3. V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
•
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib o‘tgan tarixiy yo‘lning
mazmun-mohiyatini, O‘zbekistonning eng yangi tarixida amalga oshirilgan
o‘zgarishlarning ahamiyatini;
•
zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan
integrasiyasi, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni
ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi
o‘rni va nufuzini ortib borishi kabi jarayonlarni tarixiylik va xolislik nuqtai
nazaridan
bilishi kerak;
•
O‘zbekistonning
eng
yangi
tarixi
muammolarini
o‘rganish,
dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qo‘llay bilish,
atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat
va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi
kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan
bog‘liqligini bilish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
•
O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma’naviy-milliy va
umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va
ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy
dunyoqarash kabi
malakalarga ega bo‘lishi kerak.
4. VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: •
ma’ruzalar;
•
interfaol keys-stadilar;
•
seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);
•
guruhlarda ishlash;
•
taqdimotlarni qilish;
•
individual loyihalar.