O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati asoslari


Ijtimoiy sheriklik ishinchasini yoritib bering



Yüklə 311,31 Kb.
səhifə60/103
tarix02.01.2022
ölçüsü311,31 Kb.
#38035
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
1O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi Fuqarolik jamiyati 77

Ijtimoiy sheriklik ishinchasini yoritib bering

O`zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to`g`risida»gi Qonunida ijtimoiy sheriklikning sub’ektlari va maqsadlari quyidagicha ta’riflangan: «Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jami- yatining boshka institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan, tarmok, xududiy dasturlarni, shuningdek, normativ-xuquqiy xujjatlarni xamda Fuqarolarning xuquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bulgan boshka karorlarni ishlab chikish xamda amalga oshirish borasidagi xamkorligidir».

Ijtimoiy sheriklik jarayonida o‘zaro ta’sirning eng muhim belgilaridan biri konsensusga yo‘naltirilganlikdir. Bu belgi ijtimoiy sub’ektlarning maqsadlari va manfaatlarini mavqelarni o‘zaro yaqinlashtirish orqali ro‘yobga chiqarishni nazarda tutadi. Bu jarayon tomonlarning bosim o‘tkazishga moyilligini inkor qiladi. Tomonlardan birining bosim o‘tkazishga intilishi bir zumda ijtimoiy sheriklikni yo‘q qilib uni o‘zaro kurashga aylantiradi.

Ijtimoiy sheriklik turli mamlakatlarda umumiy xususiyatlar bilan bir qatorda milliy o‘ziga xosliklarga ham ega bo‘ladi. Ko‘pincha ijtimoiy sheriklik tushunchasi ijtimoiy ongda adekvat tarzda aks etmaydi. CHunki, ijtimoiy sheriklikni to‘la va chuqur tushunish uchun ijtimoiy fanlar, xususan, sotsiologiya, ijtimoiy falsafa, huquqshunoslik fanlari bo‘yicha muayyan bilimlarga ega bo‘lish taqozo etiladi. Ba’zan tashkilotlar ichidagi yoki tashkilotlar o‘rtasidagi har qanday hamkorlikni ijtimoiy sheriklikning ko‘rinishi sifatida qabul qilinadi. Aslida bu haqiqatga unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Bunday hamkorlik oddiy sheriklikning ko‘rinishidir. Ijtimoiy sheriklik, yuqorida ta’kidlanganiday, katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi sheriklikni anglatadi.

Hozirgi kunda ijtimoiy sheriklikning mohiyati ijtimoiy-siyosiy maydondagi kuchlar: davlat tuzilmalari, tijorat korxonalari va notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi konstruktiv aloqadorlik sifatida anglashiladi. Ijtimoiy fanlarda bu kuchlar 1-, 2- va 3-sektor nomlari bilan yuritiladi. Ijtimoiy sheriklik har uch sektor vakillari o‘rtasida hamkorlik paydo bo‘lganda va bu hamkorlik har uch guruh va jamiyat uchun manfaatli ekani anglashilganda vujudga keladi.



  1. Yüklə 311,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin