Oddiy o‘zgarmas tok mashinasi 1) asosiy qutb o‘zaklari; 2) yakor; 3) kollektor plastinalari; 4) cho‘tkalar
O‘zgarmas tok mashinasining qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami yordamida asosiy magnit oqim hosil qilinadi.
O‘zgarmas tok mashinasining yakori qyidagi elementlardan: valdan, magnit o‘zakdan, kollektordan, cho‘lg‘amdan va boshqa yordamchi elementlardan iborat. O‘zgarmas tok mashinasining vali konstruktiv po‘latdan tayyorlanadi. Yakorning magnit o‘zagi qalinligi 0,350,5mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat tunukalaridan yig‘ladi, tunukalar bir-biridan maxsus izolyasiyalovchi laklar bilan qoplanadi, lakning qalinligi yakorning kuchlanishiga bog‘liq. Yakorning magnit o‘zagini yaxshiroq sovutish maqsadida yakorning o‘q bo‘yicha magnit o‘zak alohida paketlarga bo‘linadi Magnit o‘zakning o‘rta qismini sovutish qiyin bo‘lganligi uchun o‘zakning o‘rtasida joylashgan paketlarni o‘lchami kichik bo‘ladi. Yakorning paketlarga bo’lingan magnit o‘zagini sovutish uchun radial va aksial sovutish kanallaridan foydalaniladi. Bu kanallarning kengligi 10 mm gacha bo‘ladi. Yakorning cho‘lg‘amlari misdan tayyorlanadi. Cho‘g‘amlarni tayyorlash uchun cho‘lg‘amning yoyilgan sxemasi chiziladi, g‘altaklarning boshi va oxiri kollektor tunukalariga ulanadi. Kollektor o‘zgarmas tok mashinalarida mexanik to‘g‘rilagich vazifasini bajaradi.
Bizga ma’lumki, o‘zgarmas tok mashinasining stator va yakorlarining magnit o‘zaklari ferromagnit materiallardan tayyorlanadi. O‘zgarmas tok mashinasining yakorini aylantirilganda, qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami hosil qilgan asosiy magnit maydon kuch chiziqlari bilan kesishgan yakorr cho‘lg‘amlarida elektr yurituvchi kuch induksiyalanadi. Yakor cho‘lg‘amidagi elektr yurituvchi kuchning yo‘nalishi o‘ng qo‘l qoidasi yordamida aniqlanadi. Magnit maydon o‘zgarmas bo‘lganligi sababli cho‘lg‘amdagi elektr yurituvchi kuch aylanish elektr yurituvchi kuchi deb ataladi. Yakor cho‘lg‘amining bitta o‘tkazgichidagi elektr yurituvchi kuch
bu yerda: V - havo bo‘shlig‘idagi magnit maydon induksiyasi; l - o‘tkazgichning uzunligi; V = 2rn - o‘tkazgichning chiziqli tezligi.