Jamoatchilik nazoratining o’ziga xos xususiyatlarini yozing.
Hozirgi kunda matbuotda va ilmiy adabiyotlarda “jamoatchilik nazorati”, “ijtimoiy nazorat”, “fuqarolik nazorati” kabi atamalar ishlatilmoqda. Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur atamalar ko‘pincha sinonim sifatida va ba’zan noo‘rin qo‘llanilmoqda.
“Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari bir-biriga juda yaqinday tuyuladi. Aslida ular o‘rtasida umumiyliklar bilan bir qatorda jiddiy tafovutlar ham mavjud. Ular o‘rtasidagi tafovutlar avvalo shundan iboratki,harbiy yuristlarning fikriga ko‘ra, fuqarolik nazorati armiya faoliyati ustidan jamoat tashkilotlari olib borayotgan nazoratni anglatadi.
Fuqarolik nazoratini hech bir jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lmagan fuqaro ham amalga oshirishi mumkin. Jamoatchilik nazoratini esa alohida fuqarolar emas, jamoat birlashmalari va ularning vakillari amalga oshiradi.
“Jamoatchilik nazorati” va “ijtimoiy nazorat” tushunchalari o‘rtasidagi tafovut avvalo, shundaki, “ijtimoiy nazorat” tushunchasi mazmun doirasiga ko‘ra “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan kengroq. Bu tushuncha tarkibiga “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan tashqari davlat nazorati va fuqarolik nazorati ham kiradi. CHunki ular ham mohiyatan ijtimoiy nazoratning ko‘rinishlaridir.
Jamoatchilik nazoratining asosiy xususiyatlarini qamrab oladigan quyidagicha ta’rifdan foydalanish o‘rinliroq bo‘ladi: “Jamoatchilik nazorati ― jamoat birlashmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va baholash bo‘yicha yuritadigan faoliyat”.
Dostları ilə paylaş: |