О’zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 26,53 Kb.
səhifə3/5
tarix12.10.2023
ölçüsü26,53 Kb.
#154841
1   2   3   4   5
1-мавзу

Xorazm va Baqtriya ilk о’zbek davlatchiligining poydevori. Istiqlol sharofati ila sobiq shо’ro hokimiyati davrida soxtalashtirilgan davlatchilik tariximiz о’z о’rniga qо’yildi. Davlatchilik tarixini anglash, uni tadqiq etishga keng yо’l ochildi. О’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, о’zbek davlatchiligi konsepsiyasining yaratilishi va shu asosda davlatchiligimizning xolisona tarixini yaratish vazifasi qо’yildi.
Markaziy Osiyo hududida ilk davlat uyushmalari miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlarida paydo bо‘la boshladi va ular о‘zbek davlatchiligi tarixini boshlab berdilar. о‘zbekistonda davlatchilikning kelib chiqishida miloddan avvalgi III–II ming yilliklarda shakllangan, asoslangan dehqonchilik xо‘jaligi, hunarmandchilik va mahsulot almashishning paydo bо‘lishi asosiy omil bо‘lib xizmat qilganligini alohida ta’kidlamoq kerak.
Salkam uch ming yillik tarixga ega bо‘lgan о‘zbek xalqi davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishi shartli ravishda davrlarga bо‘linadi va u quyidagilardan iborat:
1. O‘zbekiston hududining davlatchilikka о‘tish davri (mil. avv. II ming yillikning о‘rtalari va ikkinchi yarmi);
2. Ilk davlat uyushmalari (mil. avv. 1 ming yillikning birinchi yarmi);
3.Qadimgi davr davlatchiligi tarixi (mil. avv. IV asr oxiri milodiy IV asr);
4. Ilk о‘rta asrlar davlatchiligi tarixi ( V–VIII asr о‘rtalarigacha);
5. Rivojlangan о‘rta asrlar davlatchiligi (IX–XII asr boshlari);
6. Amir Temur va temuriylar davlati (XIV asr ikkinchi yarmi – XVI asr boshlari);
7. XVI–XIX asr birinchi yarmi davlatchiligi tarixi;
8. O‘zbekiston XIX asr ikiknchi yarmi va XX asr mustamlakachiligi davrida:
9. Mustaqil о‘zbekiston davlatchiligi bir necha ming yillik о‘zbek davlatchiligining davomi va vorisi sifatida.
Tabiiyki, о‘zbek davlatchiligi tarixidagi bu davrlar bir qator bosqichlarga bо‘lib о‘rganiladi.
Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlarida paydo bо‘lgan ilk davlat uyushmаlari – bu «Katta Xorazm» va «Qadimgi Baqtriya» davlatlaridir.
Ma’lumki, sо‘nggi bronza davrida mehnatning dastlabki yirik taqsimoti rо‘y beradi. Chorvachilikdan dehqonchilik ajralib chiqadi, iqtisodiy hayotdagi siljishlar natijasida ortiqcha mahsulot paydo bо‘lib, bu mahsulot ma’lum shaxslar qо‘lida tо‘plana boshlaydi. Qishloqlar kengayib shaharlarga aylanib borar ekan, bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmalarining ma’muriy markaziga aylana boradi.
Markaziy Osiyo hududida tashkil topgan eng qadimgi davlatlar tarixini о‘rganishda bizga arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyoviy dalillar, yozma manbalar, masalan «Avesto», Beruniyning «Osorul–boqiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») kabi asarlar, kо‘hna Eroniy yozuvlar, yunon, xitoy muarrixlarining yozib qoldirgan ma’naviy meroslari yordam beradi. Manbalarning guvohlik berishicha, о‘tmish ajdodlarimiz miloddan avvalgi I ming yillik boshlarida temirni kashf etganlar. Natijada har qanday taraqqiyotning asosi bо‘lib kelgan mehnat qurollarining takomillashuvi muhim ahamiyatga ega. Oqibatda inson faoliyati kengaydi va jadallashdi. о‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmidayoq mintaqada tog’ jinslarini, xususan, temir, oltin, qalay, qо‘rg’oshin va hokazolarni qayta ishlash, ulardan jang, mehnat qurollari yasash, kulolchilik, tо‘quvchilik, quruvchilik, zargarlik kabi sohalarda keng foydalanilgan. Bundan tashqari, miloddan avvalgi VII–VI asrlarda Xorazmda uzunligi bir necha о‘n kilometr, eni bir necha о‘n metrni tashkil etgan ulkan sun’iy sug’orish kanallari mavjud bо‘lganligi tarixdan ma’lum. Bu hol sun’iy sug’orish ishlarining ajdodlarimiz hayotida katta о‘rin tutganligini kо‘rsatadi. Bunday katta hajmdagi ijtimoiy–iqtisodiy ahamiyatga molik bо‘lgan ishlarni e’tiborli va nufuzli kuchga ega bо‘lgan davlat tuzilmasi mavjud bо‘lgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin edi. Demak, о‘z–о‘zidan xulosa chiqarish mumkinki, miloddan avvalgi birinchi ming yillikning birnchi yarmidayoq vatanimiz hududida dastlabki davlat uyushmlari tashkil topganligiga shubha yо‘q.
Qator ilmiy, yozma va arxeologik manbalarga qaraganda Markaziy Osiyo hududida ahamoniylarning hukmronligiga qadar bir necha davlat uyushmalari tashkil topgan. Bulardan biri «Katta Xorazm» davlati bо‘lib, Amudaryoning quyi oqimidagi yerlar uning tarkibiga kirgan. «Katta Xorazm» davlati tо‘g’risida bir qator xorazmshunos olimlar, shu jumladan birinchi о‘zbek arxeolog olimi Yahyo G’ulomov qimmatli ma’lumotlar berganlar. Ularning xulosalariga qaraganda Zardо‘sht shu zamindan bо‘lib, ta’limotini boshqa viloyatlarga tarqatgan. «Avesto»da «Katta Xorazm»ga qarashli viloyatlar birma–bir sanab о‘tiladi. Bunga kо‘ra, «Katta Xorazm» hududiga qarashli bо‘lgan. Bu fikrni yunon muarrixi Gerodot tasdiqlab, «Katta Xorazm» davlatining ekin maydonlarini sug’orish uchun Oks daryosiga tо‘g’on qurilganligi tо‘g’risida ma’lumotni qoldirgan.
Ahamoniylar bosqiniga qadar Markaziy Osiyo hududida tashkil topgan ikkinchi davlat uyushmasi – bu Qadimgi Baqtriya podsholigidir. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda uning tarkibiga Sug’d va Marg’iyona ham kirgan. Asosan Baqtriya davlati hududlariga Amudaryoning yuqori oqimi bо‘ylaridagi yerlar kirgan. Yunon muallifi Ktesiy Baqtriya haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. U Baqtriyadagi kо‘plab shaharlar, mustahkam poytaxt–shahar Baqtra (Balx), davlat podshosi Oksidat, uning boyliklari tо‘g’risida hikoya qiladi. Bundan tashqari, Gerodot asarlarida ham Baqtriya davlati Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga olinadi. Baqtriyaning tabiiy boyliklari, ayniqsa, Badaxshon lojuvardi (lazuriti) Old Osiyo davlatlarida mashhur bо‘lgan. Baqtriya podsholigi tо‘g’risidagi tarixiy haqiqatni arxeologiyaga oid qidiruv topilmalari ham isbotlaydi. Xulosa qilib aytganda, Markzaiy Osiyo hududini ahamoniylar saltanati bosib olgunga qadar bu ona zaminda ikkita yirik davlat birlashmalari – «Katta Xorazm» va «Qadimgi Baqtriya» davlatlari bо‘lgan.
Markaziy Osiyoning eng qadimiy davlatlaridan yana biri Sо‘g’diyonadir. Bu davlat qadimda Qashqadaryo va Zarafshon vohalari hududida shakllangan. Miloddan avvalgi birinchi ming yillik о‘rtalarida о‘lkamiz Eronda asos solingan ahamoniylar saltanati qо‘l ostiga tushib qoladi. Muqaddas kitob «Avesto» Persepol, Bexistun yozuvlari va boshqa qator yozuvlar, qadimgi yunon tarixchilari qoldirgan ma’lumotlar guvohlik berishicha, о‘sha vaqtlarda о‘lkamizda Xorazm, Sо‘g’diyona, Marg’iyona, Baqtriya kabi iqtisodiy–jug’rofiy birliklar, siyosiy–ma’muriy hududlar mavjud bо‘lib, vohadagi hayot о‘troq holatda, dashtu biyobonlardagi turmush esa yarim kо‘chmanchi tarzida bо‘lgan. Bu vaqtda yirik–yirik qabilalar ittifoqi, ya’ni davlatchilikning ilk shakllari mavjudligi ham ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy jihatdan birlashish zaruriyatini tug’dirdi. Markaziy Osiyoning ahamoniylar tomonidan bosib olingan qismida Xorazm, Parfiya, Baqtriya, Marg’iyona, Sug’diyona va boshqa viloyatlar – ahamoniylar podsholari satrapiya–hokimliklarini tashkil etganlar. Bu hududlarni fors podsholari tomonidan tayinlab qо‘yilgan satraplar–hokimlar boshqarganlar. Gerodotning ma’lumotlariga qaraganda Markaziy Osiyo viloyatlari tо‘rtta satrapiyani tashkil etgan.
Bosqinchi ahamoniylarga qarshi sabot–matonat bilan qarshilik kо‘rsatgan Tо‘maris, Amorg kabi ajdodlarimizning tarixiy shaxslar sifatida davlatchiligimiz tarixida katta о‘rin egallashini ta’kidlamoq kerak. Chunki ular ulkan hududlarda yuz minglab kishilar ustidan hukmronlik qilgan podsholar, malikalar bо‘lib, bir vaqtning о‘zida davlat arboblari hamdir. Qadimgi yunon tarixchilari (masalan, Ktesiy) shohidlik berishicha, ahamoniylarga qarshi kurashlarda о‘lkamiz podsholari, malikalari о‘n minglab kishilarni jangga safarbar eta olgan. Kо‘psonli qо‘shinni boshqarish ilmidan xabardor bо‘lish kabi katta yumushlar tegishli tashkilotchilik qobiliyatini talab qiladi, bularni amalga oshirishi davlat va davlatchilikka xos alomatlardir.
Miloddan avvalgi IV asrga kelib Xorazm davlati ahamoniylar tazyiqidan xalos bо‘lib ichki va tashqi siyosatini mustaqil olib borgan. Shu asrning ikkinchi yarmida makedoniyalik Iskandar ahamoniylarga zarba berib, Markaziy Osiyoning aksariyat qismini egallab oldi. Xorazm hukmdori Farasman tashqi siyosatda bilimdonlik bilan ish tutib, Iskandar bilan harbiy ittifoq tuzib, davlatining mustaqilligini saqlab qolishga erishdi. Iskandar о‘limidan (mil. avv. 323–yil) sо‘ng Baqtriya, Sо‘g’diyona va Marg’iyona esa uning lashkarboshilaridan bо‘lmish Selevk asos solgan sulola asorati ostida qoldi. Miloddan avvalgi III asr о‘rtalarida Sо‘g’diyona, Marg’iyona, Choch va Farg’onaning bir qismini ichiga olgan Baqtriya davlati yuzaga keldi. Baqtriya davlati kuchayib, tez orada u g’arbda Eronning sharqiy qismini, janubda Qandahor viloyatini, Sharqda Xitoygacha bо‘lgan hududni egalladi. Baqtriyalik hukmdorlar kumush tangalarini zarb etganlar.
Miloddan avvalgi taxminan 170–yilda Sо‘g’diyona Yunon–Baqtriya tarkibidan ajralib, Xorazm tomon og’a boshlaydi. Bu hol Chochda ham yuz bergan. Shu tariqa miloddan avvalgi II asr о‘rtlaridan dastlab Choch, Parkana, Sо‘g’diyona Sharqiy Turkiston hududlarini ichiga olgan yangi davlat – Qang’ davlati tashkil topadi. Xitoy solnomalarida bu davlat Qang’uy deb tilga olinadi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda bu davlat qо‘shini, davlat boshqaruvi, kumushdan ishlangan tangasiga ega bо‘lgan.
O‘zbek davlatchiligi tarixida Kushon davlatining tashkil topishi va faoliyati alohida bosqich hisoblanadi. Miloddan avvalgi 140–130–yillarda sak qabilalari tazyiqi ostida Yunon–Baqtriya davlati barbod bо‘ldi. Shu davrda Sharqiy Turkiston tarafdan kо‘chmanchi yuechji qabilalari ikki daryo oralig’i hududiga siljiy boshladilar. Ular tarkibida beshta guruh bо‘lib, Guyshuan guruhi ustunlik qiladilar va qolgan guruhlar ustidan hokimiyatlarini о‘rnatadilar. Xitoy manbalaridan ma’lumki, yuechjilar Baqtriyani bosib olganlaridan keyin, Guyshuanning hokimi Kadfiz qolgan hududlarni ham buysundirib oladi va о‘zini Kushon davlatining podshohi deb e’lon qiladi. Eramizning 78–123 yillarida podshohlik qilgan Kanishka davrida Kushon eng qudratli davlatga aylanadi. Aynan Kanishka davrida tangalar zarb etilib, ularda birinchi marta baqtar tilidagi yozuvlar paydo bо‘ladi.
Eramizning III asriga kelib Xorazm Kushonlar ta’siridan xalos bо‘lib, mustaqilligini qayta tiklashga erishadi.

Yüklə 26,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin