Farg‘ona va Oltiariq netfni qayta ishlash zavodlari tо‘liq quvvat bilan ishlamoqda, yiliga 8,6 mln. tonna, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi yiliga 5 mln. tonna neftni qayta ishlash quvvatiga ega. Yaqin yillar ichida Farg‘ona NQIZ mavjud quvvatlardan tо‘la foydalanish hisobiga Markaziy Osiyoni moylash materiallari bilan ta’minlamoqda. Neft bitumi ishlab chiqarish 1,5 baravar, neftni qayta ishlashni umumiy hajmidagi ikkilamchi jarayonlar salmog‘i 1,5 baravar, xom ashyoni katalitik krekinglash hajmi ikki baravar kо‘paydi. Gidrokreking jarayonlari joriy etildi.

Umuman О‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning asosiy qismi Muborak gazni qayta ishlash zavodi va Shо‘rtan gaz kondensati majmuasining oltingugurtdan tozalash inshootlarida qaytadan ishlanmoqda. О‘zbekistonda tabiiy gaz 12 ming km.dan kо‘proq magistral gaz quvurlari orqali uzatilmoqda va taqsimlanmoqda. Respublikaning gaz uzatish tarmog‘i MDH mamlakatlarini yagona gaz tizimlariga ulangan. О‘zbekistonda aholini tabiiy gaz bilan ta’minlashning ishlab chiqilgan dasturi izchil amalga oshirilmoqda.

О‘zbekiston territoriyasida izlov – qidiruv ishlarining natijasida hozirga vaqtda 200 tadan kо‘p neft va gaz konlari ochilgan hamda ishlatishda 100 tadan kо‘p konlar bо‘lib, shundan 60 tadan kо‘pi neft va neftgaz konlaridir.