O’zgarmaslar va tizimli o’zgaruvchilar ularga qiymatlarni ta’minlash Aniqlangan o’zgaruvchilarni yo’q qilish Elementar funksiyalar



Yüklə 249,66 Kb.
səhifə1/5
tarix11.12.2022
ölçüsü249,66 Kb.
#73749
  1   2   3   4   5
2-ma\'ruza


2-Mavzu. MATLAB funksiyalari, MATLAB tizimining bevosita hisoblash muhiti
REJA:
Ish muhiti
Oddiy hisoblashlar
Hisoblash natijalarni chop qilish shakllari
Til alifbosi. Maxsus belgilar
Ma’lumotlar turlari
1
Arifmetik va mantiqiy amallar
Amallar prioritetlari (bajarilish tartiblari)
O’zgarmaslar va tizimli o’zgaruvchilar
O’zgaruvchilar ularga qiymatlarni ta’minlash
Aniqlangan o’zgaruvchilarni yo’q qilish
Elementar funksiyalar
2
ISH MUHITI
MATLAB ish muhiti quyidagi asosiy oynalardan tashkil topgan (1-rasm):
- Command Window (bo’yruqlar satri interfeysi)
- Workspace (yaratilgan barcha o’zgaruvchilar ro’yxati)
- Command history (bo’yruqlar tarixi)
- Editor (m-fayllar taxrirlagichi)
- Figures (grafiklarni chop etish)
- Current Directory (Folder)
- Variable Editor (o’zgaruvchilar taxrirlagichi)
- Help
3
ISH MUHITI
1-rasm. MATLAB ning umumiy ko’rinishi
4
ODDIY HISOBLASHLAR
Oddiy hisoblashlarni, matnli muloqot tartibida Command Window oynasida bajarish mumkin, masalan:
>> 1 + 2
ans =
3
Hisoblash natijasi maxsus ans o’zgaruvchisiga joylashtiriladi, bo’yruqlar satri esa keyingi bo’yruqni kiritish tartibiga o’tadi.
Agar oldingi ifoda bilan ishlash talab etilsa, masalan, (1+2)/4, unda ans o’zgaruvchisida saqlanayotgan mavjud natijadan foydalanish mumkin:
>> ans / 4
ans =
0.7500
5
HISOBLASH NATIJALARNI CHOP QILISH SHAKLLLARI
MATLAB da hisoblashlar vaqtida ikkilik aniqlikdagi tartibdan foydaniladi. Natijalarni chop qilishda, son jimlik bo’yicha haqiqiy shaklidagi o’nlik nuqtadan keyin 4 ta raqamlar bilan chiqariladi.
Chop qilish shaklini o’zgartirish uchun, bo’yruqlar satrida chiqarilayotgan qiymatlar oldidan format name bo’yrug’ini bajarish kerak, bu yerda name – shakl nomi.
Sonli ma’lumotlar uchun name quyidagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin:
- short – fiksirlangan shaklning qisqacha tasvirlanishi (5 ta belgilar);
- short e – eksponensial shaklning qisqacha tasvirlanishi (mantisalar 5 ta belgili va tartib 3 ta belgili);
- long – fiksirlangan shaklning uzun tasvirlanishi (15 ta belgilar);
- long e – eksponensial shaklning uzun tasvirlanishi (mantisalar 15 ta belgili va tartib 3 ta belgili).
6

Yüklə 249,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin