O’zbekistonda yoshlar bandligini ta’minlashda muammo va yechimlar abduraxmonov Aziz Jo'mart o'g'li



Yüklə 67,93 Kb.
səhifə1/2
tarix24.10.2023
ölçüsü67,93 Kb.
#160481
  1   2
Abduraxmonov Aziz Jo\'mart o\'g\'li


O’ZBEKISTONDA YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASHDA MUAMMO VA YECHIMLAR
Abduraxmonov Aziz Jo'mart o'g'li
Jizzax viloyati Zafarobod tumani
Nurafshon mahallasi yoshlar yetakchisi
ANNOTATSIYA: Maqolada iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida aholi ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga xos xususiyatlar, kasb-malaka guruhlari bo‘yicha taqsimlanishdagi qonuniyatlar Ishsizlik holatini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar kambag‘al va ishsiz fuqorolarni tadbirkorlikga jalb qilish,ularni kasb-hunarga o‘qitish holatlari o‘rganib chiqilgan va yoritilgan. Shuning uchun bugungi kunda yoshlarni bandligini taminlash maqsadida mamlakatimiz bir necha investitrison loyihalarni amalga oshirmoqda.
Kalit so’zlar:
Iqtisodiy taraqqiyot va inson salohiyatini rivojlantirishda aholini ish bilan bandligi muhim omil hisoblanadi. Aholini ish bilan bandligini ta’minlash uning takror ishlab chiqarilishi uchun zarur shartdir. Chunki kishilarning turmush darajasi, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun kadrlar tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasin oshirish, ishga joylashtirish, ishsizlarni moddiy va psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun qilinadigan sarflar aholini ish bilan ta’minlanishiga bog‘liqdir. Shuning uchun aholini ish bilan bandligini ta’minlashning ijtimoiy- iqtisodiy va tashkiliy jihatlarini tadqiq etish bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida alohida ahamiyatga egadir.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, mehnat bozorida ishsizlarning 90%ga yaqini munosib ishga joylashishga ko‘maklashish yuzasidan muhtojlik sezmoqda. Munosib ish o‘rinlari - bu ishchilarga qiziqarli va qo‘lidan keladigan ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan maqbul bo‘lgan ish o‘rinlaridir. Munosib ish joyiga ega bo‘lish uchun mehnat bozorida ishchi kuchi ancha raqobatbardosh bo‘lishi zarur. Ishlab chiqarishning yoki tashkilotda boshqarishning rasional tashkil etilishi va modernizasiyalashishi natijasida kadrlarning taqchilligi yuzaga kelmoqda. O‘z vaqtida ish joyini o‘zgartirish, qayta tayyorgarlik, bo‘sh ish joylariga qabulning to‘xtatilishi, kadrlarni ishdan bo‘shatishga ijtimoiy yo‘naltirilgan tanlab olishning amal qilishi, personalni qisqartirish yoki qabul qilishni rejalashtirish yo‘li bilan ichki mehnat bozorini tartibga solishni zarurat etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “2021 yil 1 yanvardan talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblar bo‘yicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimini joriy etish. Yoshlar forumidagi uchrashuvda yoshlar tadbirkorligi va bandligini ta’minlash uchun 100 million dollar ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildik. Bundan tashqari yoshlarning biznes loyihalarini kreditlagan xolda ularni kasb-hunarga o‘qitish uchun 1 trillion so‘m va 50 million dollar ajratiladi” deb ta’kidlab o‘tdi. [1]Bu esa o‘z navbatida innovasion rivojlanish davrida yoshlarga keng imkoniyatlar berilayotganligidan dalolat beradi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, amalga oshirilayotgan islohotlar insonni har tomonlama kamol topish maqsadlariga yo‘naltirilgan. Shunga ko‘ra, respublikamiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo‘lgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidan izchil rivojlanib bormoqda.
Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo‘lgan ishonchini tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.

Aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish shuningdek, yangi ish o‘rinlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rag‘batlantirish maqsadida yurtimizda muhim ijtimoiy islohotlar loyihlar olib borilmoqda.


Ish bilanbandlik kishilarning ish joylari qayerdaligidan qat’i nazar, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish yuzasidan o‘zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaridir. Ish bilan bandlik munosabatlari, mehnatga layoqatli kishilarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko‘rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichdir.
Aholining ish bilan bandlik toifasi faqat iqtisodiy komponentlar bilan cheklanmaydi. Ish bilan bandlik, avvalo, ijtimoiy munosabatlardir. Shu bois qandaydir azaliy, bevosita yuzaga kelgan hodisa sifatidagi ijtimoiylik uning asosiy hususiyati hisoblanadi.
Ish bilan bandlik ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida namoyon bo‘lar ekan, uni quyidagicha ta’riflash mumkin. Ish bilan bandlik - fuqarolarning qonun xujjatlari zid kelmaydigan o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq, ularga ish haqi yoki mennat daromadi keltiradigan faoliyatdir.
Iqtisodiyotning sifat jihatidan oldingisidan farq qiluvchi har bir rivojlanish bosqichi uchun ish bilan ta’minlashning muayyan modeli mos keladi, chunki uning asosiy xususiyatlari jamiyat faoliyatining muhim jarayonlarini ochib beradi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, jamiyat muammolari ichida insonning shaxsi va talab-ehtiyojlarini hisobga olmasdan hal qilishga urinish omadsizlikka mahkum yetadi. Shuning uchun avvallari olimlar ish bilan bandlik muammolarini ko‘rib chiqayotganlarida asosan, uning iqtisodiy jihatlariga e’tibor bergan bo‘lsalar, keyingi paytda ish bilan bandlikning ijtimoiy jihatlari to‘g‘risida tobora ko‘prok gapirilayotganligi bejiz emas.
Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning mehnat huquqlarini xalqaro huquq prinsiplari va normalariga muvofiq taʼminlashga qaratilgan normativ-huquqiy baza yaratildi. Mamlakatimiz qoʻshilgan, bolalar mehnatiga va majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilmasligini nazarda tutuvchi xalqaro konvensiyalar talablari samarali bajarilmoqda. Umuman, bandlik masalasiga eʼtibor kuchaytirilmoqda.
Joriy yilning 9 oyida 48 ming ishsiz shaxsga ishsizlik nafaqasi tayinlanib,
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan 17,2 mlrd. soʻm toʻlab berilgan.
Aholining ijtimoiy-foydali faoliyatda qatnashish xususiyati bo‘yicha jins-yosh guruhlarini ijtimoiy-demografik guruhlari deb atash qabul qilingan. Aholining jins va yoshi bo‘yicha ish bilan bandlik xususiyatlarini hisobga olish maqsadida aholining quyidagi ijtimoiy-demografik guruhlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: erkaklar, ayollar, yoshlar (16-29 yoshgacha bo‘lgan mehnatda faol aholi) o‘rta yoshli kishilar (30-49 yosh), pensiyaga chiqish arafasidagi kishilar (50 yoshdan oshgan mehnatga qobiliyatli aholi), pensiya yoshidagi kishilar va boshqalar.
Respublikamizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar hamda korxonalar daromadlari yo‘qotishlarini qoplash, faoliyat yuritishini hamda ish o‘rinlarini saqlab qolishni rag‘batlantirish maqsadida turli imtiyozlar joriy etildi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tadbirkorlik subektlariga mol- mulk solig‘i, ye r solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash bo‘ycha kechiktirish imkoniyati taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasida ishsizlik darajasi, (foizda)

Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining aynan ishsizlik muammosini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlari bu borada qator ijobiy natijalar bermoqda. Ayniqsa, ishsiz yoshlarni ish o‘rinlari bilan ta’minlashga yunaltirilgan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Xususan, “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi yurtboshimiz topshirig‘iga asosan hokimliklar, sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida 2020-yilning
I-choragi natijalariga ko‘ra, respublika bo‘ylab jami 25 mingdan ziyod gektar yer maydonlari yoshlarga ajratildi. Jumladan, 1277 ga. sabzavot, 1787 ga poliz, 10296 ga dukkakli ekinlar, 7727 ga boshoqli don ekinlari va 391 ga kartoshka ekish uchun, 3 866 ga esa bog‘ yaratish uchun ajratib berildi.
Respublikamizda vaqtincha ishsizlik mavjudligi sabablaridan biri – ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikdir. Ya’ni ish bilan band bo‘lmagan aholining katta qismi malakasiz xodimlar va mehnat bozoriga birinchi marta chiqayotgan yoshlarni tashkil etmoqda. Aksincha, iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori malakaga va ish tajribasiga ega bo‘lgan kadrlarga talab ortib bormoqda.
2020- yil 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror ham aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadiPrezidentimiz qaroriga asosan, ushbu loyihalar ijrosini ta’minlash uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 2020-yil uchun ajratiladigan mablag‘larga qo‘shimcha ravishda 150 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Yüklə 67,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin