O’ZGARUVCHILAR
Istalgan dasturda dasturchi obyektlarni nomlaydi. Bu nomlangan obyektlar o’zgaruvchilar deb ataladi. O’zgaruvchi tushunchasi dasturlashda juda katta ahamiyat kasb etadi. O’zgruvchi atamasi juda keng qo’llaniladi. O’zgaruvchi xotiradan maxsus joy egallaydi va u albatta biror tipga tegishli bo’ladi.
C# tilida ikki ko’rinishdagi ma’lumotlar tiplari bilan ishlanadi:
bazali tiplar
bazali bo’lmagan, dasturchi tomonidan yaratilgan tiplar (ularga strukturalar, sinflar, obyektlar kiradi).
Quyida biz C# tilida mavjud bazali tiplar haqida so’z yuritamiz:
2.1-jadval. Butun qiymatli tiplar
Tip nomi
|
O’lchami
(bayt)
|
Qiymatlar oralig’i
|
Qanday foydalaniladi (e’lon qilish va initsializatsiya)
|
sbyte
|
1
|
-128...128
|
sbyte sb=12;
|
byte
|
1
|
0...255
|
byte b=12;
|
short
|
2
|
-32 768…32 767
|
short si=-12;
|
ushort
|
2
|
0...65535
|
ushort us=12;
|
int
|
4
|
-2 147 483 648...2 147 483 647
|
int i=-14;
|
uint
|
4
|
0...4 294 967 295
|
uint ui=14;
|
long
|
8
|
–9 223 372 036 854 775 808
...9 223 372 036 854 775 807
|
long lg=-14;
|
ulong
|
8
|
0...18 446 744 073 709 551 615
|
ulong ul=14;
|
Ba’zi bir tiplarning oldiga qo’yilgan “u” belgisi bu tipga faqat musbat qiymatlar kirishini bildiradi. “u” – unsigned (“musbat”) so’zining birinchi harfi. O’zgaruvchi e’lon qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
O’zgaruvchi nomi boshqa o’zgaruvchi nomi bilan, operator nomi bilan, sinf nomi bilan va umuman C# tilidagi qo’laniladigan so’z nomi bilan ustma-ust tushmasligi, ya’ni bir xil bo’lmasligi lozim.
C# tilida o’zgaruvchiga dastlabki qiymatni berish mumkin. Bu jarayon initsializatsiyalashtirish deb ataladi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
int a = 20;
“=”-ta’minlash operatori deb ataladi, ya’ni tenglik belgisi emas. Ta’minlash operatori va tenglik belgisining farqini shartli operatorlarni ko’rib chiqqanda bilib olamiz.
Yuqorida faqat butun qiymatli tiplar bilan tanishib o’tdik. Ammo dasturlashda faqatgina butun qiymatlar emas, balki haqiqiy tipdagi qiymatlar ham ishlatiladi. Haqiqiy sonlar to’plami – suzuvchi (qo’zg’aluvchi) nuqtali sonlar deb ataladi. Suzuvchi nuqtali sonlar quyidagi tartibda yoziladi.
Mantissa ishorasi – mantissa – tartib ishorasi – tartibi
Masalan, . Bu yerda 0.1255 sonning mantissasi, 3-tartibi. Mantissa va tartibning ishorasi “+”(musbat).
C# tilida ma’lumotlarning bu tiplari ikki xil kalit so’z bilan ifodalanadi: float va double. Float tipidagi sonlar xotiradan 8 bayt joy egallasa, double tipidagi sonlar 16-bayt joy egallaydi.
Yuqoridagi ko’rsatilgan tiplardan foydalanishga doir misol 2-listingda berilgan.
Dostları ilə paylaş: |