O‘zbekistonning eng yangi tarixi


 "Eng yangi tarix" tushunchasining ta'rifi, mazmun -mohiyati



Yüklə 69,59 Kb.
səhifə2/6
tarix05.12.2023
ölçüsü69,59 Kb.
#173382
1   2   3   4   5   6
O‘zbekistonning eng yangi tarixi-fayllar.org

2. "Eng yangi tarix" tushunchasining ta'rifi, mazmun -mohiyati 
O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotni isloh qilish bilan bir 

vaqtda, milliy o‘ziga xoslikni mustahkamlash jarayonlari boshlandi. Tarixiy xotira -


milliy o‘ziga xoslikni tarixan idrok etishda asos bo‘lib xizmat qildi. Ma'lumki, 
tarixiy xotira xazinasi millat taraqqiyotiga yordam beradigan milliy ongning
samarali kuchi sifatida ona tiliga, turmush tarziga, urf-odatlari va madaniyatiga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Bu shunchaki ma'naviy
merosni saqlab qolish uchun tarixiy qadriyatlarni jalb qilish emas, balki ma'naviy 

3
tiklanish yo‘lini boshlash uchun xalq o‘zining ko‘p asrlik tarixiga, ming yillik 


madaniy tajribasiga, buyuk ajdodlari merosiga murojaat qilishi va O‘zbekistonning


jahon hamjamiyatiga qanday ma'naviy-axloqiy boyliklar bilan kirishi kerakligini 
anglatadi. Bularning barchasi I.Karimov tomonidan tarixiy xotiraga berilgan mazkur
ta'rifda o‘z ifodasini topgan: “Tarixiy xotira – bu umr mazmunini, avlodlar 
o‘rtasidagi vorislik tuyg‘usini, ularning bir-biriga daxldor ekanligini, hayotning
bamisoli uzviy halqalar kabi ketma-ket bog‘lanishini anglash, tarixdan xulosa 
chiqarib, bugungi kun uchun to‘g‘ri yo‘l tanlash, ota-bobolarimizning ro‘hi
poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an'analarimizni toptashga yo‘l 
qo‘ymaslik, ularni ko‘z qorachig‘idek asrash demakdir”.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2011 yilda nashr etilgan "O‘zbekiston 
mustaqillikka erishish ostonasida" deb nomlangan asari O‘zbekiston tarixidagi eng
yangi davrni chuqur o‘rganishga kuchli turtki bo‘ldi. Unda respublika rahbari 
sifatida Islom Abdug‘anievich Karimovning mustaqillik masalasidagi qat'iy
pozisiyasi aniq tarixiy hujjatlar asosida ko‘rsatib berilgan.U davlat yetakchisi 
sifatida eng mashaqqatli davrda o‘z faoliyatini boshladi. Hali Sovet Ittifoqi o‘z
kuchini saqlab, repressiv siyosatini davom ettirar, ammo, shunga qaramay, chuqur 
tanazzul yoqasiga kelib qolgan, kishilar orasida kelajakka ishonchsizlik va vahima
kayfiyati hukmron edi. Bunday murakkab sharoitda odamlarni kutilmagan 
zarbalardan himoya qilish, tushkun ruhiy vaziyatdan olib chiqish, ularda ertangi
kunga bo‘lgan ishonch hissini qaror toptirish g‘oyat muhim edi. 
Sirasini aytganda, ushbu kitob - eski tizimni buzish paytida, erkin va mustaqil
hayot yo‘lida paydo bo‘lgan savollarga javoblarni o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan ham 
u juda ko‘p faktik va tahliliy materiallarni o‘z ichiga olgan ensiklopedik asardir.
Kitobga kiritilgan har bir tarixiy hujjatda o‘sha tashvishli zamonning ritmi seziladi, 
muallifning o‘sha tarixiy voqealarga dahldorligi va bevosita ishtirokchisi sifatidagi
munosabati aks ettiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu kitob yaqin o‘tmish 
tarixining haqiqiy tasvirini to‘la aks ettirigani bilan ham qadrlidir.
Ko‘plab milliy tarixiy maktablarda mamlakatning zamonaviy tarixining 
boshlanishi uning xorijiy hukmronlikdan ozod bo‘lganligi va mustaqil milliy davlat


4
tashkil topishi bilan belgilanadi. Zamonaviy tarixni davrlashtirishga boshqa 


yondashuvlar tarafdorlari "hozirgi zamon" atamasida hozirgi zamon bilan bevosita


bog‘liq bo‘lgan davrni nazarda tutadilar. Ular XX asr tarixi yoki hozirgi tarix haqida 
gapirishni afzal ko‘radilar.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixshunosligi muhim o‘zgarishlarga 
uchradi. Sovet partiyasi mafkurasining rad qilinishi munosabati bilan u yangi
bosqichga o‘tdi, ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari oldiga yangi nazariy va uslubiy 
darajani egallash, yangi ilmiy yo‘nalishlarni ishlab chiqishni boshlash vazifasi
qo‘yildi. 
Ko‘pgina mutaxassislarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning zamonaviy tarixi
1989 yildan boshlanadi. Mazkur sana bilan bog‘liq voqealar - sovet totalitar 
tuzumining so‘nggi o‘n yilligidan boshlab chuqur inqiroz pallasiga kirganligi,
xususan, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlariga e'tiborsizlik 
bilan xarakterlanadi. O‘zbekiston tarixidagi ushbu murakkab davrda siyosiy sahnada
yangi shakllangan lider - Islom Abdug‘anievich Karimov paydo bo‘ldi. Uning 
oqilona siyosati tufayli respublikaning manfaatlari himoya qilindi, mamlakatni
siyosiy va iqtisodiy inqirozdan, ichki va tashqi mojarolardan qutqarish mumkin 
bo‘ldi. I.A.Karimov davlat rahbari sifatida faoliyat boshlagan kundan boshlab,
milliy mustaqillik g‘oyasini ilgari surdi va nihoyat,1991 yil avgust oyida 
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilindi.
Suveren davlat sifatida O‘zbekistonning eng yangi tarixi butun insoniyat 
tarixiy taraqqiyotining yangi bosqichiga to‘g‘ri keladi va shuning uchun ham u
zamonamizning global voqealari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan eng yangi 
tarixning ajralmas qismiga aylandi.
Tarixdan ma'lumki, ko‘plab xalqlarning mustaqillikka erishishi, ularning 
nafaqat yangi shakllangan davlatlari tarkibini, balki xalqaro maqomini ham
o‘zgartirgan va bu "yaqin tarix" tushunchasini belgilashda muhim omillardan biri 
bo‘lgan.
Bu o‘rinda yangi va zamonaviy zamon o‘rtasidagi tarixiy davrni bir voqea 
sodir bo‘lgan sana bilan emas (juda katta miqyosda bo‘lsa ham), balki jamiyatning


5
turli sohalaridagi sifat o‘zgarishini ko‘rsatadigan hodisa va jarayonlarning umumiy 


miqyosi doirasida aniqlash kerak.


Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, O‘zbekistonni mustaqil rivojlanishining 
mohiyati, mazmuni va ahamiyatini baholab, mamlakat yaqin tarixini quyidagi
bosqichlarga bo‘lish mumkin.
Birinchi bosqich: 1989 yildan 1991 yilgacha. Bu bosqich - yangi rahbarning
siyosat maydonida paydo bo‘lishi, milliy istiqlol g‘oyasining pishib yetilishi,
SSSRning parchalanib ketishi negizida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish
bilan bog‘liq sa'y-harakatlar bilan tavsiflanadi. 
Ikkinchi bosqich: 1991 - 2000 yillar. Bu - ustuvor islohotlar va o‘zgarishlardan
milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish hamda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish davri. Tarixan qisqa vaqt ichida "taraqqiyotning o‘zbek modeli"
ni tanlab olish natijasida milliy davlat shakllanishi uchun ishonchli qonunchilik va 
huquqiy asos yaratildi. Davlat boshqaruvining yangi tuzilmalari yuzaga keldi,
jamoat va fuqarolik institutlarining asoslari barpo etila boshlandi, bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish amalga oshirildi.
Uchinchi bosqich: 2001-2010 yillar. Bu bosqichda - mamlakatni faol 
demokratik yangilash va modernizasiya qilish boshlandi. Bu davrning asosiy
vazifasi kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish edi. 
Shu negizda siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish va
liberallashtirish, davlat va jamiyat qurilishi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya 
qiladigan, fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy faolligini oshiradigan, fuqarolik
jamiyati asoslarini shakllantiradigan mustaqil sud tizimini mustahkamlash 
jarayonlari davom etdi.
To‘rtinchi bosqich: 2010-2016. Bu bosqichda mamlakatimizda demokratik 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va modernizasiya qilish jarayoni davom
etmoqda. 
Ushbu
bosqich

davlat
hokimiyati 


va
boshqaruvini 

yanada
demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini 


ta'minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini


6
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha islohotlarning huquqiy 


asoslarini yaratish bilan tavsiflanadi.


O‘zbekistonning zamonaviy tarixining beshinchi bosqichi 2017 yildan 
boshlandi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan 2017-2021
yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining 
yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu tarixiy hujjat mustaqillikni qo‘lga
kiritilganidan boshlab, mamlakatni demokratik yangilash va rivojlantirish bo‘yicha 
keng ko‘lamli islohotlarni rivojlantirishni aks ettiradi, unda davlat va jamiyat
rivojlanishining yangi bosqichida modernizasiyani yanada davom ettirishning 
strategik dasturi belgilab berilgan.
Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, 
sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini ta'minlash, saylov
qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va 
iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha islohotlar uchun huquqiy asoslarni yaratishni
davom ettirish bilan tavsiflanadi. 
Ta'kidlash joizki, zamonaviy davrga oid har xil qarashlarni hisobga olgan
holda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish bilan bog‘lik mazkur 
bosqichlarni, avvalo, tarixchi foydalanishi kerak bo‘lgan vosita sifatida ko‘rib
tushunish kerak va bu boshqa mutaxassislarning fikrlari bilan mos kelmasligi ham 
mumkin.
Zamonaviy tarixni o‘rganishning dolzarbligi uning zamonaviy hayotga ta'sir 
ko‘rsatadigan voqealarni tushunishga yordam berishi bilan belgilanadi. Bu
voqealarning tarixiy ahamiyati va mohiyati nimada.? Ayrim siyosatchilarning roli 
qanday, bu voqealarning rivojlanishi qanday ssenariylarga ega va ular zamonaviy
jarayonlar bilan qanday bog‘liq? Bu yaqin tarix javob berishi kerak bo‘lgan savollar. 
Javoblar esa, mutaxassislarning voqea-hodisalarni qay darajada rivojlanish va
kelajak bilan bog‘liq tendensiyalarni qay tarzda idrok etish qobiliyati bilan bog‘liq.



Yüklə 69,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin