1–savol bo’yicha darsning maqsadi: talabalarga ona tili o’qitish metodikasi pedagogik fan ekanligi haqida tushuncha berish bilan ko’nikma malaka hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari: 1.1. Ona tili o’qitish metodikasining predmeti, vazifalarini ta’riflaydilar.
1.2. Ona tili o’qitish metodikasi bo’limlariga izoh beradilar.
1-asosiy savolning bayoni: Ona tili o’qitish metodikasining predmeti zamonaviy pedogogik tehnologiyalar asosiyda ta’lim berish jarayonida ona tilining mavzusiga ko’ra, nutq, yozuv, o’qish grammatika va fonetikani o’zlashtirish asosiyda shakllanadi. Ona tili metodikasi o’zbek tilidan ko’nikma va malakalarni shakllashtirish, grammatikadan va til haqidagi fanning boshqa bo’limlaridan ilmiy tushinchalar tizimini o’zlashtirish qonuniyatlarini o’rgatadi. Bunday o’rganishning eng oson tizimini ishlab chiqish uchun puxta zamin vazifasini bajaradi. Bu tizimhar bir o’quvchini tilga oid bilim, ko’nikma va malakaning zaruriy minimumi bilan ta’minlashi lozim Metodika ta’limga qo’yilgan qator talablarni ya’ni ta’lim berish bilan bir vaqtda o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning tafakkurini o’stirishda etarli yordam berish shuningdek ta’limning foydali ixcham bo’lishini ta’minlashga oid talabarni ham hisobga oladi.
Boshlang’ich sinflardan ona tili o’qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi.
1.Nimani o’qitish kerak? savoliga javob tayyorlaydi. Demak ta’lim mazmunini, ya’ni bo’shlang’ich sinflar ona tili kursining dasturini belgilab beradi, o’quvchilar uchun darsliklar va turli o’quv qo’llanmalari yaratib beradi, ularni doimiy takomillashtirib muvofiqlik va samaraliligini tekshirib boradi.
2. Qanday o’qitish kerak? savoliga javob tayyorlab beradi. Demak ta’lim berishning metodlari, metodik talablar, mashqlar tizimi u yoki bu qo’llanmasi tatbiq etish tavsiyanomalarini, o’quvchilar amliy ishlarining izchillik tizimini, dars va uning turlarini ishlab beradi.
3. Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak? savoliga javob tayyorlab beradi. Bunday ilmiy nuqtayi nazrdan eng foydali metodlarni o’rganish tanlangan metotlarni asoslash tavsiyalarni nazariy tekshirish va boshqalar tushiniladi. Yuqoridagi savollarga berilgan javobdan kelib chiqib yangi pedagogik tehnologiya asosiydagi yondashuvlar esa kafolatlangan natijalar olish imkonini beradi.
Yangi pedagogik tehnologiyalar asosiyda ona tili o’qitish metodikasi ta’limninig turli bosqichlarida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarni darajasini o’rganish yangi xulosalar asosiyda ta’limni takomillashtirish siklini yaratadi. Shu bilan birga nutqiy, orfografik va boshqa tipik xatolarni tekshiradi va ularni oldini oladi, olish, yo’qotish usullarini topadi. Shunday qilib, ona tili o’qitish metodikasi ta’lim berish jarayonida o’quvchilarning bilish faolligini va mustaqilligini, tafakkur va nutqini yaxshi o’stirish bilim, ko’nikma va malakalarning puxta bo’lishini ta’minlaydi, yangi metodik yondashuvlarga asoslanadi.
Ona tili o’qitishning har bir bosqichi o’z xususiyatlariga ega bo’lib, maktabgacha tarbiya metodikasi ona tilini o’rganishda, asosan, bolalarning nutqini o’stirishni, nutqiy mustaqillikni shakllantirishga asoslanadi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar nutqini o’stirishdan tashhari, savod o’rgatish metodikasi, yangi elementar o’qish va yozishga o’rgatish qonun - qoidalarga asoslanadi. Bolalarga savod o’rgatish pedogogikasi ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy qo’yilgan muammodir. Chunki savodxonlik siyosiy, onglilik uchun, madaniyat uchun ko’rash qurolidir.
O’qish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda o’qishning vazifasi, birinchi navbatda, bolalarni tez (me’yorida) to’g’ri, ongli va ifodali o’qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
Grammatika va imlo metodikasi. Bu bilim elementar to’g’ri yozuvga va husnixat o’rgatishni, grammatik tushunchalarni, boshlang’ich imlo malakalarini shakllantirishni o’z ichiga oladi.
O’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi. Bu bo’lim boshlang’ich sinflarda alohida o’rin tutadi. Bolalar birinchi marta tilni, nutqni o’quv peredmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqqan narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o’ylab, rejalashtirib nutq tuzish zarurligini tushuna boshlaydilar, o’z-o’zlarining grafik shakli bilangina evas, balki leksika, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og’zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni egallaydilar.
Metodika bolalarning nutqini boyitishni, sintaksisi va bog’lanishni, nutqini o’stirishni ham ta’minlash kerak.