shug'ullanadilar va buni odam hayotining eng ma'suliyatli davrida (bolalik,
o'smirlik va o'spirinlik davrida) amalga oshiradilar.
Pedagoglik kasbining xarakteri belgilaridan biri shuki, jamiyat oldida
o'qituvchining ma'naviy ma'suliyati juda yuksak bo'ladi.
Buyuk Yunon faylasufi Platon, agar kavushdo'z yomon usta bo'lsa, davlat
unchalik ko'p zarar ko'rmaydi, fuqarolar birmuncha yomonroq kiyinib yuradilar
xolos, ammo bolalarni tarbiyalovchi kishi o'z vazifalarini yomon bajarsa,
mamlakatda nodon va yomon odamlarning butun bir avlodi vujudga keladi deb
yozgan edi. Pedagogik faoliyatning xususiyati shundan iboratki, o'qituvchi o'zining
o'quvchilarga berayotgan bilim va fazilatlarning hammasiga o'zi ega bo'lishi lozim,
bundan tashqari, o'zi bolalarga shunday ta'sir o'tkazishi kerakki, bolalar o'qituvchi
berayotgan narsalarni (bilimlarni ham, e'tiqodlarni ham) o'zlariga o'zlashtirib va
singdirib olishlari lozim. Buning uchun o'qituvchi ham o'qitishi, ham o'zi o'qishi,
tarbiyalashi va o'zini o'zi tarbiyalashi bilan shug'ullanishi lozim bo'ladi.
«Tarbiyachi shaxsning yosh qalbga bo'lgan ta'siri shunday bir tarbiyaviy kuchdirki,
darsliklar ham, ahloq to'g'risidagi nasihatlar, jazolash va rag'batlantirish sistemasi
ham bu kuchning o'rnini bosa olmaydi» deb yozgan edi buyuk rus pedagogi
K.D.Ushinskiy. Pedagogning ma'suliyati haqida buyuk L.Tolstoy shunday deb
yozgan edi «Tarbiyalash muvaffaqiyatli bo'lishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira
to'xtamay o'zlarini tarbiyalab borishlari kerak».
Dostları ilə paylaş: