171
O’zbekiston AQSH, Fransiya, Italiya va boshqa ko’plab dunyoning yetakchi davlatlari
bilan iqtisodiy, fan va madaniyat va boshqa ko’plab sohalarda hamkorlikni yo’lga qo’ygan.
Bugungi davrga kelib ushbu hamkorliklar yanada rivojlanmoqda.
O’zbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi o’rinni egallaydi.
Hususan, Markaziy Osiyo davlatlari O’zbekiston bilan chegaradosh davlatlar hisoblanadi.
Markaziy Osiyo davlatlari va O’zbekiston qardosh xalqlar hisoblanadi. Ularning tili, dini,
madaniyati bir biriga juda yaqindir. O’zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi
iqtisodiy, siyosiy, fan-ta’lim, madaniyat, tibbiyot va boshqa ko’plab sohalarda hamkorliklar
yo’lga qo’yilgan va bu aloqalar davlatlararo davlat tashriflari vaqtida mustahkamlanib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda, O`zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro
munosabatlarni yo`lga qo`yish va rivojlantirish bobida bir necha o`n yilliklarga arziydigan ishlar
amalga oshirildi. O`zbekiston o`zining tinchliksevar, yaxshi qo`shnichilik, o`zaro foydali
hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida
o`zining munosib o`rnini egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: