Oʻzgarmas (qotib qolgan), abadiy mavjud (N. Gartman). Xayoliy borliq bu maʼnoda qadriyat



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix11.10.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#153682
Borliq — obyekt-WPS Office



Borliq — obyektiv mavjud reallikni ifodalovchi falsafiy tushuncha. U moddiypredmet
olamidangina iborat emas. Borliq turli darajada namoyon boʻladi: organik va noorganik tabiat,
biosfera, ijtimoiy borliq, obyektivideal borliq (madaniy qadriyatlar, ilmiy bilimning umumiy
prinsiplari, tushunchalari va h.k.), inson turmushi. Borliq falsafa tarixida turlicha talqin qilingan.
Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasida Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Ibn Rushd kabi
mutafakkirlar borliq ni ikkiga — vujudi mumkin va vujudi vojibga boʻladilar. Ularning falsafasida
borliqning dastlabki sababchisi Alloh (vujudi vojib), lekin Alloh bilan borliq ni bir-biridan ajratib
tasavvur qilib boʻlmaydi, bular sababoqibat shaklida bir-birlari bilan uzviy bogʻliq, degan
tushuncha yotadi.
Real va xayoliy borliq oʻrtasida alohida tafovut bor. Real borliq mavjudlikni, xayoliy borliq
mohiyatni belgilaydi. Real borliq narsalar, jarayonlar, shaxslar, xattiharakatlar va boshqa ning
realligini bildiradi; u makon va zamon harakteriga ega, u alohida, betakror. Xayoliy borliq (gʻoya
maʼnosida) vaqtinchalik, haqiqiy, tajribaviy harakteridan mahrum, u fakt boʻla olmaydi; u qatʼiy
oʻzgarmas (qotib qolgan), abadiy mavjud (N. Gartman). Xayoliy borliq bu maʼnoda qadriyat,
gʻoya, matematik va mantiqiy tushuncha sifatida yuzaga chiqadi. Platon unda chin, xususiy
„real“ borliq ni koʻradi. Umumiy maʼnodagi borliq dan muayyan borliq farq qiladi. Geraklit
fikricha, hech qanday qotib qolgan borliq yoʻq, doimo oʻzgaruvchan borliq bor. Metafiziklar
„haqiqiy“ borliq transsendent, narsa oʻzidadir deb biladilar. Barcha mavjud narsalarning
yigʻindisini, umuman olamni borliq deb ataydilar. J. Berkli, D. Yum borliq faqat subyektda,
ongdagina mavjud deb biladilar. Baʼzi faylasuflar borliq ni qandaydir dunyoviy ruhning, gʻayri
moddiy kuchning koʻrinishlaridan iborat, deb hisoblaydilar. Xususan Gegel falsafasida borliq
mutlaq gʻoyaning oʻzligidan, mavhumlikdan konkretlikka tomon yuksalib boruvchi dastlabki,
bevosita va juda noaniq bosqichi hisoblanadi. Borliq ni ruhmahsuli sifatida qarash 19-asr oxiri
— 20-asr boshidagi falsafaga ham xos. L. Feyerbax, A. I. Gersen, N. G. Chernishevskiy borliq
obyektiv, u harakatdagi materiya bilan bogʻliq deb taʼkidlaydilar. Baʼzi falsafiy oqimlar mavjud
olamning realligini, borliq ning obyektivligini eʼtirof etadilar. Borliq ning eng muhim xususiyati
— moddiyligida ekanligini alohida taʼkidlaydilar. Hozirgi zamon ontologiyasiga koʻra, borliq —
barcha mavjudotning turlituman koʻrinishlari bilan aynandir.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin