasidagi umume`tirof etilgan xalqaro huquq meyorlari qoidalarini amalga oshirish
strategiyasini ishlab chiqish;
inson huquqlari sohasida O`zbekiston Respublikasining xalqaro va milliy
tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish ana shunday vazifalarning muhimidir.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil, 13 noyabrdagi qarori
bilan tasdiqlangan Nizomga ko`ra Milliy markaz tahliliy, tavsiyalar beruvchi,
muassasalararo muvofiqlashtiruvchi davlat organi bo`lib, inson huquklari sohasidagi
halqaro huquqning umum e`tirof etilgan tamoyillari va meyorlari, Uzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Prezident farmonlari qoidalariga amal
qilinishi yuzasidan davlat siyosatini amalga oshirmoqda. Shu bilan birga Markaz
o`quvma`rifiy va targibot, taxliliy, fuqarolar murojaatlarini ko`rib chiqish yo`nalishlari
bo`yicha ish olib bormoqda.
Masalan, o`quv ma`rifiy yo`nalish bo`yicha 19971998 yillar mobaynida 20 dan
ortiq risola nashr etildi. Ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etildi.
Televideniyeda kursatuvlar tayyorlandi. Inson huquqlarini himoyalashning turli
yo`nalishlari bo`yicha xalqaro va milliy miqyosda o`quv dasturlari, seminarlar,
anjumanlar, ma`ruza kurslari va o`quv safarlari tashkillashtiriladi. Konrad Adenauer
jamg`armasi va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan xamkorlikda huquqni muhofaza etish
idoralari xodimlari uchun Andijon, Fargona, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Jizzax,
Namangan shaxarlarida ixtisoslashgan o`quv seminarlari o`tkazildi.
Tahliliy yo`nalish bo`yicha milliy markaz Oliy Majlis muhokamasiga qo`yib
kelinayotgan inson huquklari himoyasiga aloqador barcha qonun hujjatlarining
muhokamasida faol qatnashmoqda, mazkur qonun loyihalarining ochiq muhokamasini
tashkillashtirmoqsa. Jumladan, «Oliy Majlisning Inson xuquqlari bo`yicha Vakili
(ombudsman)
to`g`risidagi»,
«Ommaviy
axborot
vositalari
to`g`risidagi»,
«Jurnalistning kasbiy faoliyatiga doir faoliyatini himoya qilish to`rrisida», «Axborot
olish erkinligi kafolatlari to`g`risida», «Ta`lim to`g`risida» va boshqa bir qator
qonunlarni muhokama qilish bo`yicha ilmiyamaliy anjumanlar o`tkazildi. Bundan
tashqari Milliy markaz Oliy Majlis muhokamasiga kiritilayotgan turli qonunlar
bo`yicha, O`zbekiston Respublikasi qo`shilishi lozim bo`lgan xalqaro shartnomalar
bo`yicha muntazam o`zining xulosalarini berib bormokda.
Fuqarolarni qabul qilish masalasida ham izchil ish olib bormokda.
Shu bilan birga, inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy
Markazining tashkil topishi O`zbekistonda inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni,
qadrqimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishining yana bir bor
yorqin dalilidir. Bularning barchasi masalaning oliy davlat ahamiyatiga ega ekanligini,
mazkur sohaga shaxsan Prezidentning o`zi e`tibor bilan qarayotganini ko`rsatadi. Inson
huquqlarini himoya qilish hali tajribamizda bo`lmagan hodisa, biz uchun bu yangilik
sifatida endigina turmush tarzimizga kirib kelayotgani tufayli unga davlatning o`zi
tashabbuskor va rahnamo bo`layotir. Bu mamlakatimizda goyat insonparvar siyosat
mavjudligining natijasidir. Bu esa, O`zbekistonda insonning tabiat gultoji, olam sarvari
sifatida e`zozlanadigan jamiyat shakllanayotganidan dalolatdir.
Inson huquqlari va erkinliklarini ta`minlashga qaratilgan choratadbirlar orasida
1997 yil aprelda «Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman)
to`grisida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi alohida aqamiyatga
ega.
Shuni aloqida ta`kidlash kerakki, mazkur institut sobiq ittifoq tarkibidan ajralib
chiqqan mamlakatlarning ko`pchiligida, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarida inson
huquqlarini himoya qilishning bunday dunyoviy shakli mavjud emas. Mazkur sohada
O`zbekiston o`z «ittifokdosh»laridan ancha ilgarilab ketdi, desak xato bo`lmaydi.
Ushbu qonunda shunday satrlar bor: «Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili
(ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson huquqi,
erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan qimoya qilinishini ta`minlashga
ko`maklashish maqsadida faoliyat ko`rsatadi».
Ayni choqda istiqlolga erishilgandan so`ng mamlakatda inson huquqlari va
erkinliklariny kafolatlashga qaratilgan qator amaliy tadbirlar ham o`tkazildi. Jumladan,
1996 yil may oyida «Fuqarolarni huquqiy himoya qilish va aholining huquqiy
madaniyatini kjsaltirish» mavzusiga bagishlangan respublika huquqshunoslari
konferensiyasi bo`ldi. Unda qator dolzarb masalalar muhokama qilindi, tajribalar
umumlashtirildi, 19961997 yillarga mo`ljallangan Dastur va tadbirlar rejasi, 1997 yil
avgustida esa «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy Dasturi» qabul
qilindi.
Dostları ilə paylaş: |