O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati asoslari



Yüklə 311,31 Kb.
səhifə47/103
tarix02.01.2022
ölçüsü311,31 Kb.
#38035
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
1O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi Fuqarolik jamiyati 77

Saylov haqida ma’lumot bering.

Saylov xalq hokimiyatchiligining timsoli bo‘lib, eng avvalo o‘zida jamiyat a’zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga oshirilayotgan islohotlarda saylovlarning o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir2.

Erkin saylovlarni o‘tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy tamoyillarga og‘ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning e’tiroficha, «demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani». Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‘ladi.

Saylovlar kishilik jamiyatining bir necha asrlik tarixiy rivojlanish mahsuli bo‘lib, davlat va jamiyatning takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadida paydo bo‘lgan institutdir. Hozirgi davrga kelib, dunyoning aksariyat mamalakatlarida davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini boshqarish organlarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan demokratik saylovlar siyosiy tizimining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib bo‘ldi. Turli mamlakatlardagi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini ularda o‘tkaziladigan saylovlarga, saylovlardagi aholining ishtirokiga, saylovlarning saviyasiga ko‘ra belgilanadi3. Bundan tashqari mamlakatdagi tinchlik, barqarorlik xukm surishi va shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligining ta’minlanishidemokratik saylov tamoyillari-ning qay darajada ro‘yobga chiqi-shiga ham bevosita bog‘liqdir.

Erkin saylov huquqining amalga oshirilishi, erkin hamda chinakamiga ifoda etiladigan xalq irodasi hokimiyat va har qanday hukumat qonuniyligining asosi ekanligi va har bir shaxsning o‘z davlatini boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillari orqali qatnashish huquqi ko‘pgina xalqaro hujjatlarda alohida ta’kidlangan. Fuqarolarning bevosita saylov jarayonida, o‘zlari erkin saylaydigan vakillari orqali mamlakatni boshqarishda qatnashish huquqining amalga oshirilishi uchun yaratilgan imkoniyatga qarab, u yoki bu davlat qay darajada demokratik tamoyillar asosida yashayotganligiga baho berish mumkin.

O‘zbekiston xalqi demokratik taraqqiyoti huquqiy davlat qurish orqali fuqarolik jamiyatini barpo qlishni ko‘zlaydi. Bu xususda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shunday degan edi: “Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklarini to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. YA’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi”4. Buning uchun, eng avvalo, kishilarning siyosiy faolligini yuksak darajaga ko‘tarishga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Fuqarolarning siyosiy-ijtimoiy jihatdan etukligi uning davlat hayotida faol ishtirok etishi bilan belgilanishi shubhasiz.

Demokratiyaning ushbu eng muhim tamoyilini hayotga tatbiq etish, fuqarolarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‘z qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, huquqiy asos yaratib berilishi lozim. O‘zbekistonda bularning barchasi yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida saylovlarga doir umume’tirof etilgan demokratik xalqaro tamoyil va qoidalar mustahkamlab qo‘yilgan.

Umumxalq saylovlari orqali davlat hokimiyat vakillik organlarini shakllantirish demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Demokratik davlatlarda saylovlar muhim ahamiyatga ega ekanligi shundaki, ular mamlakat parlamenti qanday siyosiy kuchlardan tashkil topishini aniqlab beradi. Saylovlar mamlakat aholisining kayfiyati va kimni afzal bilishini namoyon etuvchi ko‘rsatkich sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi.



  1. Yüklə 311,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin