O`zbekistonning eng yangi tarixi faindan savollarga javoblar Topshiriqlar


O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi



Yüklə 71,71 Kb.
səhifə2/5
tarix21.10.2023
ölçüsü71,71 Kb.
#158589
1   2   3   4   5
2-tarix amaliy)

2.O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi
Fuqarolik jamiyati kelib chiqishi va uning shakllanish asoslari Fuqarolik jamiyati tushunchasi antik davrdan g‘arb ma’rifatchilarigacha bo‘lgan uzoq davr mobaynida turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lgan. 
Zamonaviy talqinda esa bu kategoriya ilk bor XVIII asr boshlarida yevropalik faylasuflar asarlarida ko‘zga tashlanadi. O‘sha davrda bu tushuncha fuqarolar 
o‘rtasida vujudga keladigan va ijtimoiy zararli bo‘lgan ijtimoiy mojarolarni qoidalar vositasida bartaraf etish maqsadida shakllangan siyosiy birlashma sifatida tushunilgan. Qadimda bu konsepsiya fozil jamiyat tushunchasiga mos ravishda, davlatdan ajralmagan holda talqin etilgan. Aflotunga ko‘ra davlat adolatli jamiyat 
qurishni o‘z oldiga maqsad qilishi, odamlar esa jamiyat manfaatlari yo‘lida,oqillik, jasurlik, bosiqlik hamda adolat bilan, o‘zlariga topshirilgan vazifalarni puxtalik bilan bajarishlari kerak. Jamiyat haqida qayg‘urish “dono hukmdor”ning vazifasi sifatida belgilangan. 
Yevropa va keyinchalik Amerika singari yirik mintaqalar miqyosida fuqarolik jamiyati taraqqiyoti uch bosqichda amalga oshgan bo‘lib, ushbu bosqichlar almashinishi davrida davlat va jamiyat tuzilishida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan, ijtimoiy va siyosiy bo‘htonlar, ommaviy harakatlar, sinfiy to‘qnashuvlar, ijtimoiy mafkuralarning tubdan o‘zgarishi ro‘y bergan. Dastlabki bosqichda (taxminan XVI-VII asrlarda), fuqarolik jamiyatining iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy asoslari vujudga kelgan. Ularga sanoat va savdosotiqning rivojlanishi, ishlab chiqarish turlarining ixtisoslashuvi hamda chuqur mehnat taqsimoti, tovar-pul munosabatlarining rivoji asos bo‘lib xizmat qilgan. Shahar va shahar sinflarining ko‘magi yordamida G‘arbiy Yevropa mintaqasida zamonaviy davlatning belgilari (suverenitet, davlat g‘aznasi, professional boshqaruv apparati va h.k.)ga ega bo‘lgan markazlashgan milliy davlatchilik vujudga kelgan. Ijtimoiy mafkuradagi keskin burilish, san’at va 
madaniyatning jadallik bilan rivojlanishi, burjua axloqining keng tarqalishi, fuqarolik jamiyatini ijtimoiy-siyosiy ideal sifatida talqin etish ham ana shu davrga to‘g‘ri keladi. Bu davrdagi feodal notenglik va imtiyozlarga qarshi kurashuvchi mazlum qatlamlarga o‘rta sinf mulkdorlar yo‘lboshchilik qilgan. O‘rta asrlarning ikkinchi yarmida Angliyada ro‘y bergan sanoat inqilobining boshlanishini bir qator tarixchilar Yangi davrning ibtidosi sifatida talqin etadilar.
Sanoat inqilobi va shahardagi o‘zini o‘zi boshqarish tizimi fuqarolik jamiyati rivoji bilan chambarchas bog‘liq. G‘arbiy Yevropada o‘sha paytlarda shahar jamoasi a’zolarining barchasi teng huquqlilik asosida sudlov ishlari ta’minlangan, 
adolatsiz qamoqqa olishlar bekor qilingan, saylovlarda ovoz berish huquqi orqali shahar boshqaruviga saylanish imkoniyati, qurol taqib yurish huquqi, bir so‘z bilan aytganda, ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan fuqarolik huquqlari, deb atalgan barcha huquqlar kafolatlangan. Ilmiy adabiyotlarda zamonaviy fuqarolik jamiyatining ildizlari sifatida 
ko‘rsatilayotgan sharoitlar, jumladan sanoat va savdo-sotiqning rivoji, ishlab chiqarish turlarining ixtisoslashuvi va
chuqur mehnat taqsimoti, tovar-pul munosabatlarining rivoji, ko‘pgina jihatlari o‘rta asr jamiyatining aksi bo‘lgan 
shaharlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq. G‘arbiy Yevropada cherkov hukmronligidan mustaqil, markazlashgan davlatlarning shakllanishi ham shaharlarning rivojlanishiga borib taqaladi. Ko‘pgina mutafakkirlar fuqarolik 
jamiyatini aynan burjua jamiyati sifatida talqin etar ekan, shahar va shahar madaniyatini zamonaviy jamiyatga xos bo‘lgan qadriyatlarning asosi sifatida qaraydilar. Taxminan XVII asrning oxiridan XIX asrning yakuniga qadar bo‘lgan ikkinchi bosqichda eng rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati huquqiy jihatdan tenglik va xususiy tadbirkorlikka asoslangan dastlabki kapitalizm ko‘rinishida shakllandi. XX asrda fuqarolik jamiyatining uchinchi bosqichi, ya’ni uning ijtimoiylashuv davri boshlandi. Yevropa xalqlari antik polislardan tortib, feodalchilik orqali taraqqiyotning shunday pallasiga yetib keldilarki, bu davrda mustaqil, ammo o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida birlashishga qodir bo‘lgan kishilar jamoasi hamda fuqarolik jamiyatining boshqa zaruriy elementlari vujudga keldi. Buning natijasida 
fuqarolik jamiyatining tub mohiyati haqida tafakkur qilishga imkoniyat paydo bo‘ldi. Bu yangi vaziyat g‘arbda insonlarning siyosiy va iqtisodiy huquqlarini qonun doirasida tan olish asosiga qurilgan mafkura, ya’ni liberalizmda o‘z
ifodasini topdi. Shunday qilib, antik davrda berilgan turtki o‘rta asrlarga kelib g‘arbiy Yevropada qabul qilingan va o‘ziga xos o‘zgarishlarga asos bo‘lgan holda Yangi davrda ro‘y bergan burjua inqiloblari orqali, tom ma’nodagi hodisa sifatida, fuqarolik jamiyatining paydo bo‘lishiga olib keldi. Jahonda fuqarolik jamiyatining vujudga kelishi mustahkam
qoidalarga asoslangan sinfiy-feodal tizimni barbod qilgan hamda individning jamiyatdagi ahamiyatini 
yuksaltirgan kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Huquqiy jihatdan umumiy tenglik feodal tizimga xos sinfiy imtiyozlarning o‘rnini egallar ekan, shaxsning jamiyatdagi o‘rni yangi mazmunga ega bo‘ldi. O‘z ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qat’i nazar individ ijtimoiy hayotning teng huquqli ishtirokchisiga, davlatga
butunlay tobe bo‘lgan shaxsdan erkin fuqaroga aylandi.Bu davrning boshlanishi vakillik hokimiyati, ya’ni umumxalq 
nomidan ish ko‘ruvchi boshqaruv usuliga asos soldi. Buning uchun kishilarning tenglik asosida huquq va erkinliklarga egaligi qonunlar asosida tan olindi. Sinfiy notenglikning umumiy huquqiy tenglik bilan almashinishi shaxsning yangi mazmundagi ijtimoiy mavqeini belgilab berdi. Endi ijtimoiy va mulkiy holatidan qat’i nazar kishilar ijtimoiy munosabatlarda erkin va teng huquqli ishtirokchi sifatida tan olindilar. Xususiy mulk individni erkinlik bilan ta’minlagan eng muhim iqtisodiy omil bo‘lib, aynan shu omil fuqarolik ongining rivoj topishiga asos bo‘ldi. Jamiyatdagi huquqiy tenglik barchaning tom ma’noda iqtisodiy jihatdan tengligi emas, balki kishilardagi mavjud imkoniyatlarni tenglashtirishni anglatadi. Bu holatning o‘ziga xosligi shundaki, mulkiy imkoniyatlardan qat’i nazar huquqiy tenglik, ya’ni huquqiy jihatdan teng imkoniyatlarga ega bo‘lish kishilardagi ichki qobiliyatning namoyon bo‘lishiga imkon yaratdi. Fuqarolik jamiyatining paydo bo‘lishiga qadar aksariyat mamlakatlarda mutlaq monarxiya tizimlari amalda bo‘lgan. Davlat shaxs 
hayotini sinfiy tizim qoidalari asosida qattiq chegaralar edi. Davlat birgina monarx timsolida ba’zi sinflarga keng imtiyozlar bersa, boshqalarini barcha imkoniyatlardan mahrum qilardi. An’anaviy feodal jamiyatdan o‘z negizida burjua tizimini ifoda etgan fuqarolik jamiyatiga o‘tish, to‘laqonli huquq va erkinliklarga ega bo‘lgan mustaqil ijtimoiy 
va siyosiy subyekt sifatidagi fuqaroning paydo bo‘lganligini anglatar edi. O‘sha davrda davlatning bunday 
vaziyatga nisbatan munosabati ijobiy bo‘lganligini ta’kidlash qiyin, albatta. Dastlabki davrlarda fuqarolarning muxtor uyushmalari tomonidan shakllantirilgan, hokimiyatdan xoli bo‘lgan gorizontal ijtimoiy aloqalarning rivojlanishi markazlashgan davlat tomonidan jiddiy qarshilikka uchragan. Biroq, keyinchalik davlat fuqarolar tomonidan tashkil etilgan uyushmalar bilan nafaqat murosaga kelish, balki o‘z tuzilmalarini xalqning ehtiyojlariga moslash, boshqacha aytganda aholi bilan o‘z munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishga majbur bo‘ldi.
Ayni vaqtda barcha mamlakatlarda ham davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatlar huquqiy negizda tartibga solinganini ta’kidlash qiyin. Ba’zi hollarda siyosiy mavqe va hokimiyat vakolatlarining taqsimoti borasida vakillik organi sifatidagi parlament va qirol hokimiyati o‘rtasida ochiq to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Ochiq fuqarolik urushiga aylanib ketgan bunday to‘qnashuvlar millionlab kishilarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan. Bu kurash jamiyatda muvozanatlashgan siyosiy hokimiyat taqsimotini ta’minlashga qodir bo‘lgan barqaror va mo‘tadil boshqaruv tizimini yaratishga qaratilgan intilishlarning ifodasi edi. 


Yüklə 71,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin