O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Eng yangi tarix kitob

13-
 
MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO 
REYTING 
VA INDEKSLARDAGI O‘RNI VA NUFUZINING ORTIB BORISHI. 
Reja: 
1.
Xalqaro reyting va indekslar haqida ma’lumot, ularning dunyodagi 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’siri. 
2.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini 
yaxshilash borasidagi davlat siyosati, qabul qilingan huquqiy-normativ hujjatlar. 
3.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini 
oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar. 
1.
 
Xalqaro reyting va indekslar haqida ma’lumot, ularning dunyodagi 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’siri. 
Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston 
Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat sifatida faoliyat ko‘rsatib, 
mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z hududini qurol-yarog‘lardan holi qilish, 
yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar 
o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l 
qo‘ymaslikdan iborat bo‘lgan maqsadlarni ko‘zlagan holda tashqi siyosat olib 
bormoqda. 
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining 
asosini ochiq-oydinlik, teng huquqlilik, demokratik tamoyillarga sodiqlik, 
umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik 
jarayonga ta’sir qilish kabilar tashkil etadi. Shuninglek, Respublika tashqi siyosati 
tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e’tirof etgan ochiq yakdillik talablariga 
asoslanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jarayonida 
ko‘plab xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi, xalqaro huquqiy tashabbuslari jahon 
hamjamiyati oldida turgan mintaqaviy va global muammolarni hal etishga qaratilib, 
O‘zbekiston tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish 
va rivojlantirish borasida katta ishlarni amalga oshirdi. 
Bu jarayonda mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, 


219 
siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlarni dunyo miqyosida e’tirof etilishi borasida ham 
samarali ishlar qilindi va davom ettirilmoqda. 
Shu o‘rinda ta’kidlash muhimki, ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalarida 
dunyo mamlakatlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari, xalqlarning turmush darajasi yoki 
yashash uchun eng xavfsiz davlatlar kabi reytinglar muntazam e’lon qilib boriladi, 
tahlil va taqqos qilinadi. 
Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, 
iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va 
protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar har qanday 
mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshiradi. Zero, mazkur yo‘nalishdagi 
islohotlar mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligini belgilab beruvchi muhim 
omillardan hisoblanadi. 
Ammo islohotlarning ijobiy natijalari, xalqning erishgan va erishayotgan 
yutuqlarini dunyo hamjamiyati e’tiboriga taqdim etish alohida chora-tadbirlarni, 
maqsadli sa’y-harakatlarni talab etishini ta’kidlash kerak. Bu jarayonlarda xalqaro 
reyting agentliklarining xizmati katta. To‘g‘ri, har qanday davlat ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni o‘tkazar ekan, birinchi o‘rinda aholi turmushi farovonligini oshirish, 
huquq va manfaatlarini ta’minlash, mamlakatning xalqaro miqyosdagi nufuzini 
mustahkamlashni asosiy maqsad qilib belgilab oladi. Mamlakatlarning ana shu 
iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda erishgan yutuqlarini hamda insonlarning haq- huquqlarini 
ta’minlanishi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarini turli reyting agentliklari baholab boradi, 
ular ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarni aslo e’tiborsiz qoldirmaydi. 
Chunki xalqaro hamjamiyatning e’tiborini tortish, xorijiy investorlarning 
qiziqishini qozonish ko‘p hollarda nufuzli xalqaro reyting agentliklarining baholariga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Hozirgi davrda xorijiy reytinglar xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kuchli 
ta’sir ko‘rsatuvchi o‘ziga xos omillardan biri hisoblanadi. Mustaqil ekspertlar 
xulosasi aks etgan reytinglar mamlakat xalqaro imijiga, kirib kelayotgan 
investitsiyalar miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin, rivojlanib borayotgan va 
o‘z iqtisodiyotiga sarmoyalarni jalb qilishdan manfaatdor bo‘lgan davlatlar mazkur 
reytinglarga kirish va o‘z o‘rnini bosqichma-bosqich ko‘tarib borishga alohida e’tibor 
qaratmoqda. Keyingi yillarda Sharqiy Yevropa hamda Mustaqil davlatlar 
hamdo‘stligiga a’zo ayrim mamlakatlar eng nufuzli xalqaro reytinglarda yuqori 
darajaga ega bo‘lish bo‘yicha maxsus dasturlar asosida ish olib borayotgani ma’lum. 
Zero, har qanday chet ellik investor muayyan qarorga kelishdan avval o‘zi 
qiziqayotgan davlatning iqtisodiy holati to‘g‘risidagi ob’yektiv, mustaqil baholami 
sinchiklab o‘rganib chiqadi. 
Qayd etish kerakki, xalqaro reytinglarni tuzuvchi agentliklar iqtisodiy va 
moliyaviy ko‘rsatkichlarni baholashda turli usullardan foydalanadi. Shu boisdan 
investorlar o‘z tahlillarida faqatgina bitta reyting agentligining ma’lumotlariga 
tayanib qolmasdan, bir qancha reyting ko‘rsatkichlarini kompleks tahlil qilishga 
harakat qiladilar. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir jahonda 160 dan ortiq xalqaro reyting 
mavjud, ulardan 50 taga yaqini ta’sir darajasi yuqori mezonlar sirasiga kiradi. Global 


220 
raqobatbardoshlilik indeksi, biznesni yuritish yengilligi indeksi, Iqtisodiy erkinlik 
indeksi, sanoat raqobatbardoshliligi indeksi, global innovatsion indeks, inson 
salohiyati rivojlanishi indeksi, transchegaraviy investitsiyalash indikatorlari, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish indeksi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorlik indeksi shular jumlasidandir. Аna shu kabi 
asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda O‘zbekistonning ham munosib o‘rinlarda 
bo‘lishi katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin