O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
Eng yangi tarix kitob

2.
 
Aholi turmush darajasini yuqori darajada ta’minlash. 
Bugunga kelib mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga kirdi. 
Ijtimoiy siyosat borasida istiqlol yillaridagi katta tajribalarga suyangan, mavjud 
an’analarni izchil davom ettirgan holda yangi-yangi qadamlar tashlanyapti. 
Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar 
ko‘lami esa har qanday kishini mamnun etadi. “2017-2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident 
Farmoyishida muayyan ma’noda hozirgacha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. 
Jumladan, ijtimoiy sohadagi eng muhim ishlar ham o‘z aksini topgan. Unda 
qayd etilishicha, “faqatgina joriy yilning birinchi yarmida 2,7 ming kilometr 
avtomobil yo‘llari qurildi va ta’mirlandi, 84 ming 300 ta ish o‘rni yaratildi. 2017- 
2020-yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon ko‘p kvartirali uylarni 
qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmoqda, uning doirasida 50 ming 
286 ta xonadondan iborat 1 ming 136 ta ko‘p qavatli uylarni, bundan tashqari, 
namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish 
mo‘ljallangan” 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini 
yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (24.05) Farmoni qabul qilindi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini 
ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini 
oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksni hududiy organlari 
rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (06.05), 
“Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora- tadbirlari 
to‘g‘risida” (24.05), “Madaniyat san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy 
axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini 
rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora- tadbirlar 
to‘g‘risida” (14.08), “2018-2019-yillar, turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha 
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” (16.08) va boshqa Qarorlari chiqdi. 
Ayniqsa, aholi ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini 
takomillashtirish bo‘yicha ham ko‘p ish qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (16.03), “Uy-joy kommunal xizmat 
ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
(18.04), “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan 


122 
foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” (18.04), 
“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini 
takomillashtirish to‘g‘risida” (21.04), “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi 
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
(01.6)
va boshqa Farmonlari qabul qilindi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash 
sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
(01.4)
, “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” 
(4.4)
, “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora- 
tadbirlari to‘g‘risida” (04.04), “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida 
onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni 
takomillashtirish chora-tadbirri to‘g‘risida” (04.04), “2017-2021- yillarda ichimlik 
suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda 
modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2018-2022-yillarda issiqlik 
ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2017-2021- yillarda ko‘p 
xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (24.04), “2017-2021-yillarda yer osti 
suvlari zahiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga 
solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (04.05), “Toshkent shahri aholisiga birlamchi 
tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish 
hamda uning samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy 
mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
(06.6)
, “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan 
tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
(20.6)
, “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimni 
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (17.07) boshqa 
Qarorlari hamda “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.08) Farmoyishi chiqdi. 
Arzon uy-joylar barpo etish mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga 
oshirilayotgan ishlarning insonparvarligini ko‘rsatib turibdi. Uy-joylar arzon 
narxlarda qurilsa, uni sotib oluvchilar soni ko‘payadi. Eng muhimi, bu birinchi galda 
aholining uy-joyga o‘ta muhtoj qatlamining manfaatlarini o‘ylagan holda yo‘lga 
qo‘yildi. Hozirgi paytda mamlakatimizning barcha mintaqalarida ikki sotixli 
namunali qishloq uylarini, shuningdek, ikki-uch xonali ko‘p qavatli uylarni qurish 
jadal davom ettirilyapti. Bu borada, ayniqsa, imtiyozli kreditlar joriy etilganidan aholi 
bag‘oyat minnatdor. 
Bugungi kunda poytaxtimiz katta uy-joy qurilishi maydoniga aylandi. 
Xususan, Sergeli tumani hududida jadal sur’atlar bilan bunyod etilayotgan har 
taraflama shinam, zamonaviy qulayliklarga ega arzon ko‘p qavatli uylar peshma- pesh 
bitkazilyapti. 
Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni 
rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga 
oshirish yo‘nalishiga ham jiddiy e’tibor berilyapti. 


123 
Sergeli tumanini shaharning asosiy qismi bilan bog‘lashga xizmat qilishi 
mo‘ljallangan yer usti metrosining qurilayotganiga hammamiz guvohmiz. Metroga 
parallel ravishda Sergelini metroning Olmazor bekatini bog‘laydigan avtomobil yo‘li 
ham quriladi. Shuningdek, Sergelining bir tomoni shahar katta Halqa yo‘liga 
bog‘laydigan, ikkinchi tomoni esa Bektemir tarafga yo‘nalgan yangi magistral yo‘lga 
ulaydigan yo‘l qurilishi ham jadallik bilan davom ettirilyapti. Shahrimizning yo‘l va 
ko‘chalariga yangidan asfal’t yotqizilyapti. 
Ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’atva sport sohalarini rivojlantirish 
ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishini tashkil etadi. 
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (20.04), “2017-2018 o‘quv yilida 
O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish 
to‘g‘risida” (05.05), “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida” (03.06), “Madaniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy 
uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha 
xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir 
chora-tadbirlar to‘g‘risida” (14.08) va boshqa Qarorlari chiqarilganini alohida qayd 
etish lozim. 
Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tub burilish yuz 
berdi. 
2017-yilning 30-iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV 
qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
qatnashib, nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari yoshlar siyosatini chuqur tahlil etib, bu 
borada yangicha ishlash prinsiplarini bayon qilib berdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy 
harakati Yoshlar ittifoqiga aylantirildi. Bundan buyon 30-iyun Yoshlar kuni sifatida 
bayram qilinadigan bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati 
samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab- 
quvvatlash to‘g‘risida”gi (05.07.2017) Farmoni qabul qilindi. Boshqa ko‘p qonunosti 
hujjatlarida ham yoshlarni ijtimoiy faollikka undaydigan, ular hayotini yaxshilashga 
qaratilgan tartib-qoidalar belgilandi. 
Siyosatdagi barqarorlik va izchillik har qanday davlatda ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. 
Poytaxtimizning mahallalarida, aholining baxtli yashashi uchun qulay 
sharoitlar yaratishga kirishilganiga guvoh bo‘lasiz. Ko‘p qavatli uylarning fasadlari 
ta’mirlanyapti. Bu uylar orasidagi yo‘l va yo‘laklarga sement yotqizilyapti. Bolalar 
uchun o‘yingohlar yangidan jihozlanyapti. Shaharning bo‘sh turgan inshootlarida 
yangi-yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilyapti. Bu 
ko‘plab yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini beryapti. Bularning bari - ijtimoiy 
sohani rivojlantirish, aholining turmush darajasini ko‘tarishni ko‘zlab amalga 
oshirilyapti. 
O‘zbekistonda oxirgi uch yil mobaynida kambag‘allikni kamaytirishga 
qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga real jami daromad 43,9 foizga, 


124 
o‘rtacha hisoblangan nominal oylik ish haqi 79,7 foizga yoki 2016-yildagi 1293,8 
ming so‘mdan 2019-yilda 2324,5 ming so‘mga oshdi. 
Jahon bankining “O‘zbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasi doirasida, uy 
xo‘jaliklari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 2020-yilning 
yanvar-mart oylari uchun o‘rtacha kambag‘al xonadonning oylik daromadi taxminan 
1,5 million so‘mni tashkil etib, taqqoslama narxlarda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning 
mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan. 
Mazkur muammoni hal qilishga hukumat tomonidan katta hajmdagi sa’y- 
harakatlar qaratilgan. Jumladan, mamlakatda kambag‘allikka qarshi kurashish uchun 
zarur institutlar yaratildi. Bu, avvalambor, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni 
qisqartirish vazirligining tashkil etilishi, kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha 
davlat siyosatini belgilab beradi. 
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida yaqinda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. 
Mazkur vazirlik fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish institutlari faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam 
ta’minlangan qatlamlarini aniqlash va manzilli ko‘mak berish borasida 
samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. 
Shuningdek, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq joylarini 
obodonlashtirish dasturlari amalga oshirilmoqda. Xususan, “Obod qishloq” 
dasturining amalga oshirilishi tufayli 1,7 mln qishloq aholisining yashash sharoitlari 
yaxshilandi. Birgina 2019-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini 
amalga oshirish uchun jami 600 million AQSh dollariga teng 6,1 trln so‘m ajratildi. 
Biroq erishilgan natijalarga qaramay, hozirgi kunda O‘zbekistonda 400 
mingdan ortiq oila turmush sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj (Jahon banki 
mezonlariga ko‘ra, 2015-yil oktabridan boshlab Global kambag‘allik darajasiga 
kuniga 1,9 AQSh dollardan kam daromad olganlar kiritilgan). Norasmiy sektorning 
mehnat bozoridagi ulushi 40-50 foizni tashkil etadi. Biroq kambag‘al uy 
xo‘jaliklarining faqat 23 foizigina ijtimoiy nafaqa olishadi. 
Prezidentimizning 2019-yil 
28-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida 
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli 
ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarga katta g‘ov hisoblanmish korrupsiyaga 
yana bir bora qattiq zarba beradigan hujjat bo‘ldi. 
Ta’kidlash lozimki, 2016-yilning oktabr oyida davlatimiz rahbari O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati 
- O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s’yezdidagi saylovoldi 
ma’ruzasida mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik kabi illatlar barobarida 
O‘zbekistonning barqaror rivojiga xavf tug‘dirayotgan tahdidlar orasida aynan davlat 
hokimiyatini obro‘sizlantirib, iqtisodiyotning o‘sishi va tadbirkorlik rivojiga jiddiy 
to‘siq bo‘lib kelayotgan korrupsiya masalasiga barchamizning e’tiborimizni qaratdi. 
Aynan shu davrdan boshlab mamlakatimizda bu salbiy illat bilan murosasiz kurash 
olib borish borasida barqaror qadamlar qo‘yildi. 


125 
Darhaqiqat, ko‘p vaqt o‘tmay, ya’ni 2016-yilning noyabr oyida O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi 
kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 
Mazkur qonun hujjatining samaradorligini ta’minlash maqsadida 2017-yil 2- 
fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi. 
Kuni kecha e’lon qilingan Farmon ana shu tizimli ishlarning mantiqiy davomi 
bo‘lib, unda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yaratilgan mexanizmlarni yanada 
takomillashtirish, ushbu illatni batamom bartaraf etish choralari ochib berilgan. 
Eng muhimi, ushbu Farmonning aynan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy 
rivojlanish yili” Davlat dasturi doirasida e’lon qilinishi diqqatga sazovordir. Aynan 
shuning uchun ham mazkur hujjatda iqtisodiyotni yanada ravnaq toptirish, xalq 
farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi 
strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat 
siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya 
ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli 
choralar ko‘rilishini ta’minlash alohida ko‘rsatib o‘tilgan. 
Farmonning asl mazmun-mohiyati shundan iboratki, korrupsiyaga qarshi 
kurashish bu nafaqat davlatning vazifasi, balki jamiyat ham davlat bilan hamkorlikda 
bu salbiy illatga barham berishda faol ishtirok etishi lozim. Shuning uchun ham 
hujjatda aynan siyosiy partiyalarning bu boradagi rolini yanada kuchaytirish alohida 
ko‘rsatib o‘tilgan. 
Darhaqiqat, partiyamizning saylovoldi dasturida ham aynan korrupsiya va 
uning har qanday ko‘rinishi bilan murosasiz kurash olib borish asosiy o‘rinni 
egallagan. Chunki mazkur salbiy illatga barham berilmas ekan, iqtisodiyotni 
rivojlantirish, mamlakatda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, chet el 
investitsiyalarini mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish hamda davlatimizda o‘rta sinfni 
shakllantirish nihoyatda og‘ir kechadi. Korrupsiyaning yana bir salbiy tomoni 
shundaki, u mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijiga, reytingiga o‘zining 
salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Buning natijasida mamlakatning investitsiya 
jozibadorligiga putur yetishi mumkin. 
Shuning uchun ham partiyamiz va uning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi 
mazkur Farmondan kelib chiqadigan vazifalarning ijrosini ta’minl ash hamda bu 
borada tegishli nazoratni amalga oshirish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar rejasini 
ishlab chiqishni maqsad qilgan. Xususan, o‘z elektorat manfaatini himoya qilgan 
holda, davlat organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ishlab 
chiqiladigan tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish, “Davlat xaridlari 
to‘g‘risida” hamda “Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari doirasida tegishli davlat organlari tomonidan mazkur qonun 
hujjatlarini bajarish borasida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan 
amalga oshirilgan ishlarni monitoringini o‘tkazish, lozim bo‘lsa, parlament eshituvi 
darajasida mazkur masalalarini o‘rganishni ko‘zda tutmoqda. 


126 
Shuningdek, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun doirasida mamlakat 
hududlarida tadbirkorlik sub’yektlarining manfaatlarini himoya qilish borasida o‘z 
faoliyatini yuritib kelayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillarini jalb etgan 
holda davlat organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga 
oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik eshituvlarini tashkil etishga 
ko‘maklashishni ko‘zlamoqda. Farmonga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman 
va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish 
uchun tashkil etiladigan komissiyalar tarkibiga tadbirkorlik sub’yektlarining 
manfaatlarini himoya qilish borasida o‘z faoliyatini yuritib kelayotgan 
nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillarini kiritish choralarini ko‘rish, har chorakda 
tadbirkorlik sub’yektlaridan kelib tushadigan va korrupsiya holatlari bilan bog‘liq 
murojaatlar tahlilini o‘tkazib, tegishli choralarini ko‘rish ham maqsadga muvofiq deb 
hisobaymiz. 
Bundan tashqari “Men korrupsiyaga qarshiman” shiori ostida endi faoliyatini 
boshlagan yosh tadbirkorlar ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari va boshqa 
ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ham foydadan holi bo‘lmaydi. Umuman, korrupsiyaga 
qarshi murosasiz kurashda natija beradigan har qanday chorani ko‘rish, eng muhimi, 
parlament nazoratining ta’sirchan usullaridan foydalanish davlatimiz uchun ham, 
jamiyatimiz uchun ham birdek naf keltiradi. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin