O’zbekistonda turizmni rivojlantirish tarixiga nazar


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 288,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix09.05.2023
ölçüsü288,22 Kb.
#110328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
999-1007

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-999-1007 
Google Scholar 
 Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 1000  www.ares.uz 
mumkin. Agarda davlat kasbiy tayyogarlik masalalari, tabiiy va madaniy muhitni 
muhofaza etish, axborot-reklama ishlari va rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar 
bilan shug„ullanmasa, u holda turizm kutilganidek rivojlanish darajasiga erisha 
olmaydi. Bunda davlat tomonidan turizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar bozorini 
shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va richaglarini qayta isloh etish, 
turizmni tashkiliy boshqaruv strukturalarini takomillashtirish, uning eksport 
salohiyatini oshirish va eng asosiysi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabilarga 
tegishli uslubiy va amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O„zbekistonda turizm infratuzilmasiga Sobiq Ittifoq davridanoq asos qo„yilgan 
edi. Biroq, bu sohadan keladigan daromadlarning qayta taqsimlanish muammosi 
odatdagidek markaz tomonidan hal etilar edi. 1985-89 yillarda O„zbekistondagi ichki 
va hududiy turizmning xajmi 1,4-1,6 mln kishini, bunda chet ellik turistlarning 
miqdori atiga 130-180 ming kishini tashkil etardi xolos. Bu vaqtga kelib, ya‟ni 1985 
yilda Turkiyada 1,5 mln, 1992 yilda esa 7 mln, 2003 yilda esa 11 mln atrofida xorijiy 
turistlar tashrif buyurishdi. 1981 yilda Vengriya 14,2 mln turistlarni qabul qilgan 
bo„lsa, 1991 yilga kelib bu miqdor 19,1 mlnga yetdi. 1992 yilda O„zbekistonning 
turistik sohasi chet ellik turistlarga faqatgina 27 ta, 2003 yilda esa 50 dan ortiq xizmat 
turini taklif etdi. Turkiya, Italiya va Ispaniya kabi mamlakatlarda esa bu ko„rsatkich 
250-400ni tashkil etadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so„ng 
Prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan turizmni rivojlantirish ustuvor 
masalaga aylandi. Umuman olganda, O„zbekiston Respublikasida turizm 
infratuzilmasini rivojlanishini beshta bosqichga bo„lish mumkin.  

Yüklə 288,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin