O’zgaruvchan tok zanjiri elementlari ketma-ket va parallel ulash.
REJA
Kirish
Elektr toki, uning tabiati va ta’siri.
O’zgaruvchan tok zanjiri elementlari
Ketma-ket va parallel ulash.
Xulosa
Kirish
Barkamol avlodga ta'lim va tarbiya berishning integrativ vazifalarini hal etish o'qituvchining shaxsiy kompetensiyasiga, kasb mahoratiga, iste'dodi va madaniyatiga, hozirgi zamon pedagogik texnologiyalarni qo'llash, o'quvchilarni o'zaro faollikka olib kelishiga bog'liqdir.
Har bir pedagog shuni doimo esda tutishi kerakki, sinfdan tashqari dars o'quv-tarbiya jarayonining asosiy shaklidir.Ta'lim-tarbiyaning barcha jarayonlari har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash, birinchi navbatda dars jarayonida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda darsning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish maktab va o'qituvchilar oldiga birinchi darajali vazifa qilib qo'yilmoqda.
O‘zgaruvchan elektr toki
Elektr energiyasi boshqa turdagi energiyalarga qaraganda hech shubhasiz katta afzalliklarga ega. Uni simlar orqali deyarli energiya isrof qilmasdan uzoq masofalarga uzatish mumkin, iste’molchilar o‘rtasida taqsimlash qulay. Eng muhimi, bu engergiyani oddiygina qurilmalar yordamida energiyaning boshqa turlariga: mexanik energiyaga, ichki energiyaga (jismlarning isishi), yorug‘lik energiyasiga va shu kabi energiyalarga aylantirish mumkin.
O‘zgaruvchan tokning o‘zgarmas tokka nisbatan shunday afzalligi borki, uning kuchi va kuchlanishini deyarli energiya yo‘qotmasdan juda keng chegaralarda o‘zgartirish (transformatsiyalash) mumkin. Ko‘pgina elektrotexnik va radiotexnik qurilmalar uchun o‘zgaruvchan tokni ana shunday o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Lekin elektr energiyasini uzoqqa uzatishda kuchlanish va tokni transformatsiyalash ayniqsa zarurdir.
Elektr tokini generatorlar ishlab chiqaradi. Generator biror turdagi energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmadir.
Hozirgi vaqtda o‘zgaruvchan tokning elektromexanik induksion generatorlari eng muhim o‘rin tutadi. Bu generatorlarda mexanik energiya elektr energiyasiga aylantiriladi. Ularning ishlash prinsiplari elektromagnit induksiyasiga asoslangan. Bunday generatorlarning tuzilishi uncha murakkab emas. Shu bilan birga ular yetarli darajada yuqori kuchlanishda kuchli tok hosil qilish imkonini beradi.
Elektr ta’minoti sistemasiga energiya manbalari, kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi podstansiyalar, elektr uzatish va taqsimlash liniyalari, elektr tarmoqlari va boshqa yordamchi qurilmalar kiradi.
Elektr energiyasini asosan, elektr stansiyalarida o‘rnatilgan uch fazali generatorlar ishlab chiqaradi.
Texnikada va amaliyotda o‘zgaruvchan tok ko‘p ishlatiladi, chunki o‘zgaruvchan tokni ishlab chiqarish va ishlatish qulay. Kengroq ma’noda aytganda, yo‘nalishi va miqdori jihatidan o‘zgaradigan har qanday tok o‘zgaruvchan tok deb ataladi. Ammo elektrotexnikada, ko‘pincha, davriy o‘zaruvchi toklar o‘zgaruvchan tok deb ataladi. O‘zgaruvchan tok, ya’ni davriy deb ataladi, chunki vaqt o‘tishi bilan tokning o‘zgarishi takrorlanadi. Tokning o‘tish vaqti o‘zgaruvchan tokni davri deyiladi. Ular ichida eng oddiysi va qulayi sinusoidal toklardir. O‘zgaruvchan tok, ya’ni sinusoidal deb ataladi, chunki tokning o‘zgarishi vaqtga nisbatan sinus qonuniga muvofiq ro‘y beradi.
Ii O‘zgaruvchan tokning bitta to‘la o‘zgarishi sikl deb aytiladi. Bitta siklning davom etish vaqti davr deyiladi. Bir sekund ichida bo‘lgan sikllar soniga o‘zgaruvchan tok chastotasi deyiladi.
Barcha elektrostansiyalarda hosil bo‘lgan o‘zgaruvchan tokning chastotasi f=50 Gs ga teng. Masalan, agar f=50 Gs teng bo‘lsa, u paytda bir sekund ichida EYUKni yoki tokning o‘zgarishini 50-ta to‘la sikllari ro‘y beradi.
O‘zgaruvchan tok yana siklik yoki davriy chastotasi ω bilan harakterlanadi. ω,f va T orasida bog‘lanishlar quyidagi formulalar bilan berilgan:
ω = 2πf (1) (2)
O‘zgaruvchan tok o‘zining oniy qiymatlari bilan, ya’ni tok kuchining, kuchlanishni va EYUKni oniy qiymatlari bilan harakterlanadi. Tok kuchi vaqt bo‘yicha sinusoidal o‘zgaradi:
i = JmSin(ωt+α0) (3)
Tokning ixtiyoriy paytdagi bu qiymatiga o‘zgaruvchan tokning oniy qiymati deyiladi. Tokning Jm eng katta qiymatiga o‘zgaruvchan tokning amplituda qiymati deyiladi (1-rasm).
O‘zgaruvchan tok manbaining EYUKsi ε yoki tashqi zanjir qismidagi kuchlanishi u ham, tok kuchi singari sinusoidal qonuniyatga bo‘ysinadi:
ε = Εm Sin(ωt+α0) (4)
u = Um Sin(ωt+α0) (5)
(3), (4), (5) formulalardan ko‘rinadiki, EYUKning faza o‘zgarishi bilan tok kuchi, kuchlanishning faza o‘zgarishi bir xildir.
O‘zgaruvchan tokni o‘lchashi uchun uning o‘rtacha issiqlik ta’sirini o‘zgarmas tokning issiqlik ta’siri bilan taqqoslashiga asoslangan.
O‘zgarmas tok t=T vaqt ichida R qarshilikka ega bo‘lib Q1 issiqlik ajratadi.
Q1 = J2 RT (6)
O‘zgaruvchan tok ham shu vaqt ichida R qarshilikdagi Q2 issiqlik ajratadi:
t = T vaqt ichida o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklar bir xil issiqlik miqdorini ajratadilar va shuning uchun:
Q1 = Q2 (8)
cos2ωtdt = 0, chunki cos 2ωt funksiyasining T bir davr ichidagi qiymati nolga teng. Shuning uchun tok kuchi effektiv yoki ta’siriy qiymati quyidagiga teng bo‘ladi:
Shunday qilib, sinusoidal o‘zgaruvchan tok uchun tok kuchining effektiv qiymati amplituda qiymatidan 2 marta kichik bo‘ladi.
Xuddi shuningdek, EYUK va kuchlanishning effektiv qiymatlari ham amplituda qiymatlaridan 2 marta kichik bo‘ladi.
O‘tkazgichda birday vaqt ichida o‘zgaruvchan tok ajratgan issiqlikka teng issiqlik ajrata oluvchi o‘zgarmas tokning tok kuchi Jeff ga o‘zgaruvchan tokning ta’sir yoki effektiv qiymati deyiladi.
Amalda o‘zgaruvchan toklar tok kuchi, EYUK va kuchlanishning faqat effektiv qiymatlari bilan harakterlanadi. Masalan, odatdagi tok tarmog‘i 220 V li effektiv kuchlanishdan iborat bo‘lib, uning amplitudasi, ya’ni kuchlanishning eng maksimal qiymati 310 V ga teng bo‘ladi.
O‘zgaruvchan tok zanjirlari o‘zgarmas tok zanjirlaridan farq qiladilar, chunki o‘zgaruvchan tok zanjirida tok kuchini, kuchlanishni va EYUK ni vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi ro‘y beradi.
O‘zgaruvchan tok zanjirlari quyidagi zanjirlardan tashkil topgan:
1. Aktiv qarshilikli (rezistorli) o‘zgaruvchan tok zanjiri.
Elektr energiyani befoydali yuqotishiga olib keladigan qarshilik aktiv yoki rezistorli deyiladi va quyidagi formuladan hisoblanadi:
Shuningdek, agar o‘zgaruvchan tok zanjirida R, XL, Xc qarshiliklar ketma-ket ulangan bo‘ladi. Agar o‘zgaruvchan tok zanjiriga ketma-ket ulangan induktivlik va sig‘im qarshiliklar bir xil, ya’ni XL=Xc bo‘lsa, u paytda to‘la reaktiv qarshilik, ya’ni X=XL-Xc nolga teng bo‘ladi, shuning uchun tok kuchi va kuchlanishning vektorlari orasida faza siljishi ro‘y bermaydi .
Ushbu ro‘y beradigan hodisa kuchlanish rezonansi deyiladi, chunki g‘altakdagi kuchlanishning qiymati UL va kondensatordagi kuchlanishning qiymati Uc tarmog‘idagi kuchlanishning qiymatidan ancha katta qiymatlarga ega bo‘ladilar.
Agar zanjirda kuchlanish rezonansi hodisasi ro‘y bersa, u paytda zanjirda energiya faqat aktiv qarshilikning issiqlik ta’siriga sarflanadi, lekin g‘altak va kondensator oralig‘ida energiya almashishi ro‘y beradi. Buning natijasida, agar kondensatorning elektr energiyasi kamaysa, g‘altakning magnit energiyasi oshadi, va teskari.
Rezonans sharti UmL=Umc dan zanjirga ulangan o‘zgaruvchan tok manbaining rezonans siklik chastotasi ωrez teng bo‘ladi:
O‘zgaruvchan tok zanjirida ajralgan quvvat tok kuchi va kuchlanishlarning ta’sir (effektiv) qiymatlariga hamda tok bilan kuchlanish orasidagi fazaning siljishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ketma-ket va parallel ulash.
Tugun. Amalda, ko’pincha tugunlari bor tarmoqlangan zanjirni hisoblashga to’g’ri keladi. Tarmoqlangan zanjirning tuguni deb kamida uchta o’tkazgich tutashgan nuqtaga aytiladi Tugunga kela-digan tok musbat, chiqib ketadigan tok esa manfiy hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |