O’zbekistоnning eng yangi tаriхi


Oʻzbekiston-Malayziya munosabatlari



Yüklə 363,05 Kb.
səhifə72/91
tarix07.04.2023
ölçüsü363,05 Kb.
#94255
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91
4 Тарихи Маъруза матни Бир бетга иккита

Oʻzbekiston-Malayziya munosabatlari. 2016-yilning mart oyiga qadar boʻlgan davr oraligʻida 557 nafar oʻzbek mutaxassislari MTHD seminarlarda ta’lim olishdi. Ikki davlat ilm-fan va madaniyat jamoatchiligi oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida 1998-yil Toshkentda “Oʻzbekiston-Malayziya” Doʻstlik jamiyati tashkil etildi. 2015-yil 23-27-aprel kunlari, madaniyat va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish doirasida Malayziya Madaniyat va turizm vaziri Dato Seri Mohammed Nazri bin Abdul Aziz O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston-Birlashgan Arab Amirliklari munosabatlari. 2018-yil 5-dekabr kuni Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 1-davrasi o‘tkazildi. Ikkitomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo doirasida imzolangan 20 ta extratsiya, jinoit ishlarda yordam, havo qatnovi, savdo-iqtisodiy hamkorlik, ikkitomonlama daromad solig‘idan qichish, fan va nexnika va boshqa sohalardagi hamkorlikni qamrab oluvchi hujjat tashkil etadi. 2018-yilning 11 oyi davomida ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmi $123,8 mln. dollarga yetdi. Bunda eksport - $52,2 mln. doll., import $71,6 mln. dollarni tashkil qildi. Eksportning asosini paxta tolasi, xizmatlar, ipak, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashkil etadi. Import –mexanik va elektrik jihozlar, mebel, oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari, kiyim-kechak va sport jihozlari. Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida Amirliklar sarmoyalari ishtirokida 92 ta korxona tuzilgan bo‘lib, ulardan 36 tasi 100% Amirliklar kapitali asosida tashkil qilingan. 2018-yilning yanvar va oktabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegasiyaning BAAga tashrifi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Amirliklar muzokaralarida savdo-iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. BAA Savdo-sanoat palatasi rahbari o‘rinbosari I.al-Mahmud boshchiligidagi delegasiyaning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida, 2018-yil 3-oktabrda Toshkentda O‘zbekiston-Amirliklar ishbilarmonlari ishtirokida biznes forum o‘tkazildi.

Yüklə 363,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin