O’zbekistоnning eng yangi tаriхi



Yüklə 363,05 Kb.
səhifə63/91
tarix07.04.2023
ölçüsü363,05 Kb.
#94255
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91
4 Тарихи Маъруза матни Бир бетга иккита

Internet sаytlаri:
1.www.ziyonet.uz.
2.www.edu.uz.
3.www.google.uz.
4. www.gov.uz.


12-MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAOL TASHQI SIYOSATINING YANGI BOSQICHI.


REJA
1.O‘zbekiston Respublikasining MDH davlatlari bilan hamkorlik aloqalari.
2.O’zbekistonning tаshqi siyosаtidа Mаrkаziy Osiyo – bosh ustuvor yo’nаlish.
3.O‘zbekiston Respublikasining Amerika va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi.
4.O‘zbekiston Respublikasining Osiyo-tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan hamkorligi.


1. O‘zbekiston Respublikasining MDH davlatlari bilan hamkorlik aloqalari.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish.


Tashqi siyosatimizning prinsipial pozitsiyasi hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, boshqa davlatlarning harbiy bazalari va obyektlarini O‘zbekiston hududida joylashishiga yo‘l qo‘ymaslik, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz hududidan tashqaridagi tinchlikparvar operatsiyalarida ishtirok etmasligi, barcha ziddiyat va mojarolarni faqat siyosiy yo‘l bilan hal qilishga sodiq qolish bilan izohlanadi. O‘zbekiston hech qanday bloklarga a’zo bo‘lmasdan turib muloqot uchun ochiq va barcha sheriklari bilan tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor. Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
- mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyat va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;
- Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish;
- jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko‘p qirrali tizimini shakllantirish;
- O‘zbekistonning mintaqa va jahon siyosatidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tashabbuslarini ilgari surish;
- mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish borasida ko‘maklashish;
- milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda faol ko‘mak berish;
- mamlakatimizga turistlarni jalb qilish hamda turistik infratuzilmani rivojlantirish borasida amaliy yordam ko‘rsatish;
- transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishda hamda xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistik infratuzilmalarni rivojlanishiga ko‘maklashish;
- xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash;
- xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash.

Yüklə 363,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin