O‘zfa noargonik-kimyo instituеti bilan tanishish. Kimyo texnologiya gazni qayta ishlash sfm bilan



Yüklə 100,74 Kb.
səhifə1/3
tarix05.11.2022
ölçüsü100,74 Kb.
#67552
  1   2   3
Amaliyot Afzal


Reja:

  1. Kirrish.

  1. O‘zFA Noargonik-kimyo instituеti bilan tanishish.

  2. Kimyo texnologiya gazni qayta ishlash SFM bilan

Ishlashda texnika xafsizligi qoidalar.

  1. Asosiy qism

  1. Kimyoviy tozalash usullari umumiy tavsifi.

  2. Neftmahsulotlarini qayta ishlashda sulfat kislota, Ishqor va yutuvchi eritmalar bilan tozalash usullari.

  3. Tabiiy gazni qayta ishlash, gazni absorbsiya va adsorbsiya usullar bilan tozalash.

III. Xulosa

Kimyoviy tozalash usullari umumiy tavsifi.
Neftni qayta ishlashning turli xil jarayonlarida olinadigan fraksiyalar koʻpgina hollarda tayyor tovar mahsulotlari boʻlib hisoblanmaydi. Ularning tarkibida turli xil qoʻshimchalar bor, ularning borligi bu fraksiyalarni belgilangan talablarga toʻliq javob bermaydigan, ishlatish uchun yaramaydigan qilib qoʻyadi. Keraksiz qoʻshimchalarni chiqarib yuborish uchun neft mahsulotlari tozalanadi. Erituvchi benzinlar, suyuq parafinlar, maxsus moylar va yorituvchi kerosinni olishda ularni aromatik uglevodorodlardan tozalash kerak. Arenlarni chiqarib yuborish sulfat kislotali usul bilan oʻtkaziladi. Kreking–benzinlar nafaqat oltingugurt saqlagan birikmalardan, balki oson polimerlanib smolalar hosil qiladigan alkadiyen va toʻyinmagan halqali birikmalardan ham tozalanishi kerak. Toʻyinmagan birikmalardan tozalash uchun sulfat kislota, turli katalizatorlar va adsorbentlar ishlatiladi.
Past qotish haroratiga ega boʻlgan yoqilgʻi va moylarni olish uchun deparafinlash jarayonini qoʻllaydilar, bu jarayon yordamida oʻrta distillyatlardan suyuq parafinlarni, moyli fraksiyalardan esa qattiq uglevodorodlarni chiqarib yuboradilar. Qattiq uglevodorodlar deganda xona haroratida kristallik tuzilishga ega boʻlgan barcha uglevodorodlarni nazarda tutadilar; ular alkanlar (S16 dan va undan yuqori), normal va izotuzilishli uzun yon zanjirli naftenlar hamda bir oz miqdorda aromatik va naften– aromatik uglevodorodlarning koʻp komponentli aralashmasidan iborat. Deparafinlashning quyidagi usullari mavjud:
–qattiq uglevodorodlarni past haroratda erituvchilar ishtirokida yoki ishtirokisiz kristallash;
–karbamidning alkanlar bilan qattiq erimaydigan kompleks birikmalarini hosil qilish xossasidan foydalanadigan karbamidli deparafinlash;
–neft fraksiyalaridan normal alkanlarni selektiv ajratib oladigan seolitlarni qoʻllab adsorbsion deparafinlash

Yüklə 100,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin