O’zbekistonda yoshlar ishsizlikni kamaytirish yo'llar


rаsm. Ishsizlik maqomi mezonlari



Yüklə 296,5 Kb.
səhifə4/20
tarix02.01.2022
ölçüsü296,5 Kb.
#44900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
yoshlar ishsizlikni kamaytirish yo'llar bmi

rаsm. Ishsizlik maqomi mezonlari
1. Ular ish bilan bandlik xizmati idoralarida ish qidiruvchi sifatida ro’yxatga olinishlari darkor. O’zbekiston sharoitida ko’plab kishilar haqiqatan ham ana shunday ishsizlik maqomidan foydalanmaydilar.

2. Ishsiz deb hisoblanish uchun odam faollik bilan ish qidirishi (odatda, ish bilan bandlik xizmatiga murojaat qilishdan oldin bir-to’rt hafta ilgari) kerak bo’ladi. Bizning real voqeligimizda — buni ish bilan bandlik xizmati mintaqa markazlarining xodimlari qayd qilganlar — shunday mintaqalar ham borki, ishsizlik bo’yicha beriladigan nafaqa ishlab turgan korxonalardagi o’rtacha ish haqidan yuqoridir, bu ayniqsa, ishlamay turgan korxonalar uchun xos bo’lib, vijdonsiz ishsizlar faollik bilan ish qidirmaydilar, faqat uni izlayotgan hisoblanadilar, ular ko’pincha qayd qilinmagan daromadlarga ham egadirlar.

3. Ishsizlar maqomi va ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqi faqat ilgari ishlagan kishilarga beriladi. Odatda, da`vogar avvalgi 12 oydan qonunda qayd qilingan uch oy mobaynida ishga ega bo’lishi lozim. Bu shart ijtimoiy jihatdan o’zini to’liq oqlagan bo’lishi mumkin emas, chunki kimki to’rt oy mobaynida noto’liq ish kuni ishlagan bo’lsa, ishsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqiga ega bo’ladi, kimki ikki oy mobaynida to’liq ish kuni ishlagan bo’lsa, u nafaqa olish huquqiga ega bo’lmaydi. Ko’pgina g’arb mamlakatlarida bu shart ishsizlik bo’yicha nafaqa oluvchilar sonini kamaytirishga kuchli ta`sir qildi.

4. Ishsizlik ixtiyoriy ravishda boshlanmasligi lozim. Bu hol odamlarga o’zini mas`uliyatsiz tutishga, alohida sabablarsiz bo’shashga yo’l qo’ymaydi, deb hisoblanadi. Biroq, ishdan o’z ixtiyori bilan ketish va ishdan bo’shash o’rtasidagi chegara hamisha ham aniq emas, chunki odamlarning bir qismi korxonadan majburan ketishi qayd etilishini istamaydi.

5. Ishsiz odam o’zi uchun ish bilan bandlik xizmati «mos keladi» deb hisoblagan ishga joylashish taklifini rad qilmasligi lozim. «Mos keluvchi ish» mezonlarining ob`ektivligi haqida masala vujudga keladi.

6. Ishsizlar boshqa daromad manbalariga ega bo’lmasligi kerak.

7. Ishsiz odam muayyan oylar mobaynida ishsizlik bo’yicha nafaqa olib turadi, shundan keyin nafaqaning miqdori kamaytiriladi yoki uni to’lash mutlaqo to’xtatiladi.

Ishsizlik darajasi —mehnat bozorining hozirgi paytdagi ahvoli haqida va unda muayyan vaqt mobaynida ro’y bergan o’zgarishlar to’g’risida tasavvur beradigan asosiy ko’rsatkichdir. Davrning boshi (yoki oxiri) dagi ahvolga ko’ra tegishli sanada ishsizlik maqomiga ega bo’lgan kishilar sonining (It) ana shu sanadagi iqtisodiy faol aholi soniga Fat nisbati sifatida aniqlanadi.



Yüklə 296,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin