O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Reja
5.O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari. 2017 yil 7 fevralda Prezidentimiz SH.Mirziyoyev tomonidan ye'lon qilingan “Harakatlar strategiyasi”, o'z mohiyat ye'tiboriga ko'ra, dunyoda tub o'zgarishlar yuz berayotgan hozirgi zamonda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, sud-huquq, iqtisodiy, ijtimoiy sohalar va xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha beshta ustuvor yo'nalishda aniq muddatga mo'ljallangan tom ma'nodagi milliy strategiya hisoblanadi. U besh bosqichda, kelgusi besh yilda yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo'yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. Va bu O'zbek modelinign mantiqiy davomi bo'lib xizmat qilmoqda, deyish mumkin. Ushbu hujjat 1992 yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari hamda 2010 yilda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov taqdim yetgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar doirasidagi demokratik yangilanish hamda modernizatsiya jarayonlarining mantiqiy va qonuniy, izchil va uzviy davomidir. Ayni paytda bu muhim strategiya davlatimiz va jamiyatimizni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab bermoqda.
Bu bejiz emas. Nega deganda, Prezident Sh.M.Mirziyoyev Asosiy Qonunimizning Istiqlol arafasida ishlab chiqilishi va mustaqillikning ilk yillarida qabul qilinishi davrida ham, Konsepsiyani tayyorlash va unda belgilangan eng muhim vazifalarni hayotga chuqur tatbiq etish jarayonlarida ham Yo'lboshchimizning yonida turib, ta'bir joiz bo'lsa, yelkama-elka birga ishlagan, davlat siyosatini yuritish bobida yuksak mahorat maktabini o'tagan.
Mamlakatimiz rahbari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida bu haqda Shunday dedi: “Oliy Kengash deputati sifatida men ham Konstitutsiyaviy komissiya tarkibida Bosh qomusimizni yaratish va qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok yetganimni doimo faxrlanib yeslayman. Konstitutsiyamizning qanday qilib hozirgi mazmun va shaklga kelgani, bu murakkab jarayonda kechgan qizg'in tortiShuv va bahs-munozaralar bugungidek yodimda. Haqiqatan ham, 90-yillardagi o'ta og'ir davrda Asosiy qonunimiz loyihasini ishlab chiqishda Islom Abdug'aniyevichdek keng miqyosda, strategik fikrlaydigan, uzoqni ko'ra oladigan buyuk siyosiy arbobning bu ishga rahbarlik qilgani hal qiluvchi ahamiyat kasb yetdi”