Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga



Yüklə 495,37 Kb.
səhifə1/2
tarix30.07.2022
ölçüsü495,37 Kb.
#62945
  1   2
Avtotransportlariga talab


Jahon avtoturargohi har yili 5-8% va undan ko'proq oshadi. Misol uchun, O’zbekistonda, masalan, 2020 yilga nisbatan 14,5% ga koʻp transport vositalarining ro’yxatdan o’tgan. 2020 yil oxiriga kelib Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan.


Avtomashinalar soni O’zbekiston Respublikasida 2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra,. Shuningdek, jami avtotransport vositalaridan:

  • yengil avtomobillar — 2767126 ta;

  • yuk avtomobillari — 168810 ta;

  • avtobuslar — 5711 ta;

  • mikroavtobuslar — 8518 ta;

  • maxsus transportlar — 5130 ta.

Shu munosabat bilan zamonaviy avtomobillarning zararini bartaraf etish, xususan, chiqindi gazlar bilan atmosfera ifloslanishini bartaraf etish vazifasi yil sayin tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Hisobot davrida ro‘yxatga olingan va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar soni barcha viloyatlarda (Sirdaryo viloyatidan tashqari) yuqori sur’atlarda oshdi. Eng yuqori o‘sish sur’atlari Namangan (22,6%), Navoiy (20,9%), Samarqand (18,8%), Farg‘ona (16,2%) va Toshkent (16,4%) viloyatlarida qayd etildi.

1-rasm. 2022 yil aprel oyida ro‘yxatga olingan va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar soni o‘zgarishi indeksi
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, avtokreditlar hajmi va avtomobillarga bo‘lgan talab o‘rtasida sezilarli darajada bog‘liqlik mavjud. Avtokreditlar hajmining 10%ga oshishi ro‘yxatga olingan va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar sonining 4% ga oshishiga olib keladi.
Ta’kidlash joizki, joriy yilning yanvar-may oylarida respublika bo‘yicha aholiga 2,67 trln. so‘mlik avtokreditlar berildi. Bu esa 2020 yilning shu davriga nisbatan 40,5%ga ko‘proqdir. Eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (o‘sish - 104,2%ga yoki 1,1 trln. so‘m), Xorazm (66,5% ga yoki 155,7 mlrd. so‘m), Buxoro (49,8% ga yoki 152,2 mlrd. so‘m), Andijon (42,7% ga yoki 95,2 mlrd. so‘m) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (56,3% ga yoki 173 mlrd. so‘m) kuzatildi.



2-rasm. 2021 yil yanvar-may oylarida avtomobil kreditlari va avtomobillarga bo‘lgan talab o‘rtasidagi bog‘liqlik
2021 yilning iyun oyida 18,9 mingta yangi avtomobil ro‘yxatga olindi. Ulardan 1171 tasi (6,2%) chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillardir.
Chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar eng ko‘p sotilgan hududlar Toshkent shahri (yangi avtomobillarning 11,8%), Toshkent (5,7%), Samarqand (3%) va Xorazm (2,4%) viloyatlari bo‘ldi.
O‘tgan yilda O‘zbekiston avtomobil bozori talab oshgani inobatga olinsa, koronavirus ta’sirini minimal deb hisoblash mumkin. Respublikada karantinning eng og‘ir bosqichi aprel oyiga to‘g‘ri keldi va avtotransport vositalari savdosining 73,8% ga pasayishiga olib keldi, biroq iyun oyida avtosalonlar yana ish boshladi va yilning ikkinchi yarmida bozorda o‘sish kuzatildi.

3-rasm. Mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi ulushi

Yüklə 495,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin