O`zga gaplar va ularning turlari nabijonova Feruza Farg`ona davlat universiteti, o`qituvchi. Annotatsiya



Yüklə 48,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü48,66 Kb.
#203018
1   2   3
323-327 (3)

Keywords:
other sentences, author's sentence, quoted sentence, speech, adopted
sentence, speaker, grammar, written speech, dialogue.
O`zga gap — muallifning nutqiga kiritilgan boshqa bir shaxsning bayonotidir. O’zga
gapli qurilmalar nutqdagi vazifasi, ohangi va tuzilishi jihatdan mustaqil tuzilmalar
hisoblanadi. О’zga gapli qurilmalar nutq jarayonida boshqalarning fikr-mulohazasini bayon
qilishda o’zga shaxs va so’zlovchi nutqining qorishuvi natijasida yuzaga keladigan sintaktik
birliklardir. О’zganing gapi bu biror-bir shaxsning fikrini so`zlovchi o`z nutqida ishlatishi ya’ni
muallif gapi orqali berilishidir.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining nutqida ham dialog yoki boshqa nutqiy bayonotlarga
qaraganda boshqa birovning nutqi juda ko`p ishlatiladi. Lekin ular aslida o`zga gap haqida
nazariy ma’lumotga ega bo`lishmaydi.
Ma’lumki, o`zga gaplar nutqni boshqa bir insonga yetkazib berishda insonlar uchun
asosiy yordamchidir. Bunday o`zga gaplardan katta-yu kichik birdek foydalanishadi. O`zga
gaplar tuzilish jihatdan murakkab qurilma bo`lsa ham, xattoki boshlang`ich sinf o`quvchilari
ham bundan keng foydalanishadi. Garchi, ularga bu davrda qo`shma gaplar haqida nazariy
bilimlar berilmasa ham.


324
Boshlang`ich sinf o`quvchilari hali maktab yoshiga yetmasidan nutqlarida birovning
gaplari ya’ni o`zga gaplardan foydalanadilar. Biroq, boshlang`ich sinf predmetlarining tarkibiga
o`zga gap mavzusi kiritilmagan. O`quvchilar bu tushuncha haqida ma’lumotlarga ega
bo`lmasdan muloqotlarida do`stlarining, ota-onasining, bobo-buvisining va boshqa yaqinlarining
so`zlaridan foydalanadilar. Xattoki, maktab darsliklarida ham o`zga gapli qurilmalardan keng
foydalanilgan. Misol uchun, 1-sinfga mo`ljallangan ona tili va o`qish savodxonligi darsligida
quyidagi jumlalar keltirilgan:
VAQT QADRI
Bobo nabirasini
Chaqirar der: “Hoy Boqi,
Yorib qo`y shaftolini
Qishga bo`ladi qoqi”
Boqi der: “Jon bobojon,
Biroz o`ynab kelayin.
So`ngra kelib, siz aytgan
Ishlaringiz qilayin”.
Boqivoy kech kirganda
Kirib keldi chang bo`lib.
Bobosi qarar unga
Asabi tarang bo`lib.
Boqi butun kunini
O`yin bilan o`tkazdi.
Oltinga teng vaqtini
Behudaga ketkazdi. Abdulla Po`latov1
Abdulla Po`latovga mansub ushbu she’rda chol va nabiraning o`zaro suhbati
tasvirlangan. She’rda vaqtni behuda o`tkazmaslik haqida tarbiyaviy jihatlar yoritilgan bo`lsa,
ta’limiy tomondan o`zga gapli qurilmalar orqali o`quvchilarga dialogik nutq tasvirlangan.
O`zga gaplardan og`zaki va yozma nutqda foydalanamiz. Yozma nutqda ular ko`proq
dialoglar sifatida keladi. Bunday gaplarda o`zganing gapidan foydalanilib, bu gaplar nutqqa
o`zgartirishsiz olib kirilishi ham mumkin, aksincha, biroz o`zgartirilgan shaklda qo`llanilishi
ham mumkin. O`zga gaplar nutqqa o`zgartirilib kiritilsa ham lekin mazmuni o`zgarmaydi.
Shunga ko`ra o`zga gaplar asosan ikki turli bo`ladi:
1)
Ko`chirma gapli qo`shma gaplar.
2)
O`zlashtirma gap.
Shakl va mazmun jihatdan nutqqa umuman o`zgartirilmasdan olib kirilgan birovlarning
nutqi ko`chirma gaplar deyiladi. Bunday gaplar odatda muallifning gapi ya’ni so`zlovchining
nutqi bilan birgalikda keladi. Shunga ko`ra ko`chirma gaplar ham o`zining ichida 2 turga
1
“Ona tili va o`qish savodxonligi” 1-qism: 1-sinf uchun darslik/ I.Azimova va boshqalar.-Toshkent Respublika ta’lim
markazi, 2021.-20-bet


325
bo`linadi: 1) o`zganing gapi ya’ni ko`chirma gap 2) so`zlayotgan shaxsning gapi ya’ni muallif
gap.
Ko`chirma gaplar nutqda turlicha qo`llanilishi mumkin.
1.
Ko`chirma gaplar ko`p hollarda muallif gapidan keyin keladi.
Masalan, Onam menga har doim shunday deb o`rgatadilar: “Hayot yo`lingni chizar
ekansan qalamni hech qachon birovning qo`liga berma”.
2.
Ko`chirma gaplar muallif gapidan oldin kelishi ham mumkin.
Masalan, “Yaxshi narsalar ishonganingda, yaxshiroq narsalar sabr qilganingda, eng
yaxshilari voz kechmaganingda keladi. Duo qil, ishon, sabr qil, voz kechma, sen uchun xayrlisi
eng to`g`ri paytda keladi”, —degan edi Jaloliddin Rumiy.
3.
Ko`chirma gaplar ba’zi hollarda muallif gapning orasida ham keladi.
Masalan, “Jumladan, T.Bushuy, SH.Safarovlar til birliklari orasidagi munosabatlarni
an’anaviy tarzda sintagmatik, paradigmatik va ierarxik munosabatga ajratgan holda,
paradigmatik munosabatga quyidagicha ta’rif beradilar: “Assotsiativ yoki paradigmatik
munosabatlar birliklarning ayrim xususiyatlari umumiyligi yoki o`xshashligi asosida muayyan
guruhlarga
bo`linib,
munosabatga
kirishuvidir”.
2
Ko`chirma gaplarning imlosi:
Ko`chirma gaplar yozma nutqda doimo qo`shtirnoq bilan yoziladi. Agar ko`chirma gap
darak gap sifatida qo`llanilib, so`zlovchining nutqidan oldin qo`llanilsa, ko`chirma gap
qo`shtirnoqqa olinadi va undan so`ng vergul va tire qo`yiladi. Tiredan so`ng muallif gapi
yoziladi va oxiriga nuqta qo`yiladi.
Masalan:
"Baxtni kutmaydilar, uni yaratadilar”, — deydilar ko`p odamlar.
Agar ko`chirma gaplar muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan so`ng ikki nuqta
qo`yiladi va ko`chirma gap qo`shtirnoq ichida yoziladi, qo`shtirnoq berkitilgach nuqta qo`yiladi.
Masalan, Uning hayotidagi maqsadi: “Ota-onasini rozi qilib, bolalarini baxtlarini
ko`rish”.
Agar ko`chirma gap muallif gapining o`rtasida kelsa, muallif gapdan so`ng ikki nuqta
qo`yiladi, qo`shtirnoq ichida ko`chirma gap yozilib, vergul va tire qo`yiladi. Undan keyin yana
muallif gapi davom ettirilib, nuqta bilan yakunlanadi.
Masalan, Narigi mahalladagi odamlarning aytishicha: “Po`lat o`g`irlik qildi”, — deb
mish-mish tarqatishmoqda ekan.
Shuning uchun ham yuqorida berilgan she’rda ham o`zga gaplar keltirilgan ko`chirma
gaplarning yozilishida tire, ikki nuqta va qo`shtirnoqdan foydalanilgan. Ushbu she’r orqali
o`quvchilar ko`chirma gaplarni yozilish tartibini ham o`rganib olishlari mumkin.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari o`zga gap haqida qay darajada tushunchaga ega
ekanliklarini aniqlash maqsadida tajriba o`tkazildi. Bunga ko`ra o`quvchilarga o`zga gap
deganda hayolingizda qanday gaplar namoyon bo`lmoqda, tushunchalaringizni daftarga yozing
degan topshiriq berildi. Shunda bolalar turlicha fikrlashlari va o`zga gap haqida turli xil
tushunchaga ega ekanligiga guvoh bo`lindi. Masalan, bir o`quvchi o`zga gap deganda, men
qo`shnimning gaplarini tushunaman deb yozgan bo`lsa, ikkinchi o`quvchi o`zga gaplar bu-
qo`shni qishloqdagi odamlarning so`zlari deb yana bir o`quvchi o`zimdan tashqari boshqa barcha
insonlarning gaplari o`zga gaplar hisoblanadi deb yozib o`tganlar.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari ongida o`zga gap haqida to`liq to`g`ri tushunchalar
shakllanmagan. Ularning ba’zilari o`zga gap haqida kichik yoshdagi bolalar bilmagan faqat katta
yoshli insonlar tomonidan foydalaniladigan gaplar majmuini tushunadilar, ba’zilari esa o`zga gap
bu boshqa qishloq yoki shaharda yashovchi insonlar so`zlashadigan til deb tasavvur qiladilar.
2
Lutfullayeva D.E. “Assotsativ tilshunoslik nazariyasi”/Monografiya/-T:MERIYUS,2017. 23-bet


326
Lekin ular nutqlarida doimiy ravishda o`zga gaplarning barcha turlaridan foydalib keladilar. Ular
o`zga gap haqida to`g`ri tushunchalarga ega bo`lib, dialoglarda kengroq foydalansalar, nutq va
lug`at boyliklari oshib, dunyoqarashlari yanada kengayadi.

Yüklə 48,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin