O`zbekistonda ta`lim tizimi reja: O`zbekistonda ta`lim tizimi tarixiga bir nazar


Ta`limni boshqarish organlari. Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim



Yüklə 149,52 Kb.
səhifə7/11
tarix07.01.2024
ölçüsü149,52 Kb.
#211574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ta`limni boshqarish organlari. Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`limmuassasasi, Toshkent Islom Universiteti, shuningdek xalqaro mashhur xorijiy OTMlar (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kompetentsiyasiga quyidagilar
taalluqli

  • ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;

  • davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish;

  • ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • ta`limmuassasalarini yaratish, qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini belgilash;

  • ta`lim muassasalari akkreditatsiyasi, pedagogik va ilmiy

  • kadrlar attestatsiyasi tartiblarini belgilash;

  • boshqa davlatlar ta`lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasi hududida ta`lim ko’rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;

  • qonunchilikka mos ravishda xorijiy davlatlarning ta`lim haqidagi hujjatlarini tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli kanligini o‘rnatish;

  • davlat ta`limstandartlarini belgilash;

  • davlat namunasidagi ta`lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini belgilash;

  • ta`lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash;

  • davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash;

  • ta`lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta`lim muassasasidan

  • boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash;

  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar.

Maktabgacha ta`lim tizimi. Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bulgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayorlab boradi.
6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishgatayorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bolalar maktabgacha muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha ta`lim umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lganbolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazoratini, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.

Yüklə 149,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin