O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Eng yangi tarix kitob

223 
3.
 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini 
oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar. 
O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda 
mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini 
takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan 
davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha 
tashabbuslarni ilgari surish ham Respublika Kengash (yuqorida qayd etilgan) oldidagi 
asosiy vazifa sifatida belgilab berildi. Shuningdek, Kengashning asosiy vazifalari 
qatorida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini 
tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning xalqaro reyting va 
indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini 
ta’minlash belgilangan. 
Binobarin, bundan buyon davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga 
solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari O‘zbekistonning 
xalqaro reyting va indekslardagi o‘rniga ta’siri nuqtayi nazaridan kompleks baholab 
boriladi. 
Kengash O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda 
mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ta’sirchan choralar ishlab chiqilishi va 
amalga oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishini 
nazorat qilib boradi. Farmonda belgilab berilgan vazifalar kengash ishchi organlari 
bo‘yicha taqsimlangan bo‘lib, bundan buyon mas’ul davlat organlari birinchi 
rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri etib 
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda 
mamlakatning o‘rnini yaxshilash belgilandi. Mutasaddi vazirlik va idoralar o‘zlari 
mas’ul bo‘lgan reyting va indekslarning e’lon qilinishi uchun e’lon qiluvchi 
tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan 
hamkorlik qilishi nazarda tutiladi. Bu jarayonda Jahon iqtisodiy forumining Global 
raqobatbardoshlik indeksida O‘zbekistonning o‘rnini aks ettirish bo‘yicha 
chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Dunyoning nufuzli reyting agentliklari e’lon qilib 
borayotgan mazkur reyting ko‘rsatkichlari ushbu ro‘yxatda ishtirok etayotgan 
mamlakatlarning xalqaro maydondagi obro‘sini ham belgilab beradi. Unda yuqori 
o‘rinlarni olgan mamlakatlarga investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalar, yangi g‘oyalar 
ham oqib kelishi barchaga ma’lum. 
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash 
bo‘yicha tashkil etilgan Respublika Kengashi Parlament nazorati ostida bo‘ladi. Senat 
raisi Kengashga rahbarlik qiladi. Bundan tashqari Kengash ishchi organlari sifatida 
Moliya va Adliya vazirligi belgilangan. Ular mos ravishda ijtimoiy- iqtisodiy va 
siyosiy-huquqiy reytinglar bo‘yicha ish olib borishadi. Shuningdek, “O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro reytinglarda” yagona portali ham ishga tushirildi. Kengash 
ishchi 
organlari Axborot 
texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining 
uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilandi. 
Farmon bilan shuningdek, O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting 


224 
va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) tasdiqlandi. 
Shu bilan birga, mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni 
kengash ishchi organlariga zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim 
etadi. Bundan tashqari, farmonga muvofiq, Adliya vazirligi markaziy apparati 
tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan 
soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida 6 ta shtat birligidan iborat Xalqaro 
reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi. 
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining 
asosiy vazifasi ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning 
o‘rnini quyidagilar orqali yaxshilashdan iborat: 
1.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot 
darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub 
o‘zgarishlarni hisobga olish, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning 
samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish; 
2.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni 
demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi 
sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish; 
3.
Davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan 
NHH va ularning loyihalarini mamlakatimizning o‘rniga ta’siri nuqtayi nazaridan 
kompleks baholab borish. Ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha 
mamlakatimizning o‘rnini yaxshilash - mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlarining 
faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri bo‘lib, u bo‘yicha eng 
muhim ko‘rsatkichlar (KPI) belgilandi. 
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar 
bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘satkichlari quyigilardan iborat: 
Tt/r Toifalar nomlanishi Joriy holat 2020-yil 
2022-yil 
2030-yil 
Suveren kredit reytinglar (Sovereign Credit Ratings) 
11 Fitch Ratings «BB-» 
(barqaror) «BB-» 
(barqaror) «BB» 
(barqaror) «BBB-» (ijobiy) 
12 S&P Global Ratings «BB-» 
(barqaror) «BB-» 
(barqaror) «BB» 
(barqaror) «BBB-» 
(i
J
obi
y
)
2
“Biznes yuritish” indeksi (Doing Business Index) 69,90 
(69-o‘rin) 
72,43 77,08 89,36 
21
Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (Starting a Business) 96,2 96,2 
97.2
97,45 
22
Qurilish uchun ruxsatnomalar olish (Dealing with Construction 


225 
Permits) 
61,7 64,7 70,7 88,2 
23
Elektr ta’minoti tizimiga ulanish (Getting Electricity) 86,9 88,4 
91.4
97,4 
24
Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish (Registering Property) 
67,9 70,9 
76.9
91,9 
25
Kredit olish (Getting Credit) 65 
70 
75 
90 
26
Minoritar investorlarni himoya qilish (Protecting Minority Investors) 
70 
72 
76 
90 
27
Soliqlar to‘lovi (Paying Taxes) 77,5 79 
82 
91 
28
Xalqaro savdo (Trading across Borders) 
58,2 61,2 67,2 88,2 
29
Kontraktlar ijrosini ta’minlash (Enforcing Contracts) 
71,9 74,4 
78.9
85,9 
210 To‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilish (Resolving Insolvency) 43,5 
47.5
55,5 74,5 
3
Boshqaruvsifati indikatorlari (Worldwide Governance Indicators) 
31
Siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik / terrorizmning mavjud emasligi 
(Political Stabilityand Absence of Violence / Terrorism) 44,3 (136-o‘rin) 46,3 
50.3
66,3 
32
Hukumat samaradorligi (Government Effectiveness) 39,1 
(139- 
o‘rin) 41,1 45,1 61,1 
33
Tartibga solish sifati (Regulatory Quality) 27,9 (184-o‘rin) 
31,9 
39.9
71,9 
34
Aholini fikrini inobatga olish va hisobdorlik (Voice and 
Accountability) 
17,7 (182-o‘rin) 21,3 28,5 57,3 
35
Huquq ustuvorligi (Rule of Law) 28,5 (191-o‘rin) 
31,5 37,5 
61.5 
36
Korruptsiyani tiyib turish (Control of Corruption) 28,6 (183-o‘rin) 31 
39 
71,6 
4
Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi (E-Government Survey) 
41
Elektron 
hukumatni rivojlantirish indeksi 
(E-Govemment 
Development Index) 
0,62 (81-o‘rin) 
0,66 0,70 0,86 
42
Telekommunikatsiya infratuzilmasi 
indeksi (Telecommunication 
Infrastructure Index) 0,33 0,40 0,47 0,75 
43
Inson kapitali indeksi (Human Capital Index) 0,74 0,76 0,78 
0,
86 
44
Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksi (Online Service Index) 0,79 0,82 0,85 
0,97 
45
Elektron ishtirok etish indeksi (E-ParticipationIndex) 
0,76 
(59- 
o‘rin) 0,78 0,80 0,88 
5
“Korruptsiyani qabul qilish” indeksi (Corruption Perception Index) 25 
(158-o‘rin) 27 
31 
65 
6
“Logistika samaradorligi” indeksi (Logistics Performance Index) 
51,55 (99-o‘rin) 56, 4461, 2880,61 


226 
61
Bojxona 42,07 48,07 54,07 
78,07 
62
Infratuzilma 51,40 56,40 61,40 81,40 
63
Xalqaro jo‘natmalar 48,47 
53,47 58,47 78,47 
64
Logistika xizmatlarining sifati 51,75 55,75 59,75 75,75 
65
Yuklarni kuzatib borish imkoniyati 54,18 59,18 64,18 84,18 
66
Yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berish imkoniyati 61,80 65,80 69,80 
85,80 
7
Jahon bankining Statistik 
salohiyat indeksi (Statistical Capacity 
Indicators of the World Bank) 64,4 67,8 74,4 100,0 
8
Iqtisodiy erkinlik indeksi (Economic Freedom Index) 57,2 
(114- 
o‘rin) 57,2 63,6 82,3 
81
Huquq ustuvorligi Mulkchilik huquqi 59,1 59,1 63,8 82,8 
Sud faoliyati samaradorligi 34,20 34,20 43,02 78,30 Davlatning 
yaxlitligi 
28,20 28,20 34,20 58,20 
82
Davlat aralashuvi darajasi 
Soliq yuki 91,60 91,60 92,42 95,70 
Davlat xarajatlari 74,70 74,70 77,64 89,40 
Fiskal salomatlik 98,90 98,90 98,80 99,50 
83
Tartibga solish samaradorligi Biznes erkinligi 72,60 72,60 76,98 
94,50 
Mehnat bozori erkinligi 59,90 59,90 64,06 80,70 
Monetar erkinlik 59,90 59,90 63,00 75,40 
84
Bozorlarning ochiqligi Savdo erkinligi 67,60 67,60 68,80 73,60 
Investitsiyalar erkinligi 20,00 20,00 40,00 80,00 
Moliyaviy erkinlik 20,0020,00 40,00 80,00 
9
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) mamlakatlarga 
xos xatarlarni tasniflash tizimi (OECD Country risk classification) 5-guruh 
10.
Inson kamoloti indeksi (Human Development Index) 0,71 
(108- 
o‘rin) 0,72 0,74 0,82


227 
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va 
indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarini 
tizimli rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilayotganiga uzoq vaqt 
o‘tmagan bo‘lsada, ayrim sohalarda oldinga siljishlar kuzatildi. Jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning 
ta’kidlashicha: “Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning 
sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati 
tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida 
ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida qo‘llanib kelinadi. 
Masalan, yaqinda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining (YuNIDO) 
“Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo‘yicha hisoboti chop etildi. Unda 
mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-o‘rinni, MDHga 
a’zo davlatlar orasida 5 o‘rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2 o‘rinni 
egallagan (2020-yil holatiga). Shuningdek, iqtisodiyotda davlatning rolini 
kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sish istiqbollarini 
yaxshilashga qaratilgan bosqichma- bosqich islohotlar 2020-yilda Jahon bankining 
“Biznes yuritish” indeksida 76- o‘rindan 69-o‘ringa ko‘tarilishimizga, “Transparency 
International”ning
10.1 
0,90 
10.2 
10.3
11. 
(94-o‘rin) 
11.1 
11.2 
11.3 
11.4 
11.5 
11.6 
11.7 
11.3
12. 
(157-o‘rin) 
12.1 
12.2 
12.3 
12.4 
12.3
13. 
o‘rin) 47 
Kutilayotgan o‘rtacha umr davomiyligi indeksi 0,79 0,80 0,82 
Ta’lim indeksi 
0,72 0,73 0,75 0,83 
Daromad indeksi 
0,63 0,64 0,66 0,74 
Huquq ustuvorligi indeksi (Rule of law, World Justice Project) 0,46 
0,48 0,51 0,64 
Hukumat vakolatlarining cheklanganligi 0,33 0,35 0,39 0,55 
Korruptsiyaning mavjud emasligi 0,38 0,39 0,43 0,60 Hukumatning 
ochiqligi 
0,31 0,33 0,37 0,53 
0,39 0,40 0,42 0,50 
0,91 0,91 0,92 0,96 
0,44 0,45 0,47 0,55 
0,51 0,53 0,57 0,73 
0,46 0,50 0,66 
Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi(Democracy Index) 2,01 
2,07 2,29 4,8 
Saylov jarayoni va plyuralizm 0,08 
Hukumat faoliyati 1,86 1,95 2,2 
Siyosiy ishtirok 
2,22 2,27 2,35 
Demokratik siyosiy madaniyat 5,0 Fuqarolar erkinligi 0,88 0,95 1,1 
Matbuot erkinligi indeksi (World Press Freedom Index) 53,07
(15638 
20 
Fundamental huquqlar 
Tartib va xavfsizlik 
Qonunlarga rioya etish 
Fuqarolik odil sudlovi 
Jinoiy odil sudlov 0,44 
0,09 


5,1 
4,0 
0,5 

5,3 
6,0 


228 
Korrupsiyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Projecf’ning Qonun 
ustuvorligi indeksida mamlakatimiz o‘rni yaxshilanishiga olib kelgan”. 
Xulosa qilib aytganda, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari hamda 
tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish borasidagi 
davlat siyosati, bu tegishli huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi, mazkur 
yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf 
etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar, birinchi navbatda, respublikada olib 
borilayotgan islohotlarning natijasini jahon miqyosida e’tirof etishga qaratilgan 
bo‘lsa, eng asosiysi, bu harakatlar xalqning farovonligi va turmush tarzining 
yaxshilanishi va haq-huquqlarining himoya qilinishi tizimining yanada yuqori 
saviyaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi. Bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasida olib 
borilayotgan islohotlar nafaqat ichki tartib-qoidalar, ya’ni tegishli hukumat organlari 
va nodavlat-notijorat tashkilotlar tomonidan, balki jahonda tan olingan xalqaro 
reyting va indekslarning (mustaqil) identifikator- laridagi reytinglari asosida 
baholanib boriladi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga 
integratsiyalashuv jarayonini tezlash- tirishga, dunyo miqyosida respublikadagi 
ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlarni amaldagi 
natijalarini yaqqol ko‘rsatishga xizmat qilib, rivojlangan davlatlarning respublikaga 
turli ko‘rinishdagi investitsiyalar kiritish imkonini kuchaytiradi. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin