Nazorat uchun savollar:
“Didaktika” tushunchasini ta’riflab bering.
Didaktikaning predmeti va obekti nimalardan iborat?
Didaktikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar?
Didaktik konsepsiyalardan qaysilari bilan tanishsiz?
Rivojlantiruvchi konsepsiyaning mohiyati nimadan iborat?
Rivojlantiruvchi ta’limning asosiy tamoyillari qaysilar?
«Ta’lim vd tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyatlari» tushunchasini siz qanday tushunasiz?
Zamonaviy didaktik tizimning o’ziga xos belgilari nimalardan iborat?
Pedagogik paradigma nima? Ta’limning asosiy paradigmalarini aytib bering.
4-MAVZU: Didaktik tizimlar va ularning turlari
Reja:
Klassik didaktik tizimlar
|
Progressiv didaktik tizimlar
|
Zamonaviy didaktik tizimlar
|
Ta`limning ijtimoiy institut sifatida shakllanishi bilan parallel yozuv, keyinchalik kitob, eng yangi bizning davrda esa kompyuter ixtiro qilindi. Bular insoniyat tarixida o`ziga xos inqilob edi. Yoshlar bilimni bir-birini to`ldirgan ta`lim manbalari nutq, kitob, kompyuterdan o`rgana boshladi. Aytganimizdek, qadimgi grek faylasuflarining asarlarida “didasko”, “didaskal” “didaskales” so`zlari “o`rgatish”, “o`qituvchi” “o`rganuvchi” ma`nolarida qo`llangan. Shuningdek, quldorlik jamiyatida “kalakagatxiya” (grekcha “Kalos kay agatos” so`zlarining qisqargan shakli) mavjud bo`lib, u ma`naviy va jismoniy munosabatlarda uyg`unlik mazmunini anglatgan. Shu formulaga ko`ra, ma`naviy boyliklarni o`rgatish mazmuni, jismoniy mashqlar tizimi belgilangan. Bu paytga kelib ta`lim muayyan mazmun va ma`lum maqsadga yo`naltirilib didaktikaning kurtaklari paydo bo`lgan edi.
XVII asrning boshlarida nemis tilshunos olimi Volfang Ratixiy-Ratke (1571-1635) “didaktika” terminini “o`qitish san`ati” ma`nosida qullagan. 1613-yilda Kristof Xelvig va Yoxim Yung Volfgang Ratkening tilshunoslik va nemis maktabida ona tili o`titish sohasidagi tajribalarni umumlashtirib, “Didaktikadan qisqa hisobot yoki Ratixiyning o`qitish san`ati” nomli asarini yozishgan. Bu asarda “didaktika” termini “o`qitish va tarbiya san`ati” ma`nosida qo`llangan. Keyinchalik ingliz faylasufi Fransis Bekon (1561-1626) 1620-yilda yozilgan “Yangi organon” nomli asarida fanlar tizimi xususida fikr yuritib, “didaktika” terminini “badiiy asarni o`qish san`ati” ma`nosida ishlatgan. Garchand, XVII asrning ikkinchi yarmigacha “didaktika” termini turli ma`nolarda qo`llangan bo`lsa-da, ta`lim didaktik tizim sifatida asoslanmagan edi. Didaktik tizim nima?
Didaktik tizim ta`limda o`qituvchi va o`quvchi faoliyatini tashkil etish maqsadi, mazmuni, vositalari, usullari, tashkiliy shakllari to`g`risidagi qarashlar (g`oyalar) majmuidir.
Didaktik tizimlarning ayrimlarida asosiy e`tibor o`qituvchi faoliyatiga, ba`zilarda esa o`quvchi faoliyatiga qaratilgan. Ana shunga ko`ra, didaktik tizimlarni shartli ravishda uch guruhga ajratamiz: klassik didaktik tizimlar. Bunday didaktik tizimlar “o`qitish o`qishdan katta” qolipi asosda yaratilgan, progressiv didaktik tizimlar “o`qitish o`qishdan katta” qolipi asosda yaratilgan bo`lib, unda ustunlik o`quvchi faoliyatiga berilgan: zamonaviy didaktik tizimlar o`qitish va o`qish faoliyatlarining uzaro uyg`unligini hisobga olish asosida yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |