O’zbekistonning Dunyo Miqyosida tutgan mavqei



Yüklə 0,96 Mb.
tarix24.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#70206
O\'zbekistonning Dunyo Miqyosida Tutgan mavqei


O’zbekistonning Dunyo Miqyosida
tutgan mavqei
“Biz o’tgan yilda O’zbekistonda mamlakat yalpi ichki mahsulotining o’sish sur'ati 8,5 foizni tashkil qilganiga guvohmiz. Bu dunyo miqyosida yuqori ko’rsatkichlardan bo’lib, mamlakat iqtisodiyotinig turli sohalaridagi o’sish barqaror sur'atlarda davom etayotganini anglatadi”
O’zbekiston rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan sanoatni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, import o’rnini bosuvchi va eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar tayorlashda ichki resruslar hamda mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan imkon qadar ko’proq foydalanishni ko’zda tutadi. Mustaqillik yillarida mamlakat o’z taraqqiyot yo’lidan borib, ulkan natijalarga erishdi va tanlangan yo’lining to’g’ri ekanini isbotladi. O’zbekiston 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini muvaffaqiyatli yengib o’tgani buning yorqin tasdig’idir.
Malayziya Bosh vaziri departamenti huzuridagi Tashqi siyosatni ishlab chiqish guruhi maslahatchisi, MDH bo’yicha ekspert Redzuan Kushayri O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar jarayonini diqqat bilan kuzatib borishini hamda mamlakatning huquqiy va ijtimoiy-siyosiy sohalarda erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlariga guvoh bo’layotganini ta'kidladi. “O’zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish sari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar ulkan natijalar berishda davom etmoqda”, dedi u.
“Hozirgi paytda boshqa davlatlar, shu jumladan rivojlangan davlatlarning iqtisodiyotida yuzaga kelayotgan ko’plab muammolar O’zbekistonning erkin bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish borasida to’g’ri yo’l tanlaganini yana bir bor isbotlamoqda, taraqqiyotning “o’zbek modeli” dolzarb va samarador ekanini ko’rsatmoqda. Mamlakat o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan buyon hali ko’p vaqt o’tgani yo’q, biroq shunday qisqa fursatda barcha sohalarda e'tirofga molik muvaffaqiyatlarga erishildi. Shu bois, ulkan yutuqlarning garovi bo’lgan, O’zbekiston rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan siyosatni alohida ta'kidlash joiz”, dedi R.Kushayri.
“Rivojlangan mamlakatlarda rivojlanish ko’rsatkichlar sezilarli darajada pasaygan bir davrda O’zbekiston erishayotgan ulkan iqtisodiy muvaffaqiyatlar, asosan, oqilona davlat boshqaruvining mevasidir, - deydi N.Borxan. - O’zbekistonning jahon iqtisodiyotidagi zamonaviy an'analar ta'siriga uchramaydigan puxta o’ylangan iqtisodiy siyosati, mamlakatda izchil olib borilayotgan islohotlar va barqaror taraqqiyot muvaffaqiyatining kafolati bo’ldi”.
Xususan, yurtimizda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar borasida erishgan muvaffaqiyatlariga urg’u berarkan, malayziyalik ekspert 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturining o’z vaqtida va samarali amalga oshirilgani mamlakat hayotining barcha sohalarida o’sish ko’rsatkichini ta'minlashga ko’mak bo’lganini alohida qayd etdi.
O’zbekistonning Osaka (Yaponiya) shahridagi faxriy konsuli Toshio Touraning fikricha, “aynan O’zbekiston rahbarining uzoqni ko’zlab ishlab chiqqan iqtisodiy strategiyasi tufayli mamlakat yana bir bor iqtisodiyotning barqaror o’sishini namoyish qildi”. U iqtisodiy o’sish va aholi real daromadlarining yuqori sur'atini, shuningdek, inflyatsiya darajsining past ekaniga alohida e'tibor qaratdi. T.Touraning ta'kidlashiga ko’ra, Prezident Islom Karimovning 2011 yilni “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e'lon qilish borasidagi tashabbusi o’z samarasini berishi shubhasiz, “Zero iqtisodiyotning ushbu tarmog’i har qanday davlat rivojining muhim omili sanaladi”.
 
“Prezident Islom Karimov nafaqat O’zbekistonda, balki global iqtisodiyotda sodir bo’layotgan iqtisodiy jarayonlarni chuqur va atroflicha tahlil qilgan, - dedi Hindiston-MDH savdo-sanoat palatasi bosh kotibi Anil Matxur O’zbekiston Prezidentining mamlakat Vazirlar Mahkamasida qilgan ma'ruzasi yuzasidan fikr bildirar ekan - Men Prezident Islom Karimovning “2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi global iqtisodiyotga va iqtisodiy jarayonlarga salbiy ta'sir o’tkazishda davom etmoqda”, degan fikriga to’la qo’shilaman. Biroq shuni mamnuniyat bilan qayd etmoqchimanki, O’zbekiston bunday murakkab sharoitda ishonchli va barqaror iqtisodiy o’sishni namoyish etmoqda, bu esa, mamlakatni rivojlantirishning iqtisodiy modeli to’g’ri ekanini isbotlaydi.
Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin