O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati asoslari


Fuqarolik jamiyatining asosiy me’zonlari to’g’risida ma’lumot bering



Yüklə 311,31 Kb.
səhifə63/103
tarix02.01.2022
ölçüsü311,31 Kb.
#38035
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103
1O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi Fuqarolik jamiyati 77

Fuqarolik jamiyatining asosiy me’zonlari to’g’risida ma’lumot bering.

Fuqarolik jamiyatining asosiy mezonlaridan biri bu fuqarolarning yuksak darajada ong va madaniyatga ega bo‘lishliklari hisoblanadi. SHu nuqtai-nazardan qaraganda, fuqarolik jamiyatida faol, tashabbuskor, g‘ayratli, faqat yaratuvchanlik, ijodkorlik ruhi va kayfiyati bilan yashovchi shaxslarga e’tibor va ehtiyoj katta bo‘ladi. Bunday yuksak intellektual salohiyat tafakkur erkinligining qay darajada shakllanishi bilan uzviy bog‘liq. Jamiyatning inson uchun yaratgan real iqtisodiy qulayliklari va imkoniyatlari, yuridik haq-huquqlari, qaror topgan axloqiy va ma’naviy muhit uning tafakkuri erkin, ilg‘or va yuksak ideallarni ko‘zlashi bilan uyg‘unlashmog‘i lozim. Olimlarimizning kuzatishicha, fuqarolarning ijtimoiy voqelikka yangicha, mustaqil va erkin tafakkur asosida yondashishi yuqori ko‘rsatkichga ega. Ayni paytda, psixolog va sotsiologlarning nuqtai nazaricha, yangi shakllanayotgan fuqarolik jamiyati rivoji ko‘p jihatdan shaxs ongi, xarakteri va dunyoqarashini korreksiyalab borishni talab etmoqda.



Hozirga kelib, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati, unga monand davlat boshqaruvi tizimini – demokratiyani qaror toptirish zarurati va mas’uliyati har bir fuqaroning yuksak ma’naviy salohiyatining, falsafiy tafakkur tarzini yanada shakllantirish vazifasini ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Darhaqiqat, odamzot o‘z oldida turgan vazifalarni hal etishdan oldin hamma narsani aql tarozisiga qo‘ymog‘i, o‘zi tashlaydigan amaliy qadamlarning ehtimoliy natijalarini avvaldan taxmin qilmog‘i, nazarda tutmog‘i lozim. Fuqarolik madaniyatini yuksaltirishda ta’lim beqiyos o‘rin tutadi. Bugungi kunda ham oldimizga qo‘ygan asosiy maqsad - fuqarolik jamiyatini barpo etish va uni takomillashtirish uchun Milliy dasturda ko‘zda tutilgan bilimli, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarashli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq insonlarni tarbiyalashga yanada muhim e’tibor qaratish va bu masalalar ta’lim islohotlarining bosh vazifasi deb qabul qilib, uni amalga oshirishdan iborat. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yaratilgan va amalga oshirilayotgan yangi ta’lim modeli aynan ana shu maqsadga erishish yo‘lida o‘zining yangicha ta’lim va tarbiyaviy jarayonini shakllantirib bormoqda. Farzandlarimiz to‘qqiz yillik o‘rta ta’limni tamomlab, o‘z xohish irodasi va intilishiga qarab ikki turdagi uch yillik o‘quv yurtlarida-akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’limni majburiy – ixtiyoriy davom ettirish imkoniyatlariga, bularni tugatganlar esa oliy o‘quv muassasalariga kirishda bir xil huquqlarga ega bo‘ldilar. Unutmasligimiz kerakki, ma’rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. Bizda qadimdan “Ma’rifatli inson” tushunchasi ancha keng ma’noni anglatadi. An’anaviy sharqona qarashga ko‘ra, ma’rifatlilik–faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma’naviyat va go‘zal ahloq degani hamdir. Xalqimiz bilimli, kamolotli inson deganida aynan shunday odamlarni ko‘z oldiga keltiradi. Shuning uchun xam Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning butun mohiyati milliy tariximiz va hayotimiz bilan bog‘lanib ketgan. Shu tariqa O‘zbekistonda bevosita o‘zimizga xos, o‘zimizga mos bo‘lgan takrorlanmas, buyuk tariximiz, an’analarimizga asoslangan va, shu bilan birga, hozirgi davr talablariga javob bera oladigan Kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi. Dasturimizning, modelimizning milliyligi ham aynan shulardan iboratdir.



  1. Yüklə 311,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin