4
ta`lim-tarbiya sohasiga tatbiq etish jamiyatimizning ahloqan barkamol a`zolarini
shakllanishida samarali vositadir. Bu o’rinda O‘zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan
muzeylar faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha
jabhalarida bo‘lganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy o‘tmish merosimizni
o‘rganish, saqlash va uni keng xalq ommasiga targ‘ib etish borasida ham tub
burilish yasadi. Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar qatorida
O‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatida ham yangi davr boshlandi.
Respublikamiz Prezidentining “Muzeylar faoliyatini
tubdan yaxshilash va
takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni 1998 yil 12 yanvarda qabul qilinib, u
muzey va muzey xodimlarining hayotida katta ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimiz
hududida mavjud bo‘lgan muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularni xalqning
ma'naviy axloqiy kamolotida tutgan o‘rnini yanada oshirish maqsadida
“O‘zbekmuzey” jamg‘armasi tuzildi. Bugungi kunda
mamlakatimiz hududidagi
turli muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv
xo‘jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta'limi tizimida ja'mi
1200 dan ortiq muzeylar bo‘lib, ularning eng yiriklari poytaxtda joylashgan. Shu
bilan birgalikda o‘nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san'at
arboblarining uy muzeylari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
Muzeylar madaniy-ma'rifiy
muassasa hisoblanib, uning vazifasi tarixiy
hujjatlar, madaniy va ma'naviy yodgorliklarni to‘plash, tabiiy boyliklardan
namunalar jamlash va saqlash, ularni ilmiy jihatdan o‘rganib ko‘rgazmalarga
qo‘yish va keng xalq ommasiga havola qilishdan iborat. Muzeylar aholining keng
tabaqalari o‘rtasida madaniy-ma'rifiy ishlarni olib boradi. Muzeylar faoliyati
xalqning tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlanib borishi, qo‘lga kiritgan yutuqlari
hamda qoldirgan boy madaniy-ma'naviy merosi xususida
juda katta bilimlar
beradi. Muzeylar madaniy-ma'rifiy muassasa sifatida ommaning ijtimoiy
ehtiyojlarini qondirish, ularni ma'naviy kamolotga yetkazishning eng yetakchi
vositalaridan hisoblanadi.
5
Yurtimizda yangi-yangi muzeylarning tashkil etilishi, poytaxtdagi eng yirik va
nufuzli Temuriylar davri tarixi, qatag‘on
qurbonlari xotirasi, mamlakatimiz
janubida joylashgan Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyining ochilishi
hukumatimiz tomonidan muzey va muzeyshunoslik sohasida nihoyatda katta
ishlarning amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Yangi muzeylarning tashkil
etilishi bilan bir qatorda shu vaqtgacha ham faoliyat ko‘rsatib turgan barcha katta-
kichik muzeylar
faoliyatini tubdan yaxshilash, milliy istiqlol ruhida qayta tashkil
etish masalasiga ham alohida e'tibor bilan qaralmoqda. Jumladan, O‘zbekiston
tarixi muzeyining qaytadan ochilishi, muzey ekspozitsiya zallarining yangi loyiha
va rejalar asosida jihozlanishi fikrimizning yorqin dalilidir. Barcha viloyat
hududlarida joylashgan boshqa muzeylar faoliyatida ham yangilanish, yaxshilanish
sari qadam qo‘yilayotgani sezilib turibdi.
Muzeylar faoliyatini yaqindan o‘rganish, ularning mazmun va ma'no jihatdan
rang-barang turlarini ajrata bilish, xalq ommasi orasida keng targ‘ib
etishning
xilma-xil usullarini joriy qilish mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.
Mavzuning
dolzarbligi
yana
shunda
ko`rinadiki,
ijtimoiy-madaniy
taraqqiyotning hozirgi bosqichida muzeylar faoliyatini umumiy tarzda tahlil etish,
undan xulosalar chiqarish juda muhimdir.
Mustabid-sovet tuzumi davrida milliy-ma`naviy qadriyatlarning toptalishi,
aholi o`rtasida ruhiy tushkunlikning yuzaga kelishi, muzeylarga rahbarlik
qilishdagi ma`muriy usullarning yanada takomillasha borishi mexanizmini ilmiy
jihatdan tahlil etish hozirgi kun madaniy-ma`naviy jarayonlari uchun juda zarur, bu
esa mavzuning dolzarblik darajasini yanada oshiradi deb hisoblaymiz.
Dostları ilə paylaş: